"Mikroiqtisodiyot"fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalari. Iqtisodiy asos tushunchalari


-mavzu: Monopoliya va monopsoniya


Download 406.24 Kb.
bet13/18
Sana19.06.2023
Hajmi406.24 Kb.
#1612355
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
mavzular

11-mavzu: Monopoliya va monopsoniya.
Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Monopoliya (yunoncha mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. Monopoliya ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. Monopoliya koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. Monopoliya oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. Monopoliya bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. Monopoliyaning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. Monopoliyaning 6 turi mavjud bo‘lib ular:

  1. Tabiy monopoliya

  2. Legal monopoliya

  3. Sun'iy monopoliya

  4. Aligopoliya

  5. Monopsoniya

  6. Sof monopoliya

Monopsoniya — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda koʻp boʻlib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona isteʼmolchisi yoki xaridori mavjud boʻlgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga Asakadagi avtomobil zavodi yaqqol misol boʻla oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur boʻlgan koʻplab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega. Monopsoniya (mono... va yun. opsonia — sotib olmoq) — bozor holati, bozorda haridorning hukmron mavqega ega boʻlishi. M.da bir nechta sotuvchilar va bir yirik haridor ishtirok etadi. Bozorda haridor oʻz hukmini oʻtkazib, yetakchi mavqeni egallaydi, harid hajmini kamaytirib, ishlab chiqaruvchilarni narxni pasaytirishga majbur etadi. Aksariyat resurelar bozorida paydo boʻladi (ishlab chiqaruvchi yutugʻi haridor-isteʼmolchiga oʻtadi). Resurslarni davlat qatʼiy narxlarda harid etganda, davlat buyurtmalarida ham M. vujudga keladi. Mas, davlat avianosets, kosmikraketa obʼyektlari kabi qimmat va murakkab qurol-aslahalar haridori boʻladi. Bu holda oldisotdi bitishuvchi tomonlar uchun kelishuvning narxini ham oʻz ichiga oladigan, oʻzaro majburiyatlarini nazarda tutadigan kontraktlar — bitimlar boʻyicha amalga oshiriladi. Keng maʼnoda — narxlar shakllanishiga haridorlar, tovar va xizmatlar isteʼmolchilari hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan barcha bozorlarga nisbatan qoʻllanadi.

Download 406.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling