Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Download 0.58 Mb.
bet67/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

birinchidan, yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim-tarbiyaga joriy etish, uning moddiy-texnik bazasini yangilash, modernizatsiyalash;

ikkinchidan, kompyuter, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish (internet tizimi, kompyuter, elektron doska, elektron darsliklar yaratish va hk.);

uchinchidan, xorijiy tillarni, ayniqsa, ingliz tilini o‘rganish va dars jarayonlarida xorijiy adabiyotlardan, ta’lim sohada dunyo mamlakatlarida erishilgan yutuqlar, tajribalardan keng foydalanish;

to‘rtinchidan, ta’lim sohasida amal qilib kelgan eskicha (an’anaviy) usullardan voz kechish kabi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.
SHu o‘rinda milliy g‘oya va ta’lim-tarbiya tizimida ayrim muammolar mavjudligini ham hisobga olish lozim. Bular:
birinchidan, milliy g‘oyani aynan ta’lim tizimi orqali fuqarolar, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlod ongi va qalbiga singdirish, milliy g‘oyani har bir yoshning ishonch-e’tiqodiga aylantirish bilan bog‘liq. CHunki milliy g‘oyaning negizlarini ta’lim-tarbiya tizimidan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Ammo hamma yoshlarda ham milliy-madaniy meros va ilm-fan yutuqlariga, uning sirlarini bilishga intilish bir xilda yuqori emas.
ikkinchidan, haligacha ta’limni tarbiyadan ayri holda tushunishlar mavjud. Bugun tarbiya mamlakatimizning mustaqil taraqqiyotini ta’minlashdagi muhim omil ekanli globallashuv davrida turli mafkuralar kurashi davom etayotgan sharoitda yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda. Bu, tegishli ta’lim-tarbiya muassasalari va boshqa ijtimoiy institutlarning, milliy g‘oya ilmiy-amaliy markazi, ma’naviyat targ‘ibot markazi faoliyatida milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarda yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga, zamon bilan hamnafas bo‘lishga alohida ahamiyat berilishi muhim;
uchinchidan, milliy g‘oya maqsadlarini va vazifalarini ta’lim tarbiyaning muhim ajralmas qismi ekanligini, uni mustaqil demokratik taraqqiyotini, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti ekanligini ta’kidlash lozim.
Insoniyat hayotidagi ta’lim va tarbiya jarayoni hech qachon mafkuradan holi bo‘lmagan. Jamiyatda ta’lim va tarbiyaning mafkurasizlashib qolishi yoki unda mafkura amaliyotini noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi doimo insonlarni maqsadsiz qolishga hamda ularni o‘zligidan uzoqlashishga olib kelgan.
SHunga ko‘ra, jamiyatimizning maqsadga erishuvida ta’lim va tarbiya jarayoni uchun Milliy mafkura zarur. Ayni vaqtda milliy mafkura o‘z g‘oyalari bilan fuqarolar ayniqsa yoshlar ongiga kirib borishida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi o‘qituvchi va murabbiylar ko‘magiga muxtoj.
Ma’lumki, har bir jamiyatda o‘qituvchi va murabbiylar mamlakatdagi ziyolilar qatlamining asosini tashkil etadi va jamiyat mafkurasining ob’ekti bo‘lgan yosh avlod ongini shakllantiruvchi katta kuch hisoblanadi. Binobarin, ta’lim tizimini mafkurasiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, ta’limdagi mafkuraviy amaliyotni o‘qituvchi va murabbiylarsiz ham ta’savvur etib bo‘lmaydi. Xususan, bizning jamiyatimizdagi ta’lim jarayonida ham o‘qituvchi va murabbiylar hamda Milliy mafkura o‘rtasida mana shunday dialektik bog‘liqlik mavjud.
Hozirda ta’lim tizimi hamda o‘qituvchi va murabbiylar faoliyatini tashkillashtirish borasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda mazkur bog‘liqlik o‘z aksini topmoqda. Bugungi kunda ushbu islohotlar natijasida mamlakatimiz ta’lim tizimi hamda o‘qituvchi va murabbiylar faoliyatida tub sifat o‘zgarishlar vujudga keltirildi. Xususan, sobiq Ittifoq davridagi asosan Moskva manfaatlariga xizmat qiluvchi ta’lim tizimi va o‘qituvchilik faoliyati inkor etilib, uning o‘rnida milliy manfaatimizga xizmat qiluvchi ta’lim tizimi barpo etildi. Bugungi kunda ushbu tizimdagi o‘qituvchilar faoliyati o‘zbek xalqini boy ma’naviy va moddiy merosini yosh avlodga etkazishda, ularda bu merosdan faxr va g‘urur tuyg‘ularini kamol toptirishda hamda ularni jahon ilm-fan yutuqlaridan baxramand bo‘lishida katta ahamiyat kasb etmoqda.
Tarixdan ma’lumki, xalqimizning chin ma’nodagi ustoz-o‘qituvchilari doimo milliy davlatchiligimiz va milliy o‘zligimizning asl himoyachilari bo‘lib kelgan.
Aytish lozimki, hozirda mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy soxalarga o‘zining sezilarli ta’sirini ko‘rsatib borayotgan Milliy mafkuramiz ham asosiy tayanch sifatida hamda o‘qituvchi va murabbiylar toifasining:
  • Milliy mafkuraning konseptual rivojlantirish borasidagi ilmiy faoliyatlariga;


  • Milliy mafkuradagi g‘oyalarning targ‘ib va tashviq etishdagi harakatlariga;


  • Milliy mafkura g‘oyalari singan ideal ko‘rinishidagi (hamda o‘qituvchi va murabbiylar berishi mumkin bo‘lgan) inson qiyofasiga katta ehtiyoj sezmoqda.


Mamlakatimizdagi o‘qituvchi va murabbiylar qatlami mafkuraviy amaliyotda albatta mazkur funksiyalarni bajarishga qodir bo‘lib, ular o‘zlaridagi potensial kuch orqali O‘zbekistonda ham “yapon mo‘‘jizasi” singari “o‘zbek mo‘‘jizasini” vujudga keltira oladi. Buning uchun hozirda mazkur potensial kuchdan davlat va jamiyat manfaati yo‘lida unumli foydalanish yo‘llarini topmoq kerak. Bunda o‘qituvchi va murabbiylar faoliyatini jadallashtiruvchi iqtisodiy, ma’naviy omillarni yangi asoslarini shakllantirish zarurki, bu asoslar jamiyatda o‘qituvchi va murabbiylar qatlamini Milliy mafkura uchun asosiy tayanch bo‘lishiga olib kelishi lozim.


Milliy g‘oya targ‘ibotida madaniyat, madaniy-ma’rifiy muassasalar –muzeylar, teatr va kutubxonalar o‘ziga xos vositalar hisoblanadi.
Hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda har bir inson o‘z o‘rnini topish, jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lish, bilim va mahorati bilan butun dunyoni hayratda qoldirish, ertaga yosh avlodlar havas, g‘urur va iftixor bilan yodga olishini, eng asosiysi esa, hayotda baxtli inson bo‘lishni xohlaydi. Bunga esa inson ma’nan etuk, jismonan baquvvat, ruhan sog‘lom bo‘lsagina erishishi mumkin. Zero, ma’naviyati boy, dunyoqarashi keng, mulohazali insonlar hech qachon, hech qaerda qoqilmaydi. Buning uchun esa har bir inson o‘z tarixi, madaniyati, milliy urf-odatlari, qadriyatlarini, qadim tarixini yaxshi bilishi kerak. Zotan, har bir xalqning qadim tarixi, o‘tmishi, madaniyatini aks ettirguvchi go‘sha – muzey hisoblanadi. Muzey - tarixni aks ettiruvchi ko‘zgudir. SHu bois ham yurtimizda muzeylarga e’tibor katta. Ularni tarixiy ashyolar bilan boyitish va ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash har bir xalqning o‘z o‘tmishiga bo‘lgan e’tibor, hurmat-ardog‘idan darak beradi. Aytish joizki, o‘sib kelayotgan yosh avlodlarni Vatanga muhabbat, ona-yurt tarixiga hurmat va bugungi kunga nisbatan faxr-iftixor tuyg‘ulari bilan tarbiyalashda ham muzeylarning ahamiyati kattadir. CHunki yoshlarimiz muzeylarda saqlanayotgan har bir eksponat va yodgorlikni ko‘rib, o‘tmishni tasavvur qiladi. Zero, o‘tmishni o‘rganmay turib, kelajakni tasavvur qilib bo‘lmaydi yoki ayni paytdagi madaniy yuksalish va rivojlanish jarayonlarining qadriga etish qiyin.

Muzey tarix silsilalaridan so‘zlaydi. Ajdodlardan avlodlarga meros asori-atiqalar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar, madaniy boyliklarni yillar davomida ko‘z-qorachig‘idek asrab, saqlaydi. Muzeyga tashrif buyurgan kishi nafaqat madaniy hordiq oladi, balki ma’naviyat olamini yanada boyitish imkoniga ega bo‘ladi.Muzeylarni bir-bir kuzatar ekansiz, tarixiy eksponatlar, noan’anaviy ko‘rgazmalar, tabiat mo‘‘jizalari, san’at namunalari, albatta, kishini o‘ziga jalb etishiga amin bo‘lasiz. Eng asosiysi, muzey o‘g‘il-qizlarimizning boy va uzoq tariximiz haqidagi tasavvur olamining boyishiga, demakki, ularning har tomonlama kamol topishiga xizmat qilmoqda.


1977 yilda YUNESKO tashkiloti tomonidan 18 may Xalqaro muzeylar kuni sifatida bayram qilinishi belgilangan. Bu esa muzeylarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va xalqlarning o‘zligini anglash, yosh avlod tarbiyasi borasidagi ahamiyati beqiyos ekanligi e’tirofidir. Mana, 35 yildirki, Xalqaro muzeylar kuni keng jamoatchilik va soha mutaxassislarining madaniy va ma’rifiy tadbirlari bilan nishonlanadi.
Ertangi kun egalari bo‘lgan – yosh avlodni tarbiya etuvchi pedagoglar yoshlarning ma’naviy salohiyati, madaniy saviyasini yuksaltirib borishda teatrlarning ham alohida o‘rin tutishini unutmasliklari lozim. YOshlarning ma’naviy dunyoqarashi va tafakkurini boyitish, ular qalbida ezgu g‘oyalarga intilish o‘yg‘otish, ajdodlarimiz xotirasiga hurmat tuyg‘usini shakllantirish hamda kelajakka teran nazar bilan boqishida teatr va kino san’atining o‘rni beqiyos. Xususan, zamonaviy qahramonlar obrazi aks ettirilgan sahna asarlarini yaratish, turli yot g‘oyalar, qarashlarni illat sifatida aks ettirgan, “ommaviy madaniyat”ning qilmishlarini fosh etgan spektakllar, badiiy filmlar yoshlarimizning ongini yot ta’sirlardan asrashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jonli va hayotiy voqealarni turli talqinda ijro etish, uni tomoshabinga maromida etkazib berishi bilan teatr yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Biz teatr san’atini ikki tomoni charxlangan shamshirga o‘xshatishimiz mumkin. U bir tomoni bilan kishilar qalbiga yorug‘lik olib kirsa, uni yuksak ma’naviylik tomon yo‘llasa, ikkinchi tomoni bilan esa inson qalbidagi nodonlik, jaholat ya’ni ma’naviyatsizlikka va jaholatga qarshi kurashadi.
Milliy g‘oya targ‘ibotida kutubxonalarning, ayniqsa, kitobxonlikning alohida o‘rni bor. Unib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy tarbiyasida o‘zbek xalqining boy ma’naviy merosidan keng foydalanish ham muhim omil bo‘la oladi. Xususan, yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan pedagog-tarbiyachilar yoshlar qalbini, ruhiy dunyosini ma’naviy boyitishda YUsuf Xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Ahmad YAssaviy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon, Usmon Nosir kabi klassik shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan unumli foydalanishlari katta ahamiyatga ega. Zero, ularning bizga qoldirgan boy badiiy-ma’naviy merosi o‘zining chuqur falsafiy mazmuni, ahloqiy yo‘nalishi bilan ajralib turadi.
