Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t
Go’sht-pepton bulьonini tayyorlash
Download 141.07 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5415779513432804527
Go’sht-pepton bulьonini tayyorlash. Go’sht (mol go’shti va hokazo)
yog’, suyak, paydan tozalanib, mayda qilib to’g’raladi yoki go’sht maydalagich (myasorubka) dan o’tkaziladi, so’ngra tortiladi. Qiymaga ikki hissa ortiq vodoprovod suvi yoki distillangan suv quyiladi (masalan, 500 g go’shtga 1 l suv olinadi) va salqin joyda 12-24 soat saqlanadi. So’ngra aralashma qaynab chiqquncha avaylab isitiladi, go’sht surp latta yoki dokaga o’rab siqiladi, suyuq qismini esa paxtadan o’tkazib filьtrlanadi va dastlabki hajmiga qadar suv qo’shiladi. Natijada go’sht suvi hosil bo’ladi, unda go’shtdan chiqqan eritma (ekstraktiv) moddalar, eriydigan oqsil moddalar va tuzlar bo’ladi. Go’sht suviga 1% pepton va 0,5% osh tuzi qo’shiladi (pepton oqsilning parchalanishidan hosil bo’ladi, uni aksari mikroblar yaxshi o’zlashtiradi). Go’sht suvi odatda kislotali reaksiyada bo’lganidan, lakmus bilan tekshirishda kuchsiz ishqoriy reaksiya vujudga kelguncha natriy karbonatning to’yingan eritmasi yoki natriy gidroksid PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
(NaON) ning normal eritmasi qo’shiladi. Bu moddalarning hammasi eriguncha isitiladi va shisha tayoqcha bilan muttasil aralashtirib turiladi. So’ng go’sht suvi 30 minut qaynatib sovitiladi, nam qog’oz filьtrda suziladi (filьtrlanadi), dastlabki hajmiga qadar suv qo’shiladi, shundan so’ng muhit reaksiyasi yana tekshiriladi (rN aniqlanadi). Oziqli muhitlarning vodorod ionlari konsentrasiyasi (rN) turli usullar bilan aniqlanadi. Bakteriologik laboratoriyalarda kolorimetrik usul ko’proq qo’llaniladi, u indikatorlar deb ataladigan ba’zi moddalarning eritmadagi rN o’zgarishi bilan o’z rangini o’zgartish xossasiga asoslangan. Buning uchun vodorod ionlari konsentrasiyasi (rN) elektrometrik usulda aniqlab qo’yilgan (rN=5,4 dan rN=8,4 gacha) muayyan indikatorli ishqor va kislota eritmalari (standart eritmalar) to’plami, shuningdek Uolьpol-Mixaelis komparatori (5-rasm) bo’lishi kerak. Muhitdagi rN=6,8 dan 8,4 gacha bo’lganda metanitrofenol indikatori, rN=5,4 dan 7,0 gacha bo’lganda esa paranitrofenol ishlatiladi. Probirkaga tekshirilayotgan muhitdan 2 ml, distillangan suvdan 4 ml va indikatordan 1 ml quyib, komparatorning 2-uyasiga qo’yiladi, yonidagi 1 va 3-uyalarga joylanuvchi probirkalarga esa tekshiriladigan muhitdan 2 ml va distillangan suvdan 5 ml quyiladi, orqa tomondagi 4 va 6-uyalarga yaqin rN li standartlar, 5-uyaga distillangan suvli probirka qo’yiladi. SHu tariqa, yorug’lik o’tib turishi uchun birday sharoit vujudga keltiriladi. So’ngra 2-probirka rangi rN aniqlangan standart rangga mos kelguncha unga (2- probirkaga) ishqor yoki kislota tomchilab qo’shiladi. 2 ml muhitni titrlashga ketgan ishqor yoki kislota miqdorini nazarda tutib, vodorod ionlari konsentrasiyasini aniqlamoq uchun muhitning hammasiga qancha ishqor yoki kislota qo’shish kerakligini hisoblab topiladi. Tayyorlangan go’sht-pepton bulьoni somon rang-sariq va tiniq bo’lishi kerak. Bulьon probirkalarga yoki kolbalarga quyilib, paxta tiqinlar bilan yopiladi va avtoklavda 120° haroratda 15-20 minut sterillanadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
ma'muriyatiga murojaat qiling