Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

7-MAVZU: AXBOROT 
KOMMUNIKATSIYA TIZIMDA 
XAVFSIZLIK TEXNIKASI ASOSLARI 
 
Reja: 
1. Xavfsizlik texnikasi haqida tushuncha. 


2. Axborot kommunikatsiya tizim texnik 
vositalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi. 
3. Xavfsizlik texnikasi xizmatini tashkil qilish. 
4. Optik tolali asboblarda ishlaganda texnika 
xavfsizligi. 
5. Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan muhofaza 
vositalari. 
6. Instruktajlar va ishchilarni xavfsiz ishlash 
usullariga o‘rgatish. 
 
Tayanch iboralar: xavfsizlik, xavfsizlik texnikasi, 
xavf, xavfli zona, tavakkalchilik, to‘siq, blokirovka, 
saqlagichlar, signal, xavfsizlik belgilari, axborot 
texnologiyalari, kommunikatsiya, xavfli omil, zararli 
omil, telekommunikatsiya, globallashuv, xalqaro 
axborot resursi, ergonomika, nurlanish, ionli nurlar, 
nurlanish dozasi, “Nur” kasalligi, dozimetr, 
travmatizm 
sabablari, 
mehnat 
sharoitlarini 
yaxshilash, xavfsizlik texnikasi, himoya vositalari 
takomillashtirish, 
ishlab 
chiqarish 
madaniyati, 


dastlabki (umumiy) instruktaj, ishlab chiqarish 
instruktaji 
 
1. Xavfsizlik texnikasi haqida tushuncha 
Xavfsizlik 
texnikasi 
deb 
xavfsiz 
mehnat 
sharoitini ta’minlashga qaratilgan texnik tadbirlar va 
ish usullari majmuiga aytiladi. Ma’lumki har qanday 
texnik qurilma xavfli zonalarga ega bo‘ladi. Xavfli 
zonalar deb mashina yoki mexanizmning ichki 
qismida yoki tashqi tomonida doimiy yoki davriy 
ravishda unda ishlayotgan ishchi uchun xavf sodir 
bo‘ladigan maydoni tushuniladi. Xavf real va yashirin 
turlarga bo‘linadi. Shu sababli har qanday mashina-
mexanizmning konstruksiyasi quyidagi umumiy va 
xususiy talablarga javob berishi zarur: 
Umumiy talablar
 
mashina 
va 
mexanizmlarning 
harakatlanuvchi 
va 
aylanuvchi 
mexanizmlari 
himoyalangan yoki himoya kojuxlari bilan to‘silgan, 


texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga qulay qilib 
joylashtirilgan bo‘lishi; 
 
konstruksiya elementlari o‘tkir qirrali 
yoki 
g‘adur-budir 
yuzali 
bo‘lmasligi 
(agar 
mashinaning funksional vazifasi talab etmasa), 
mashinada hosil bo‘ladigan issiq yoki sovuq 
detallarga ishchi tana a’zolarining qo‘qqisdan tegib 
ketish oldi olingan bo‘lishi; 
 
tarkibiy qismlar (elektr simlari, truba 
quvurlari va b.) qo‘qqisdan uzilishi yoki yorilib 
ketmasligi; 
 
mashinaning 
(mobil 
mashinalarda) 
transport holatidagi gabarit o‘lchami ixcham, xavfsiz 
va yo‘lda harakatlanish, elektr liniyalari ostidan 
o‘tishga qulay bo‘lishi; 
 
mashina 
yoki 
mexanizm 
ishlashi 
natijasida ajralib chiqadigan zararli moddalar ruxsat 
etilgan miqdor darajasida bo‘lishi va u ishchi 
joylashgan muhitga tarqalmasligi zarur. 



Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling