Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t
Download 141.07 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5415779513432804527
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gis muhitlari
Baktariyalar
turini aniqlash (identifikasiya) uchun ularning biokimyoviy (farmentativ) faoliyatini o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Bakteriyalarning quyidagi farmentativ xususiyatlari ko’proq o’rganiladi: 1) uglevodlarni bijg’itib kislota yoki kislota bilan gaz hosil qila olishi; 2) oqsillarni va ularning parchalanish mahsulotlarini parchalay olishi; 3) katalaza fermentini hosil qila olishi va bo’yoqlarni qaytara olishi (reduksiya xossasi). PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
Bu xossalarni aniqlamoq uchun mikroblarni zich (qattiq) yoki suyuq oziqli muhitlarga ekiladi, mikroblar shu muhitlardagi tegishli moddalarga nisbatan muayyan xususiyatlarini namoyon qilishi mumkin. Uglevodlarni bijg’itish xususiyatini aniklash uchun 1% uglevod (glyukoza, laktoza, mannit, malьtoza, saxaroza) eritmalari va indikator (bromtimolblau, lakmus nastoykasi, Andrede indikatori va hokazo) qo’shib tayyorlangan suyuq yoki yarim suyuq (0,5 agarli) muhitlar qo’llaniladi. Suyuq uglevodli muhitlar quyilgan probirkalarni sterillashdan oldin ularning ichiga kichkina qalqovuch- probirkachalar to’ntarib tushiriladi. Bu muhitlarni Gis muhitlari yoki «ola-bula
Indikatorlar rangining o’zgarishi kislotali yoki ishqoriy mahsulotlar hosil bo’lganini ko’rsatadi, yarim suyuq agarning yorilishi yoki gaz pufakchalarining hosil bo’lishi yoxud qalqovuchning qalqib chiqishi esa gaz borligining belgisidir. Ivigan zardob yoki jelatinaning suyulishi (va shundan keyin qotmasligi), shuningdek vodorod sulьfid, indol, ammiak hosil bo’lishi oqsillarni va ularning parchalanish mahsulotlarini mikroblar parchalaganligining natijasidir. Vodorod sulьfid hosil bo’lganini aniqlamaq uchun go’sht-pepton bulьoni quyilgan probirkaga paxta tiqin bilai probirka devori orasidan filьtr qog’ozi tushiriladi, probirkada vodorod sulьfid bo’lsa, qo’rg’oshin asetat eritmasi shimdirilgan filьtr qog’ozi qorayadi. Indol borligi ham shu usulda aniqlanadi, ammo filьtr kog’oziga oksalat kislotaning suvdagi to’yingan ermasi shimdiriladi, filьtr qog’ozining pushti tusga kirishi indol borligini ko’rsatadi. Mikroblarning mochevinani parchalay olishi 1 % mochevina va indikator qo’shilgan go’sht-pepton bulьoni yoki go’sht-pepton agarida aniqlanadi. Bu muhitlarda mikrob 3-4 sutka undiriladi. Mikroblarda mochevinani parchalab ammiak hosil qiladigan ureaza fermenti borligi ishqoriy reaksiya ro’y bergani sababli muhit rangining o’zgarishidan bilinadi. Qizil lakmus qog’ozining ko’karishi ammiak borligini ko’rsatadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
Patogen mikrob toza kulьturasining turini uzil-kesil aniqlash uchun ko’pincha mikrob immun zardob bilan tekshirib ko’riladi. Bu hossalarning yig’indisiga qarab mikroblarning qaysi turga mansub ekanligi aniqlanadi. Download 141.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling