Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


-modda. Idoraviy yong‘in nazorati


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

35-modda. Idoraviy yong‘in nazorati 
Idoraviy yong‘in nazorati idoraviy yong‘indan 
saqlash xizmati, shuningdek qonun hujjatlarida 
vakolat berilgan mansabdor shaxslar tomonidan 
idoralarga qarashli tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi 
talablariga rioya qilishini tekshirish va tekshiruv 
natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida 
amalga oshiriladigan nazoratdir. 
Idoraviy yong‘in nazorati vakolatli organlar 
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
Idoralarga qarashli tashkilotlarda yong‘in 
xavfsizligi talablari yong‘in kelib chiqishiga va 
odamlarning xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda 
buzilganligi aniqlangan taqdirda, idoraviy yong‘indan 
saqlash xizmati alohida ishlab chiqarishning, ishlab 
chiqarish uchastkasining, agregatning ishini, binodan, 
inshootdan, xonadan foydalanishni, ayrim turdagi 
ishlarni bajarishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish 
huquqiga ega. 


6-bob. Yakunlovchi qoidalar 
36-modda. Yong‘indan saqlash xizmatining 
moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti 
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati boshqaruv 
organlari hamda bo‘linmalarining, bundan tashkilotlar 
bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil 
etiladigan bo‘linmalar mustasno, moliyaviy va 
moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga 
oshiriladi. 
Davlat 
yong‘in 
xavfsizligi 
xizmatining 
tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil 
etilgan bo‘linmalarining ta’minoti mazkur tashkilotlar 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash 
xizmatining 
moliyaviy 
hamda 
moddiy-texnika 
ta’minoti, shuningdek shaxsiy tarkibning ijtimoiy 
kafolatlari 
va 
kompensatsiyalarini 
moliyaviy 


ta’minlash ularning muassislari tomonidan o‘z 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling