Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishning institusional asoslari


Download 0.58 Mb.
bet66/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

2. Milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishning institusional asoslari. Milliy g‘oya targ‘iboti va tashviqoti, milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishning institusional asoslariga to‘xtalishdan oldin “targ‘ibot” va “tashviqot” tushunchalarining o‘zagiga e’tiborni qaratish zarur. “Targ‘ibot” tushunchasining o‘zagini “rag‘bat” so‘zi tashkil etgani bois ham, u insonni biror harakatga rag‘batlantirishni nazarda tutadi. “Tashviqot” tushunchasining o‘zagi esa “shavq” so‘zidan olingan bo‘lib, u kishida biror narsaga shavq uyg‘otishga yo‘naltirilgan.
Targ‘ibot insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan. Targ‘ibotchilarni shuning uchun ham “inson qalbining sozlovchilari” deb ataydilar. Demak, targ‘ibot-tashviqotdan maqsad – faqat bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, “milliy istiqlol g‘oyasi” haqida ma’lumot berish bilan cheklanmasdan, mafkuraviy maqsadlarni aniq vazifalar shakliga keltirishimiz, milliy istiqlol mafkurasidagi asosiy g‘oyalarning amaliy harakatlarga aylanishiga erishishimiz zarur.
Quyidagi ijtimoiy institutlar milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishning institusional asoslari tizimida alohida o‘rin tutadi: ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, madaniy-ma’rifiy muassasalar, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport, urf-odatlar, marosim va bayramlar, oila, mahalla, mehnat jamoalari, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlari va OAV.
Xo‘sh ta’lim-tarbiya tizimi bugun qanchalik muhim va unga e’tibor nimalarda ko‘rinadi? Barchamizga ma’lumki, bugun dunyo bo‘yicha taxminan 1,2 milliardodam umuman hech qanday ta’lim va ma’lumotga ega emas. SHundan 70 foizini qiz bolalalar va ayollar tashkil qiladi. AQSH Markaziy Razvedka Boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra dunyoning eng savodsiz mamlakatlari Niger (84,3% aholisi savodsiz), Burkino Faso (77%), Afg‘oniston (63,7%), Sieriya Lione (63,7), Gambiya va h.k. hisoblanadi.
YUNESKO dunyoni savodsizlikni tugatishga chaqirmoqda. Uning nuqtai nazariga ko‘ra agar ta’lim bilan bog‘liq dasturlarni amalga oshirish uchun maxsus mablag‘ ajratilmas ekan, yuqorida ko‘rsatilgan muammo echilmay qolib ketaveradi. Ta’lim uchun mablag‘lar tobora kamayib bormoqda. YUNESKO mamlakatlarni har yili ta’lim uchun qo‘shimcha 8-10milliarddollar ajratishga undamoqda.
Hech kimga sir emaski mamlakatimizda yoshlar kamolotiga e’tibor mustaqilligimizning dastlabki kunlarida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”(2016 yil 15-sentyabrda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi)gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlar va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Zero, statistik ma’lumotlarga ko‘ra mamlakatimiz aholisining 67%dan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi.
Barchamiz Amerika filmlarida bolalarga alohida maktab avtobuslari(School bass) xizmat qilishini ko‘rib, “ana boy davlatda hatto bolalarini maktabga olib borish uchun alohida avtobus xizmatini yo‘lga qo‘ygan” degan fikr hayolimizdan o‘tadi. Agar masalaga teranroq qaralsa G‘arb mamlakatlarida tug‘ilishning keskin pasayib ketishi natijasida har 10-15 kilometrda bitta maktab qurilishiga talab bor. Masalan, bizda 50 dan ortiq maktab joylashga qishloq yoki shaharchaning hududicha joyda ularda nari borsa 5 ta maktab bor, xolos. Agar ularda uchta xonadondan 1 ta bola maktabga yo‘l olsa, bizda bir hovlidan kamida 3 ta bola maktab sumkasini ko‘tarib chiqadi. YA’ni bizda bolalar bog‘chasi, maktablar, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga g‘arbdagiga qaraganda kamida 10 baravar ko‘p bola qatnaydi. Bu esa ularning salomatligi va ta’limiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish zaruriyati shunga muvofiq katta e’tiborni va yuksak mas’uliyatni talab etishini ko‘rsatadi.

Qayd etilganidek, milliy g‘oya targ‘ibotida eng muhim omillardan biri – ta’lim-tarbiyani uzluksiz ravishda olib borish. Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etish, ilm-fan sohasini rivojlantirish – milliy g‘oya targ‘ibotining eng muhim omili va mustahkam asosidir. SHuning uchun ham hozirgi davrda milliy g‘oya va ta’lim-tarbiyaning uzviy aloqadorligini hisobga olish va unga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masaladir. Bu, avvalo, mustaqillik tufayli ta’lim-tarbiyaning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari, negizlari tubdan o‘zgarganligi bilan bog‘liq, ya’ni, ta’lim-tarbiya sohasi tubdan isloh etildi, u yagona kommunistik g‘oya prinsiplari, maqsad va vazifalaridan xolos bo‘ldi. Bugun, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya jamiyati mafkurasi bo‘lmish - milliy g‘oya, uning asosiy tushuncha va tamoyillariga asoslangani holda amalga oshirilmoqda.


Mustaqillik yillarida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi, Kadrlar tayyorlash milliy modeli ishlab chiqilib, yangicha dunyoqarash, g‘oya va mafkuralar hilma-xilligiga asoslangani shaxsning ta’lim darajasi va salohiyatini oshirishga, mustaqil fikrlaydigan, ijodiy yondoshuv madaniyatiga ega bo‘lgan, yangi avlod kadrlarini tayyorlash ta’lim-tarbiya sohasida muhim o‘rin tutadi.
Ta’lim-tarbiya tizimi faoliyati samaradorligini oshirish uchun, bu tizimda:

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling