Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t


Download 141.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana05.01.2022
Hajmi141.07 Kb.
#217714
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
2 5415779513432804527

Bakteriologik 

tekshirish

Mikrobiologiya 

amaliyotida 

infeksion 

kasalliklarni  aniqlash,  suvni,  oziq-ovqat  mahsulotlarini  va  boshqa  manbalarni 

tekshirish  uchun  mikroskopik  tekshirish  bilan  bir  qatorda  bakteriologik  tekshirish 

usuli keng qo’llaniladi. 

Bakteriologik  tekshirishning  vazifasi-mikroorganizmning  sof  kulьturasini 

ajratib  olish,  uning  xossalarini  aniqlashdir,  shuning  natijasida  infeksion 

kasalliklarning aniq diagnozi qo’yiladi va ayrim muhitlarga shu mikrob yuqqanligi 

bilib olinadi. 

 Bakteriologik tekshirish quyidagi bosqichlardan iborat:   

1) tekshiriladigan manbani ekish;                                                                                                       

2) oziqli muhitlarda mikroblarning o’sish xususiyatlarini o’rganish;  

3) toza kulьturani ajratib olish; 

 4)  toza  kulьturaning  xossalarini  o’rganish  va  uning  qaysi  turga  mansub 

ekanligini aniqlash. 

Tekshirishning birinchi kunida tekshiriladigan manba agarli 2-3 likopchaga 

ketma-ket  ekiladi.  Bir  qancha  hollarda  tekshirilayotgan  manba  bevosita  suyuq 

muhitlarga ekiladi, masalan, venadan steril sharoitda olingan qon bulьonga ekiladi. 

Manba  ekilgan  muhitlar  termostatda  18-24  soat  saqlanadi.  Manba  ekilgan  vaqt, 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




bemorning  familiyasi,  laboratoriya  jurnalidagi  analiz  nomeri  likobchaning  tubiga 

mum qalam bilan yozib qo’yiladi. 



Ikkinchi  kun.  Ekilgan  mikroblar  termostatda  undirilgach  tekshirila 

boshlaydi.  Mikroblar    qalan  o’sib  chiqqan  dastlabki  likobchalar  tekshirishga 

yaramaydi,  mikroblar  ayrim-ayrim  koloniya  holida  o’sgan  likobcha  esa 

tekshiriladi.  Koloniyalarni    lupada  yoki  mikroskopning  kichik  ob’ektivi  bilan 

sinchiklab  tekshiriladi.  Koloniyalarning  tashqi  ko’rinishi,  kattaligi,  shakli, 

konsistensiyasi, chetlarining xarakteri, tiniqligi, pigmenti-bu belgilarning hammasi 

mikroblarning  ayrim  turlarini  ta’riflash  uchun  diagnostika  nuqtai  nazaridan  katta 

ahamiyatga  egadir.  Belgilangan  shubhali  koloniyalardan  surtmalar  tayyorlab, 

Gramm 

usulida 


bo’yaladi. 

Mikroblarning 

morfologik 

xususiyatlarini, 

harakatchanligini  o’rganiladi. Boshqa koloniyalarga tegib ketmaslik  uchun ehtiyot 

bo’lib,  ma’lum  bir  tur  mikroblarning  toza  kulьturasini  ajratib  olish  maqsadida 

.qiyshiq  agarga  shubhali  koloniyadan  qovuzloq  bilan  olib  ekiladi.  Ekilgan 

mikroblarni yana termostatga qo’yiladi. 



Uchinchi kuni. Qiyshiq agardagi mikroblar termostatda undirilgandan keyin 

ularning  toza  kulьturadagi  o’sish  xususiyatlarini  o’rganiladi  va  ajratib  olingan 

kulьturada  begona  mikroblar  bor-yo’qligini  tekshirib  ko’riladi,  buniig  uchun 

surtma tayyorlab, Gramm usulida bo’yaladi. 




Download 141.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling