Milliy istiqlol


Navro‘z ezgu umidlar, ertangi yorug‘ kunlar xabarini


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Navro‘z ezgu umidlar, ertangi yorug‘ kunlar xabarini
båradigan bayramdir.
Bu kun odamlar bir-birlariga baxt-saodat, sog‘liq-omonlik,
oilalarga fayz-u baraka, el-yurtga tinchlik, osoyishtalik tilaydilar.
Kåyingi Navro‘zgacha barchaning sog‘-salomat yåtib borishini,
boshlanayotgan yangi yilning qutli-barakali kålishi, to‘y-tomosha-
larga boy bo‘lishini niyat qiladilar va shunga intilib yashaydilar.
Navro‘z – butun mazmun-mohiyati bilan ibratli odob-
nomadir.
!
!
!
8 – Milliy istiqlol g‘oyasi, 8-sinf


114
Navro‘z bayrami bir kundan bir oygacha nishonlanib, uni
tantana qilish bilan bog‘liq turli urf-odatlar, udumlar, rasm-
rusumlar avloddan avlodga o‘tib kålmoqda.
Qadimdan karnay-surnaylarning yurakni to‘lqinlantiradigan
sadolari bilan boshlanadigan bu bayramda dorbozlar, mas-
xarabozlar, polvonlar, qo‘shiqchilar, chanqovuzchilar, sozanda-
yu raqqosalar, baxshilar o‘z san’atlarini namoyish etishgan.
Tantana ishtirokchilari turli xalq o‘yinlarini, ko‘pkari, kurash,
ot poygasi musobaqalarini tomosha qilganlar. Tantanalar o‘tka-
ziladigan joylarda kosiblik, zargarlik, duradgorlik, ganchkorlik,
sangtaroshlik, kulolchilik singari xalq amaliy san’ati namunalari
ko‘rgazma-savdoga qo‘yilgan. Bularning hammasi bayram maz-
mun-mohiyatini yanada boyitgan, uni kundalik hayot mazmuni
bilan bog‘lagan.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling