Oziqli muqitlar tarkibi jihatidan quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1) oddiy, yoki universal oziqli muhitlar (go’sht-pepton bulьoni, go’sht-
pepton agari, pepton suvi va shunga o’xshash) da aksari mikroblar undiriladi;
2) murakkab oziqli muhitlar (qonli agar, gliserinli bulьon va shunga
o’xshash), oddiy muhitlarda unmaydigan mikroblar ana shu oziqli muhitlarda
undiriladi;
3) differensial diagnostik muhitlar (Endo muhiti, baktoagar J, vismut
sulьfit-agar va hokazo) mikroblarning muayyan biokimyoviy xossalarini aniqlash
va o’ziga xos o’sishiga qarab ularni bir-biridan ajratish imkonini beradi;
4) elektiv oziqli muhitlar (pichan basillasi uchun pichan sho’rvasi, difteriya
tayoqchasi uchun ivitilgan zardob) mikroblarning bir yoki bir necha turini undirish
uchun qulayroq sharoit tug’diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |