Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t
Mikroblarni undirish texnikasi
Download 141,07 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5415779513432804527
Mikroblarni undirish texnikasi. Tekshirish xususiyatiga va
manbaning xiliga qarab, mikroblar suyuq yoki qattiq oziqli muhitlarga ekiladi. Mikroblarni ekish vaqtida oziqli muhitga havodan yot mikroblarni tushirmaslik chorasi ko’riladi. Buning uchun ekish texnikasita to’la-to’kis rioya qilish zarur. Mikroblar yoqib qo’yilgan spirt lampasining bevosita yonida turib ekiladi, qovuzlaq (bakterial ilmoq), pipetkaning uchlari shu lampaning alangasiga tutib PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com sterillanadi, probirkani ochgan va yopgan vaqtda chetlari alangaga tutiladi, shuningdek paxta tiqinlarni probirkalarning og’ziga tiqishdan ilgari ular ham alangaga tutib qizdiri6 olinadi. Mikroblar undirilgan probirkalarga havodan yot mikroblar tushirmaslik uchun bu probirkalar chap qo’lning bosh barmog’i bilan ko’rsatkich barmog’i orasida qiyshaytirib ushlanadi. Probirkalarning og’ziga tiqib qo’yilgan paxta tiqinlar o’ng qo’lning nomsiz barmog’i va jimjilog’i bilan chiqariladi. Bir tiqin shu barmoqlar orasida, ikkinchi tiqin esa jimjiloq bilan kaft orasida ushlab turiladi. Probkalarni chap qo’l barmoqlari bilan (ko’rsatkich barmog’i bilai o’rta barmog’i, o’rta barmog’i bilan nomsiz barmog’i o’rtasida) ham ushlash mumkin. Manba olishda, shuningdek mikroblarni ekishda chakqon harakat qilinadi. Mikroblarni suyuq muhitlarga qovuzloq (petlya), Paster pipetkasi yoki darajalangan pipetkada ekiladi. Suyuq manbani pipetkalar bilan tomiziladi, quyuq manbani esa sterillangan qovuzloqda olib, probirka devoridagi muhit sirtiga biroz surtiladi, so’ngra probirkani bir oz qiyshaytirib yoki silqitib olinadi yoki qovuzloqni bulьonga botiriladi. Mikroblar ekilib bo’lgach qovuzloqni lampa alangasiga albatta
tutib, cho’g’
holiga keltiriladi, pipetkalarni esa
dezinfeksiyalovchi eritmalarga botirib qo’yiladi. Download 141,07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling