Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t
Reduksiyalaydigan (qaytaradigan) moddalar: glyukozani yoki
Download 141.07 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5415779513432804527
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Anaeroblarni undirish uchun qo’llaniladigan biologik usul
3. Reduksiyalaydigan (qaytaradigan) moddalar: glyukozani yoki
organlarning parchalarini muhitga qo’shish. Anaeroblarni undirish uchun Kitt-Tarossi muhiti ko’proq qo’llaniladi, bu muhitda 0,5% glyukoza qo’shilgan bulьon va hayvonlarning yangi organlaridan olingan parchalar (yoki go’sht qiymasi) bo’ladi. Mikrob ekilgach, muhitning ustiga moy quyiladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
4. Anaeroblarni undirish uchun qo’llaniladigan biologik usul shundan iboratki, kislorodga o’ch aeroblar va anaeroblar zich oziqli muhitga bir vaqtda ekiladi. Bunda likobchadagi agarning o’rtasidan steril skalpelь bilan kesilib ikki pallaga ajratiladi. Likobchaning bir tomonidagi agarga kislorodga o’ch aerob (Vast. prodigiosum), ikkinchi tomonidagi agarga esa anaerob ekiladi. Likobchaga parafin yoki mum quyib, termostatga qo’yiladi. Avval aerob mikroblar o’sadi. Likobchadagi kislorod tamom bo’lgach anaerob bakteriyalar o’sa boshlaydi. Odatda suyuq muhitlar anaeroblar ekishdan oldin erigan kislorodni yo’qotish uchun suv hammomida 30 minut qaynatiladi (muhitlarni regenerasiyalash). Anaerob bakteriyalarning toza kulьturalarini ajratib olish bir qadar qiyin, chunki ular bilan bir vaqtda aerob bakteriyalar ham mavjud. Anaerostatlar bo’lmasa, manbani fiziologik eritmada suyultiriladi va aerob bakteriyalarni yo’q qilish uchun 80° da 20 minut qizdiriladi. 1-2% go’sht-pepton agarini eritib va 50° gacha sovutib, probirkalarga ustun qilib quyiladi. YAkkalangan koloniyalar olish uchun, manbani tomizgichda bir probirkadan ikkinchisiga ketma-ket ekiladi. Manbani suyultirish uchun ko’pincha 12 tagacha probirka ishlatiladi. Mikroblar termostatda 1-2 sutka undirilgach, agarning ichkarisida o’sib chiqqan ayrim shubhali koloniyalar Kitt-Tarossi muhitlaridan bir nechtasiga (bular hamma anaeroblar uchun elektiv muhitdir) olib ekiladi. Bu muhitlar termostatda 1 sutka turgach anaerob bakteriyalarning kulьturalari o’sib chiqadi. Aerob bakteriyalar kabi, anaerob bakteriyalar ham morfologik, kulьtural, biokimyoviy xususiyatlariga, ekzotoksin chiqarishiga va patogenligiga qarab aniqlanadi. Laboratoriyada anerostat yoki mikroanaerostatlar bo’lsa, anaeroblar ustida ish olib borish ancha osonlashadi. Manba Petri likobchalariga quyilgan oziqli muhitlarga ekiladi; anaeroblarning toza kulьturalarini ajratib olish uslubiyoti aerob bakteriyalarning toza kulьturalarini ajratib olish uslubiyotiga (yuqorida tasvir etilgan) o’z bosqichlari jihatdan deyarli o’xshaydi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
ma'muriyatiga murojaat qiling