Mumtoz san’atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, to‘g‘rilik, birovning haqiga ko‘z olaytirmaslik, xiyonat qilmaslik, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik, iymonlilik, halol luqma bilan kun ko‘rish, ota-onani hurmat qilish kabi inson uchun zarur ma’naviy xislatlar yuqori badiiy saviyada bayon etilgan.
Ma’naviy tarbiyada Pirimqul Qodirov, Odil YOqubov, Said Ahmad, O‘tkir Hoshimov, Tohir Malik kabi yozuvchilarimiz; Erkin Vohidov, Oydin Hojieva, Omon Matjon, Rauf Parfi, Abdulla Oripov kabi shoirlarimizning asar va she’rlaridan ham keng foydalanish, badiiy asarlar, ulardagi qahramonlarning fe’l-atvori, ahloqi, ma’naviy dunyosi to‘g‘risida suhbat, munozara o‘tkazish katta samara beradi. Bunday boy ma’naviy xazina bilan bizni eng avvalo kutubxonalar, ya’ni axborot resurs markazlari tanishtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi, 2017 yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori inson ma’naviyati ko‘zgusi bo‘lgan kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Milliy g‘oya targ‘ibotida beqiyos bo‘lgan omillar bu – adabiyot va san’atdir. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir”.1 SHaxs ma’naviyatini shakllantirish va qaror toptirishda so‘z g‘oyaviy ta’sir vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. “YAxshi so‘z-qilichdan ham kuchli” degan gap bor. Haqiqatan ham o‘z o‘rnida ishlatilgan so‘zlar, yorqin va dildan bayon etilgan nutq, ba’mani fikr doimo kishilarning hulq-atvoriga, ma’naviyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Fikrni esa tinglovchining talab-ehtiyoji, orzu-umidlari va manfaatlariga aloqadorligini hisobga olgan holda bayon etilsagina ta’sirchan va ishonchli bo‘ladi.
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, o‘ta mohirlik bilan yaratilgan san’at asari ayrimlarning o‘z joniga qasd qilishiga turtki bo‘lishi ham mumkin ekan...
Ulug‘ nemis shoiri Iogann Gyotening «YOsh verterning iztiroblari» asari qaxramoni o‘z hayoti va baxtsiz sevgisidan aziyat chekib, oxir oqibatda joniga qasd kiladi. Mazkur roman nashrdan chiqqan yili, ya’ni 1774 yilda, yuzlab yosh yigit-qizlar sevimli Verterga taqlid qilib, o‘zini o‘ldirgan. Huddi shunday hol 19-asr boshlarida N.M.Karamzinning «Bechord Liza» kitobi paydo bo‘lgach, Rossiyada ham kuzatilgan.
1885 yil 23 dekabrda AQSHdagi mashhur «Judas Prist» rok guruxining Nevada shtatining Rino shahrida «Ajal qirolligi uzra» qo‘shig‘ini tinglagan ikki ashaddiy muxlislari: Reymond Belknep va Jeyms Venslar bir vaqtning o‘zida ikkalasi ham to‘pponchasini chiqarib, o‘zini otgan!
San’at kishilar tomonidan eng ko‘p “iste’mol qilinuvchi” soha hamdir. Star wars - “YUlduzlar jangi” filmlaridan olingan daromadga e’tibor bersak ushbu mulohazamizning haqiqat ekani oydinlashadi:
0.8 mlrd dollar prokatdan, 2.0 mlrd DVD formatda sotish orqali, 4,27 mlrd kinopremeralar uchun sotilgan biletlardan tushgan daromadlar, 20 mlrd litsenziyali o‘yinchoqlar orqali daromad olingan2.
2015 yil 12-noyabrda 12,03 karatli, ajoyib yorqin-moviy rangga ega, Blue Moon («Moviy oy») deya nom olgan brilliantli uzuk Jenevadagi Sotheby’s auksionida rekord summa — 48,6 million dollarga sotilgan. Xuddi shu auksionda Xitoy kommunistlari etakchisi Mao Szedunning amerikalik rassom Endi Uorxol tomonidan 1972 yilda ishlangan portreti 47,5 million dollarga sotilgan. Demak, san’at targ‘ibot jarayonida juda katta kuch! Biroq afsuski bugun bu kuchdan noto‘g‘ri maqsadda ko‘proq foydalanilyapdi.
1987 yili amerikalik rassom Anders Serrano o‘zining peshobi bilan to‘ldirilgan banka ichida chormixga tortilgan Iso Masih fotosini ishlab, uni Piss Christ deb nomlagan. Qanchalik g‘alati tuyulmasin AQSH hukumati qoshidagi milliy san’at fondi tarafidan “Janubiy-G‘arbiy zamonaviy san’at markazi musobaqasi”da mazkur foto “Ko‘rgazma san’ati” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.
San’atning jamiyat hayotidagi o‘rniga to‘xtalib ustoz Ozod SHarofiddinov quyidagilarni ta’kidlaydi:
“Turli telekanallar engil-elpi qo‘shiq va raqslar, musiqiy ijrolarga to‘lib ketganki, ularni har narsa deb atash mumkin, biroq san’at asari deb bo‘lmaydi. Bo‘lar-bo‘lmas qiyshanglashlar, sirli muqom va ko‘z suzishlar, erotik qiliqlarning qanday tarbiyaviy ahamiyati bor? Menimcha, kishida fikr uyg‘otmaydigan, pokiza tuyg‘ularni tarbiyalamaydigan bu “ommaviy san’at” nomatlub hirsni uyg‘otish, yoshlarni buzishdan boshqa narsaga yaramaydi”.
Axloqshunos olim Abdulla SHerning fikricha aslida “... san’atkor o‘zi istasa-istamasa keskin g‘oyaviylashgan, mafkuraviylashgan shaxs sifatida ish ko‘radi. Gap faqat san’atkorning qaysi mafkurani tanlashi va targ‘ib qilishiga bog‘liq. Agar u o‘z g‘oyalariga insonparparvarlik mafkurasini asos qilib olsa (Navoiy, Motsart, Tolstoy, Pikasso va boshqalar singari), uning asarlari butun insoniyat va barcha zamonlar uchun "yaroqli", kerakli bo‘lib qoladi. Bordi-yu san’atkorning mafkuraviyligi obro‘parastlik (avtoritarlik) g‘oyalari bilan cheklansa, asari obro‘ egasidan (dohiydan) uzoqroq yashamaydi.
O‘sib kelayotgan farzandlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashda oiladagi, atrofdagi (mahalla, ko‘cha, bog‘cha, maktab, oliy o‘quv yurti), ijtimoiy muhit va tarbiyalanuvchiga bo‘lgan munosabat muhim rol o‘ynaydi. “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida ta’kidlab o‘tilganidek, “Odamzot uchun bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma va xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati, atrofidagi odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o‘zini qanday his qilishi, etakchilik xislatlariga ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashi - bularning barchasi avvalo uning tug‘ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog‘liq ekanini hayot tajribasi ko‘p misollarda tasdiqlab beradi”.1
Biroq afsus bilan aytish kerakki, bugun barcha oilalar ham o‘zining asosiy vazifasi bo‘lmish farzand tarbiyasiga sidqidildan kirishayotgani yo‘q, ba’zi o‘rinlarda oilaning o‘zini saqlab qolish ham katta muammoga aylanib qolmoqda. Nega shunday?
Ulug‘ ajdodimiz, ma’rifatparvar olim Abdurauf Fitrat ushbu masalaga to‘xtalar ekan buning eng muhim sabablariga to‘xtaladi: “Odamlarga shu ham ma’lumki, uylanishning ko‘p qiyinchiliklari va zahmatlari bor. Odamlarning tabiatiga esa rohat yoqadi. Agar odamning ixtiyori o‘z qo‘lida bo‘lsa edi, bo‘ydoqlik rohati va ozodligini uylanish azobi va mehnatiga aslo qurbon qilmasdi”, ya’ni mutafakkir nazarda tutayotganidek oila bu juda katta mas’uliyat demakdir. Bu fikrni fransuz olimi SH.Monteske ham ilgari suradi: “Uylanish – kishi erkinligining ikki marta kamayishi, mas’uliyatining esa ikki marta oshishi demakdir”.
Oila mavjudligini ikkinchi muhim omili sifatida A.Fitrat farzand tarbiyasini keltiradi: “Bir hakim aytgan ekan: «Bani Odam bolalarining tarbiyasini menga qoldirsalar, odamlarning ahvolini butunlay o‘zgartirib yuborar edim». Jahon xalqlarining ahvolini bugun mulohaza qilsangiz, shu hakimning so‘zlari tasdiqlanadi. Hozirda 40 million ingliz 400 million hindiy va afrikaliklar ustidan xokimdir. CHin hukumati 400 million aholisi bilan 40 million yaponning hiyla va nayrangi o‘yinchog‘iga aylangan. 60 million olmonlar ikkita zaif davlat (Avstriya va Turkiya)ni yonlariga olib aholisi 750 millionga teng keladigan etti davlat bilan urush qilyapti.Kishining nazarida ajib va g‘aroyib ko‘rinadigan bu voqealar tarbiya ta’siridan, zero bolalarning tarbiyasi bu farzandni jismonan, fikran va axloqan tarbiya qilib, kamolga etishtirish demakdir. YA’ni ularni urinish va tirishish sahrosiga, ya’ni xayot-mamot maydoniga kuchli badan, sog‘lom fikr va yaxshi axloq bilan qurollantirib yuborish demakdir. Ma’lumki, inglizlar hind va misrliklardan, yaponlar CHin xalqidan jismonan, fikran va axloqan ancha komildirlar. Ularning bu kamolotlari tarbiya natijasidir.
Endi kelinglar, ko‘raylikchi, biz … turkistonliklaro‘z farzandlarimizga tarbiya beryapmizmi yoki yo‘qmi? Savolning oxiridagi so‘z bunga javob bo‘la oladi, ya’ni «yo‘q!» Men buni shunday isbot qilaman. Biz turkistonliklar bolalarimizdan ko‘ra mollarimizga yaxshiroq qaraymiz.
Eshak va qo‘ylarimizni farzandlarimizdan ham ko‘proq yaxshi ko‘ramiz deb aytmayapman. Yo‘q-yo‘q, bolalarimiz jonimizdan ham aziz. Ular nazarimizda hammadan suyukli va aziz. Lekin baxtimizga qarshi shuni e’tirof qilish lozimki, shuncha muhabbat va mehrga qaramasdan, eshak va qo‘ylarimizdan kamroq tarbiyalaymiz!



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling