Milliy g‘oya va mafkurani o‘quvchilar ongiga singdirishda o‘quv jarayonini uzviylik-uzluksizlik asosida samarali tashkil etish yo‘llari
fan bo‘yicha bilimlarni berish va tegishli malaka va ko‘nikmalarni hosil qilishda zamonaviy pedagogika fani yutuqlarini samarali qo‘llash;
dasturda ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha dars ishlanmalarini yaratish;
darslarni o‘qitishda, tarbiyaviy ishlarda yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsion usullardan unumli foydalanish ;
o‘quvchi-talabalarni aniq, ular bajara oladigan vazifalar berish, ijrosini nazorat qilish, ta'minlash hamda rag‘batlantirish;
fanga nisbatan o‘quvchi-talabalarda qiziqish uyg‘otish;
joriy, oraliq va yakuniy nazoratni amalga oshirish uchun mavzular, bo‘limlar, boblar bo‘yicha nazorat turlarini aniqlash va ular uchun materiallarni tayyorlash;
bilimlarni baholashda o‘quvchi-talabaning mustaqil fikrlashi, hayotiy misollar keltira olishi yoki o‘z hatti-harakatlari misolida tushuntira olishiga ko‘proq e'tibor berish;
o‘quvchi-talabaning fan asosida Vatan, millat va uning kelajagiga bo‘lgan munosabatini uning hatti-harakatlarida namoyon bo‘lishiga erishish;
fanga oid alohida auditoriya xonalarining milliy g‘oya va mafkurani o‘qitish talablariga muvofiq jihozlanishini ta'minlash;
har bir mavzuni yoritishda kamida bitta interfaol uslubni qo‘llash va ko‘rgazmali qurollarga ega bo‘lish;
ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning barcha jabhalarini qamrab olishi;
o‘quvchi-talabalarning hayotni to‘la anglashga, bugungi kunni qadrlashga, jamiyatning yetuk a'zosi bo‘lib yetishishga intilishlariga ko‘maklashish;
o‘quvchi-talabalar bilimlarini baholashning haqqoniyligini ta'minlash va rag‘batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |