Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
Xususiy talablar esa mashinaning yoritilganlik,
shovqin, titrash va shu kabi ko‘rsatkichlarini sanitar- gigienik talablar doirasida bo‘lishi, tormoz qurilmalarining ishonchliligi, boshqarishni qulay bo‘lishi va texnik –estetik talablarni o‘z ichiga oladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi tadbirlar va muxandislik-texnik vositalar. Xavf darajasini kamaytirish asosan quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiriladi: xavfsiz texnikalarni loyihalash va ishlab chiqish; xavfdan himoyalashning muhandis-texnik vositalaridan foydalanish; xavfsiz, zamonaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va tadbiq etish; ishchi –xodimlarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish. