Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali


Download 166.12 Kb.
bet8/12
Sana23.04.2023
Hajmi166.12 Kb.
#1388571
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
geografiya

EMPIRIK TAHLIL
Qirg`oq buyi chuqindilari. Irg`itma to`lqin natijasida qirg`oqdan uvolanib tushgan barcha siniq materiallar soxilning suv ostida davom etgan sayoz joylarida tuplanadi. Bu materiallar to`lqinning doimiy ta`sirida bo`lib, dumaloqlanadi, silliklanadi va katta-kichik xillarga ajraladi. Qirg`oq yaqinida yirik g`ula toshlar, sungra narida shag`al, nariroqda yirikroq qum tuplanadi. Sohildan uzoqlasha borgan sari mayda qumlar uchraydi. To`lqin keltirgan qum va shag`al uyumlari qirg`oq bo`ylab to`lqinga parallel holda joylashgan bo`lib, ular qirg`oq buyi vali deb ataladi. Qirg`oq vallarining balandligi, masalan, shimoliy dengizda 1m dan 5m ga, atlanteka okeani sohilida 10-12m ga yetadi. Bu yerlarda sohildagi qumlarda suvning to`lkinlanib turishidan hosil bo`lgan parallel shakllar bor. Bu shakllar dengiz ryabi deb ataladi.


II.BOB. DENGIZ, KO`L VA BOTQOQLIKLARNING GEOLOGIK ISHI YER OSTI SUVLARI VA MUZLIKLARNING GEOLOGIK ISHI
2.1. DENGIZ GEOLOGIK ISHINING MOHIYATI
Tektonik kelib chikishli ko’llar kosasi tektonik kuchlar ta‘sirida hosil bo’lgan botiqlarda joylashadi va 9 turga bulinadi;
Vulqon kelib chikishli ko’llar vulqonlar krateri kalderasi va lava oqimi tusigdan hosil bo’lgan ko’llar ko’rinishidagi 9 tur va 6 kichik turlarga bulinadi;
Qulama ko’llar tog’ jinslarining turli jarayonlar (zil-zila, surilish, ko’chki) ta‘sirida qulab tushib, daryo vodiysini tusib quyishi natijasida hosil buladi. Ba‘zan esa ularning hosil bulishiga kuchli sel oqimi yotqiziqlari, tog’ yonbag’irlaridan nurab tushgan tosh uyumlari ham sabab bulishi mumkin. Shu xolatlarni hisiobga olib, ushbu guruh ko’llari kosalari 3 tur va 3 kichik tur ko’rinishida uchraydi.
Muzliklar faoliyati natijasida hosil bulgan ko’llar quyidagi 4 kichik guruhga bulinadi:
a) muzlikka bevosita tutash ko’llar;
b) muzlik tanasidagi ko’llar;
v) morena tusiqlaridan hosil bo’lgan ko’llar;
g) muzliklar faoliyati bilan bog’lik holda paydo bo’lgan botiqlik ko’llari. Bu kichik guruhlar esa o’z navbatida 19 tur va 20 kichik turga ajratiladi.
Karst ko’llari tog’ jinslari tarkibidagi moddalarning erib, chuqishidan hosil bo’lgan botiqlarda paydo buladi. Shu jarayondar bilan bog’lik holda ular 5 tur va 2 kichik turga bulinadi.
Qayir ko’llari tug’onli ko’llar, qayirdagi qutarma (damba) tufayli hosil bo’lgan ko’llar va qoldik ko’llar deb ataluvchi 3 kichik guruhga, ular esa o’z navbatida 11 turga bulinadi.
Zol- kullar qum uyumlari bilan tusilgan ko’llar, shamol eroziyasi natijasida hosil bo’lgan ko’llar kabi 4 turga bo’linadi.
Qirg’ok buyi ko’llari – dengizlar va yirik ko’llar qirgoklari buyida tulqinlar yuvib tushirgan tog’ jinslari uyumi tusigidan hosil buladi va 5 turga bulinadi.
Organik kelib chikishli ko’llar o’simliklar tusig’i tufayli hosil bo’lgan ko’llar, marjon ko’llar, ikkilamchi ko’llar kurinishidagi 3 turga ajratiladi.
Atropogen ko’llar – insonning xujalik faoliyati natijasida paydo buladi va 3 turga bulinadi.
Meteorit ko’llar – yer sirtiga meteoritlarning tushishi natijasida hosil bo’lgan botiqlarda paydo buladi va ular 2 turga ajratiladi.
Yuqorida qayd etilganlardan ma‘lum buladiki, ko’pchilik ko’llarning hosil bulishi tektonik xarakatlar yoki muzliklar faoliyati bilan bog’lik ekan. Jumladan, Yer sirti quruqlik qismining 30% idagi landshaft zonalarining hosil bulishi muzliklarning faoliyati bilan bog’lik va bu yerlar ko’llar sonining beqiyos darajada ko’pligi bilan ajralib turadi. Masalan, D.Mark va M. Gudchayld ma‘lumotlari buyicha Kanada qalqonida 1:50000 masshtabli kartadan aniqlangan ko’llar zichligi 0,4-0,6 km2/km2 bulib, soni 2000000 dan ortiq.
2 O’rta Osiyo ko’llari genezisi xaqida. O’rta Osiyo ko’llari genezisi masalalari ko’plab tadqiqotchilar e‘tiborini tortgan. Mazkur muammoni o’rganish dastlab N.L.Korjenevskiy, N.G.Malitskiy, L.A.Molchanov va boshkalarning tadqiqotlarida yoritila boshlagan bo’lsa, keyinchalik V.N.Reyzvix, A.M.Nikitin, A.V.Shvitnikov tomonidan davom ettirilgan. Natijada 20 asrning 80- yillarida yaratilgan ushbu tasnif M.A.Pervuxin (1937 yil), D.Xatchinson (1957 yil) tasniflaridan O’rta Osiyo ko’llari genezisining o’ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga olganligi bilan farq qiladi.
Ma‘lumki, 20 asrning 2 yarmida o’lkadagi suv zaxiralarini xududlar boyicha qayta taqsimlash, yangi yerlarni o’zlashtirish, tog’-kon sanoati va boshqa qator omillar ta‘siri natijasida ko’plab sun‘iy-antropogen ko’llar hosil bo’la boshladi. Ko’llar genezisini xozirgi kun nuktai- nazaridan yoritishda bu holatni e‘tiborga olish muhimdir. Mualliflar tomonidan taklif etilayotgan tasnifning yuqoridagilardan farqi ham shundadir, aniqrog’i ushbu tasnif boyicha O’rta Osiyo ko’llari dastlab ikki katta guruhga – tabiiy va antropogen ko’llarga bulinadi.
Tabiiy ko’llar kosalarining kelib chikishi boyicha yerning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlar bilan bog’liq bo’lsa, antropogen ko’llarning hosil bo’lishi insonning xujalik faoliyati ta‘siri natijasidir.
Tabiiy ko’llar kosalari, yuqorida qayd etilganidek, tabiiy, ya‘ni endogen va ekzogen kuchlar ta‘sirida hosil buladi. Ularning suvga tulish jarayoni ham tabiiy yusinda kechadi. A.M.Nikitin o’lkamiz tabiiy ko’llarini joylashish o’rniga bog’lik holda ikki kichik guruhga – tekislik va tog’ ko’llariga ajaratadi. O’z navbatida bu kichik guruhlarning har biri bir nechta turlarga ajratiladi. Mazkur turlarni ajratishda muallif O’rta Osiyoning tekislik va tog’lik o’lkalari uchun xos bo’lgan tabiiy jarayonlarni hisobga oladi. Jumladan, har ikki kichik guruh uchun ham tektonik, ham gidrogen jarayonlar tufayli vujudga kelgan ko’llarga xos bo’lsa, deflyatsion ko’llar faqat tekislik o’lkalariga, glyatsiogen va gravitatsion jarayonlar tufayli vujudga kelgan ko’llar esa tog’li o’lkalar uchun xosdir.
Tekisliklardagi tektonik ko’llar kosalari, asosan, Yer sirtining platformali bukilishi natijasida hosil buladi. Ularga Orol, Sariqamish va Arnasoy ko’llari kosalari misol buladi. Maxsus adabiyotlarda qayd etilishicha ularning kosalari Turon epipaleozoy platformasining tektonik bukilishi natijasida hosil bo’lgan.
Tog’li o’lkalardagi tektonik ko’llarni kelib chikishi boyicha A.M.Nikitin quyidagi uch kichik turga ajratadi:
- tog’lar oralig’i botiqlaridagi ko’llar;
- tog’ botig’idagi ko’llar;
- qulama ko’llar
Tog’lar oraligi botiqlaridagi va tog’ botig’idagi ko’llar kosalarining hosil bulishining asosiy sabablari tektonik jarayonlar bilan bog’liqdir.
O’lkamizdagi tog’lar oralig’i botig’iga mansub ko’llar suv xajmi va chuqurligining kattaligi bilan ajralib turadi va uning yorqin misoli Issiqko’ldir. Unga nisbatan bir necha marta kichik bulgan Qorakul, Sonkul, Chatirkul, tektonik ko’llar. Ushbu guruhga kiruvchi ko’llar kosalari Yer qobigidagi tektonik xarakatlar natijasida vujudga keladi. Ular chuqurligining kattaligi, qirg’oqlarining tikligi bilan ajralib turadi. Bu guruhga Baykal, Tanganika, Shimoliy Amerikadagi buyuk ko’llar (Eri, Ontario, Guron, Michigan), Kaspiy, Onega, Issiqkul, Sevan va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Rangko’l, Sho’rkul va boshqalar ikkinchi kichik guruhga, ya‘ni tog’ botig’i ko’llariga mansubdir. Har ikki kichik guruhdagi ko’llarning ko’pchiligi berk havzani tashkil etib, ularda sarflanish asosan bug’lanish ko’rinishida kechadi.
Tyanshan, Pomir-Oloy tog’larining ko’pgina tizmalarida tektonik ko’llarning qulama turi ko’prok tarqalgan. Bunday turga mansub ko’llarga Yashilko’l, Sarichelak, Iskandarko’l, Qurbonko’l va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Pomirdagi Sarez ko’li bunday ko’llarning eng yoshi va shu bilan birga eng yirigi hisoblanadi.
Ma‘lumki, Sarez ko’li 1911 yildagi kuchli zilzila tufayli qulab tushgan tog’ qismining Murg’ob daryosi o’zanini tusib quyishi natijasida hosil bo’lgan. Bunday ko’llarda suv almashinuvi qulash natijasida hosil bo’lgan tug’ondan suvning sizib utishi ko’rinishida ruy beradi. Sizib o’tish shu darajada kattaki, ko’llarga kelib quyiladigan toshqin suvlari ham bir necha kunda tug’ondan quyi qismga sizib utadi. Lekin, ayrim hollarda suvning tug’on ustidan oqib utishi natijasida salbiy xodisalar ham kuzatiladi.
Tekisliklardagi ko’llarning katta qismi gidrogen ko’llarga mansub bulib, ularning kelib chiqishi asosan suv eroziyasi va akkumulyatsiyasi jarayonlari bilan bog’liqdir. Bu turdagi ko’llar o’z navbatida daryolar deltalaridagi ko’llar, qoldiq ko’llar, plyos ko’llar (mavsumiy daryolar o’zanidagi ko’llar) va lagun ko’llar kabi kichik turlarga bulinadi.
Daryolar deltalaridagi ko’llar Amudaryo, Sirdaryo va boshqa nisbatan yirik daryolar deltalarida ko’plab uchraydi. Ularning kelib chiqishi daryolar deltalarida kechgan qadimiy va hozirgi o’zan jarayonlari bilan bog’likdir. Bu kichik turga Sudoche, Qorrateren ko’llari misol buladi.
Qoldik ko’llar turi esa Amudaryo, Sirdaryo, Chuy, Talas daryolari qayirlarida uchraydi.
Plyos ko’llar qadimiy daryo vodiylarida - Zarafshon, Qashkadaryo, Chuy, Talas, Atrek daryolarining quyi oqimlarida uchraydi.
Lagun ko’llarining kelib chiqishi tekisliklardagi yirik ko’llar sathining o’zgarishi bilan bog’liqdir.
Tog’li xududlardvagi gidrogen ko’llar kosalari termokarst, karst va suffoziya jarayonlari natijalari tufayli vujudga kelgan chukmalar o’rnida hosil buladi. Shuning uchun ham ko’pgina olimlar tog’lardagi gidrosen ko’llar turini umumiy nom bilan cho’kma ko’llar deb ataydilar. Bu tur ko’llar kosalari qanday jarayonlar natijasida hosil bulishiga bog’lik holda termokarst ko’llari, karst ko’llari va suffoziya ko’llari deb ataluvchi kichik turlarga bulinadi.
Termokarst ko’llar baland tog’lardagi (Ichki va Markaziy Tyanshan, Sharqiy Pomir) doimiy muzloq xududlarda uchraydi va ko’l kosasi erish natijasida hosil buladi. Ularning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, ko’pincha yilning issiq davrlarida paydo buladi, ya‘ni mavsumiy xarakterga ega.
Karst ko’llari kosalari yura va bo’r davri tuzli yotqiziqlarining suv ta‘sirida chuqishi natijasida hosil buladi. Bunday ko’llar Kuhitang, Sheroboddaryo, Yovonsuv daryolari xavzalarida va Kopettog’ tog’oldi xududida ko’plab uchraydi.
Suffoziya ko’llari kosalari yer osti suvlari ta‘siri natijasida hosil buladi. Ular ko’prok tog’oldi xududlarida tarkalgan va mavsumiy xarakterga ega.
Deflyatsiya ko’llari tekisliklardagi cho’l va yarim cho’l xududlarda shamol ta‘sirida vujudga kelgan botiqlar o’rnida hosil buladi. Ular mahalliy oqim xisobiga tuyinadi va shu tufayli yil davomida qisqa muddat ichida kuzatiladi. Natijada ularning suv xajmi va suv yuzasi maydongi juda kichik buladi.
Glyatsiogen ko’llar kosalari kelib chiqishi buyicha xozirgi va qadimgi muzliklar faoliyati bilan bog’lik. Glyatsiogen ko’llar ulkamizdagi tog’li xududlarning eng baland mintaqalarini egallagan. Glyatsiogen ko’llarning eng ko’p soni va eng katta yig’indi suv yuzasi maydoni 4000-4500 m oraliq balandlik zonalariga tug’ri kelaldi. Glyatsiogen ko’llar turi o’z navbatida muzlik ko’llari, kara ko’llari, zand ko’llari va morena ko’llari deb nomlanuvchi kichik turlarga bulinadi.
Muzlik ko’llari yirik muzlik sirtidagi botiqlarda hosil buladi va yilning sovuq davrlarida yo’q bulib ketadi. Masalan, Shimoliy Engilchak muzligidagi Mertsbaxer ko’li shu kichik turga misol buladi.
Kara ko’llari muzliklarning chekinishi natijasida ularning o’rnida hosil bo’lgan botiqlarda paydo buladi.
Zand ko’llari muzliklar ostidan sizib chiqayotgan suv oqimining turli yotqiziqlar tusib qolishi natijasida hosil buladi va asosan yilning issiq mavsumlarida paydo buladi. Oygaing (Piskom daryosining irmogi) Zarafshon daryolari havzalaridagi muzliklarda kuzatilgan.
Morena ko’llari o’lkamizning tog’li xududida ko’plab uchraydi.
Ularning tug’onlari morenalar yotqiziqlaridan hosil buladi. Shu kichik turga Oxangaron havzasidagi Aroshan ko’li, Zarafshon havzasidagi Ko’likalon, Chimtarga va Chapdara kabi ko’llar misol buladi.
Gravitatsion ko’llar tog’oldi va yassi tog’li xududlarda daryo vodiysining surilish, kuchki-qulash maxsulotlari, oqiziqlar konusi yoki qor kuchkilari tushib qolishi natijasida hosil buladi. Bu turdagi ko’llar ularni yuzaga keltiruvchi jarayonlarga bog’lik holda kuchki-qulash ko’llari va qor kuchkilari ko’llari deb ataluvchi kichik turlarga bulinadi. Birinchi kichik turdagi ko’llar yonbag’irlarining ko’chishi, surilishi yoki irmoqlarning loyqa oqiziqlari konusi bilan bosh daryo o’zanining tusilib qolishi natijasida paydo buladi. Rel’ef va iqlim sharoitiga bog’lik holda ular qisqa va uzoq umr kurishi mumkin. Masalan, Shohimardon daryosi havzasidagi Ko’kkul shu kichik turga mansubdir. Ikkinchi kichik turdagi ko’llarning paydo bulishi ko’pchilik hollarda yomon salbiy oqibatlarga olib keladi.
Antropogen ko’llarning hosil bulishi insonning xujalik faoliyati bilan bog’liqdir. Irrigatsiya, gidroenergetika, baliqchilikni rivojlantirish maqsadlarida qurilgan suv omborlari, ekin maydonlarini sug’orishda ortiqcha suvlarning yer sirtidagi tabiiy hamda ochiq karerlar va shaxtalar o’rnidagi botiqlarda to’planishi natijasida hosil bo’lgan ko’llar shu guruhga mansubdir.
Antropogen ko’llar guruhini quyidagi kichik guruhlarga ajratish o’rinlidir:

  • suv omborlari;

  • irrigatsiya-tashlama ko’llari;

  • tog’-kon karerlari ko’llari.

Suv omborlari daryo va soylar suvidan tula va samarali foydalanish maqsadida kuriladi. Bu xaqdagi ma‘lumotlar ushbu ma’ruzalar matnining «Suv omborlari» bulimida batafsil yoritilgan.
Irrigatsiya-tashlama ko’llari. 20 asrning 60 yillarida Quyi Amudaryo zonasida yangi yerlarni o’zlashtirish natijasida Sariqamish ko’li, Dengizko’l, Porsonko’l, Qoraqir ko’llari 70 yillarning o’rtalariga kelib Qarshi cho’llarini o’zlashtirish natijasida esa Sultontog’ ko’li paydo buldi.
Shu turga mansub bo’lgan Arnasoy ko’llar tizimi 1969 yilda Sirdaryoning tulinsuv davridagi oqimining katta qismini (20 km3 ga yaqin) shu joydagi tabiiy botiqqa oqizilishi natijasida vujudga keldi. Oxirgi yillarda Arnasoydagi suv xajmi 20 km3 atrofida bulib, har yili unga Sirdaryo suvining bir qismi va 2 km3 xajmdagi kollektor – zovurlar suvlari kelib qushilmoqda. Natijada suv yuzasi maydoni yildan- yilga orta borib, xozirgi kunda 3000 km3 ga yetdi, undagi suv xajmi ham shunga mos ravishda ortdi.
Tog’-kon kareri ko’llarining hosil bulishi ikki xil kurinishida kechadi. Ularning birinchisi, ochiq karerlar va shaxtalar o’rnida hosil bulgan botiqlarning suvga tulishi tufayli paydo buladi. Bunday ko’llar Olmaliq-Oxangaron, Muruntov, Uchquduq tog’- kon sanoati rayonlarida uchraydi va ko’pchilik hollarda mavsumiy xarakterga ega. Ikkinchi ko’rinishdagi ko’llar esa tog’-kon sanoatida ishlatilgan suvlarning (aksariyat hollarda ular uta zaharli buladi) maxsus qurilgan havzalarda tuplash natijasida hosil buladi. Bunday ko’llarni yirik tog’-kon sanoati joylashgan xududlar (Angren, Oxangaron, Olmaliq, Navoiy, Zarafshon, Uchquduq) da uchratamiz. Ular kat‘iy nazorat va kuzatuv ostida bulishi lozim. Aks holda bunday ko’llar o’zlari joylashgan xududning xayvonot olamiga, o’simliklar dunyosiga, yer osti va yer usti suvlari sifatiga, tuproq qoplami holatiga salbiy ta‘sir etadi.
3 Ko’llar suv muvozanatiga ta‘sir etuvchi omillar va suv muvozanati tenglamalari. Ko’llardagi suv xajmi doim bir xil mikqorga ega bulmaydi. U turli yullar-ko’ldagi suv yuzasidan bug’lanish, ko’l kosasi tubiga shimilish kabi kurinishlarda kamayib tursa, bu kamayishni ko’lga qushiladigan suvlar - daryolar, atmosfera yog’inlari tuldirib turadi. Ana shu sarflanuvchi va tuldiruvchi elementlarni hisobga olish bilan ko’llarning suv muvozanati tenglamalari tuziladi. Demak, mazkur tenglamalarda katnashuvchi elementlarni ikki guruhga – tuyintiruvchi va sarflanuvchi elementlar guruhlariga ajratish mumkin.
Tuyintiruvchi elementlar guruhiga quyidagilar kiradi:

  • ko’l yuzasiga tushadigan atmosfera yog’inlari (qor, yomg’ir, dul)-X;

  • ko’lga daryolar keltirib quyadigan suvlar- Uq;

  • ko’lga qushiladigan yer osti suvlari (sizot suvlar)-Uer;

  • ko’l yuzasida suv bug’larining kondensatsiyalanishi-K

sarflanuvchi elementlar guruhi esa quyidagi tashkil etuvchilardan iborat:

  • ko’ldagi suv yuzasidan buladigan bug’lanish-Z;

  • ko’ldan oqib chiqib ketadigan suvlar (daryolar)-Uch;

  • ko’l kosasi tubiga shimiladigan suvlar –Ush;

  • ko’ldan xujalik maqsadlarida foydalanish uchun olinadigan suvlar-g.




Download 166.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling