Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t


Viruslarni  va  rekketsiyalarni  undirish


Download 141.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana05.01.2022
Hajmi141.07 Kb.
#217714
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5415779513432804527

  Viruslarni  va  rekketsiyalarni  undirish.   YUqorida aytilganidek, viruslar 

bakteriyalar bilan zamburug’lardan farq qilib, odatdagi oziqli muhitlarda o’smaydi, 

balki  tirik  yoki  yoshini  yashab  bo’layotgan  to’qima  hujayralaridagina  ko’payadi. 

Viruslarni  to’qima  kulьturalarida  undirish  usuli  ko’proq  qo’llaniladi.  SHu 

maqsadda  turli-tuman  to’qimalar,  yaxshisi-tez  o’sadigan,  embrional  to’qimalar, 

masalan,  odam  yoki  hayvonlar  embrionining  qo’shuvchi  to’qima  hujayralari 

(fibroblastlari),  o’pka,  buyrakning  epiteliy  to’qimasi,  shuningdek  xavfli 

o’smalarning hujayralari qo’llaniladi. 

Tuzlar  tarkibi  organizmning  tuzlar  tarkibiga  yaqin  keladigan,  muayyan  rN, 

vitaminlar  va  oziq  moddalar  bo’lgan  maxsus  suyuq  oziqli  muhitda  to’qimalar    in 

vitro 

(organizmdan 



tashqarida) 

o’sadi. 


Probirkalarning 

ichki 


devoriga 

biriktiriladigan  yoki  matraslar  tubiga  joylashtiriladigan  bir  qavatli  to’qima 

kulьturalarini  tayyorlash  usuli  keng  rasm  bo’ldi.  Virus  shu  kulьturalarda 

ko’payganligi  mikroskopning  kichik  ob’ektivi  yordamida,  virus  ko’paygan 

hujayralarda  ro’y  bergan  o’zgarishlarga  qarab  aniqlanadi  (virusning  sitopatogen 

ta’sirida  hujayralar  degenerasiyasi  ro’y  beradi,  ularning  devorlari  ko’chadi  va 

hokazo).                                                                 

        Virusning  turi  virusni  immun  zardob  bilan  neytrallash  reaksiyasini 

qo’yish yo’li bilan aniqlanadi. 

Viruslarni  tovuq  embrionining  pardalarida  undirish  usuli    ham  ko’p 

qo’llaniladi. 

SHu  maqsadda  urug’langan  tuxumlarni  inkubatorga  qo’yiladi  va  6-7  kun 

o’tib,  embrion  baralla  ko’rinib  qolgach  (tuxum  po’chog’idan  ko’rinib  turadi) 

embrionli  tuxumlar  (7-rasm)  tanlab  olinib,  yanada  ochiriladi  (inkubasiya). 

Virusning  turiga  qarab,  inkubasiyaiing  7-14-kuni  yuqumli  manbani  qat’iy  aseptik 

sharoitda tuxum po’chog’ining ostiga-allantons bo’shlig’iga yokn xorion-allontons 

pardasiga,  sarig’likka  yoki  amnion  bo’shlig’iga  igna  sanchish  yo’li  bilan 

yuboriladi,  teshikni  berkitiladi  va  tuxumni  yana  inkubatorga  ko’yiladi.  Virus 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




embrion pardalari va to’qimalarida ko’payadi. Virus borligi mikroskopik yo’l bilan 

(elementar  tanachalar),  laboratoriya  hayvonlariga  yuqtirish  yo’li  bilan  yoki 

neytrallash,  gemagglyutinasiya  va  boshqa  reaksiyalarni  qo’yish  yo’li  bilan 

tekshiriladi. 

 

7 – rasm. Tovuq embrioni. 



1 – xorion – allantons; 2 – allantons bo’shlig’i; 3 – amnion bo’shlig’i;                                            

4 – sariqlik xaltasi; 5 – havo xaltasi; 6 – po’choq ostidagi pardasi. 

 


Download 141.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling