"Mikroiqtisodiyot"fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalari. Iqtisodiy asos tushunchalari


-Mavzu: Ishlab chiqarish omillari bozori


Download 406.24 Kb.
bet12/18
Sana19.06.2023
Hajmi406.24 Kb.
#1612355
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
mavzular

9-Mavzu: Ishlab chiqarish omillari bozori.
Mehnat bozorida monopsoniya – bu mukammallashgan raqobatdagi mehnat bozorining alohida bir chetki ko`rinishi bo`lib, bunda biror kichik shahardagi yagona firma mahalliy aholining ko`p qismini ish bilan ta'minlaydi. Kasaba uyushmasi - bu ishchilar uyushmasi bo`lib, u o`zining a'zolari nomidan va ko`rsatmasiga ko`ra tadbirkorlar bilan muzokara olib borish huquqiga ega tashkilot.
Lorents chizig`i – biror bir ko`rsatkichni taqsimlanish darajasini ifodalovchi egri chiziq. Bu amerikalik olim Maks Otto Lorents (1876-1944) tomonidan aholi daromadlarining taqsimlanishini narxlash uchun ishlab chiqilgan. Aholidan daromad solig`i olinib, ularga transfert berilgandan keyin Lorents chizig`ining botiqligi kamayadi.
Inson kapitali nazariyasi – inson kapitaliga investitsiya qo`yish natijasida ish haqining har xil darajada bo`lishi sabablarini tushuntirib beruvchi nazariya. Inson kapitaliga investitsiya – insonning qobiliyatgni, malakasini, ishchining mehnat unumdorligini oshirishga olib keladigan har qanday harakat (shu bilan birga bilim olishiga, sog`lig`ini tiklashga sarflar).

Ish haqi - ishchi kuchidan foydalanganligi uchun to‘lanadigan qiymat. Ish haqi stavkasi ham ish haqining bir turi bo‘lib, ishchi kuchi mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun to‘lanadigan ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir oylik).


Kapitalga daromad - bu foiz deyiladi. Amalda kapitalga daromad ikki xil bo‘ladi. Agar kapital pul shaklida bo‘lsa, pul beruvchilar ssuda foizi bo‘yicha daromad oladi. Agar kapital buyumlashgan shaklda bo‘lsa, u kapitalga ko‘ra umumiy daromaddan ulush oladi.
Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo‘lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi.
Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish siklida o‘z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar).
Ssuda foizi - kapital egasiga uning kapitalidan ma’lum muddat oralig‘ida foydalanganligi uchun to‘lanadigan narxdir.
Diskontirlash-harajat va daromadlarni bir xil boshlanich vaqtga keltirish hisob-kitoblari. Loyiha deganda, ma’lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar investitsiyasi tushuniladi.
Investitsiya - daromad olish uchun qo‘yiladigan kapital mablag‘. Investitsiyalash - bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to‘ldirish jarayonidir. Investitsiyalash deganda, yalpi va sof investitsiyalash tushuniladi. Yalpi investitsiyalash - kapital zahirasining umumiy o‘sishidir.
Qoplash - asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish.
Sof investitsiya - yalpi investisiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablani ajratgandan keyingi qolgan qismi.
Sof investitsiya = Yalpi investitsiya - Qoplash.
Investitsion loyihani oqlash muddati – joriy foydalar yig‘indisini investitsiya qiymatiga teng bo‘lishini ta’minlovchi minimal vaqt oralig‘i.
Vaqt bo‘yicha ustun ko‘rish – joriy iste'molga sarflash bilan kelajakda iste'mol qilish uchun sarflashdan qaysi birini befarqlik chizig'i asosida tanlash.
Vaqt bo‘yicha ustun ko‘rishni cheklash normasi – umumiy turmush darajasi o‘zgarmaganda joriy iste'moldan bir birlik kechishni to‘liq qoplaydigan kelajakdagi qo‘shimcha iste'mol qiymati.
Vaqtlararo muvozanatlik – joriy va kelajakda iste'mol qilish o‘rtasida tanlayotgan shaxs uchun maksimal naflik keltiruvchi holat
Vaqtlararo budjet chegarasi – shaxsning daromadi va ssuda foizi stavkasi bilan aniqlanadigan vaqtlararo ustun ko‘rish kartasidagi chiziqning holati.
Sof iqtisodiy renta (pure economic rent) – narx bo‘yicha absolyut elastik bo‘lmagan taklifga ega bo‘lgan resurs egasi tomonidan olinadigan daromad.
Differentsial renta – boshqa resurslarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan resurs egasi tomonidan olinadigan renta.
Ijara haqi (to‘lovi) – yerdan foydalanuvchi tomonidan bir yilda yer egasiga to‘lanadigan pul miqdori.
Yer narxi – cheklanmagan vaqt davomida yerdan olingan barcha daromadlar yiindisining keltirilgan (boshlanich yilga) qiymati.
R – yillik renta; i – foiz stavkasi.
Nominal foiz stavkasi - bu joriy pul birliklarida ifodalangan jamarmaga yoki ssudaga bo‘lgan daromad normasi.
Real foiz stavkasi - bu o‘zgarmas (ya’ni, inflyatsiya darajasiga ko‘ra o‘zgartirilgan) pul birliklarida ifodalangan jamarma yoki ssudaga bo‘lgan daromad normasi.
Iqtisodiy renta (absolyut renta) - bu cheklangan resurs uchun to‘lanadigan to‘lov. Yer rentasi - cheklangan yer resurslaridan (boshqa tabiiy resurslardan) foydalanganlik uchun to‘lov.
Iqtisodiy renta yer rentasiga ko‘ra kengroq ma’noga ega, buni yuqorida ko‘rgan edik.
Absolyut renta - bu barcha yer egalari tomonidan yerning sifatiga bog'liq bo‘lmagan holda oladigan rentadir. Iqtisodiy renta - cheklangan resursdan foydalangani uchun to‘lanadigan narx.
Kapitalga daromad - bu foiz deyiladi. Amalda kapitalga daromad ikki xil bo‘ladi. Agar kapital pul shaklida bo‘lsa, pul beruvchilar ssuda foizi bo‘yicha daromad oladi. Agar kapital buyumlashgan shaklda bo‘lsa, u kapitalga ko‘ra umumiy daromaddan ulush oladi. Tadbirkorlik daromadi - bu ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanganligi uchun tadbirkor oladigan daromad.

Download 406.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling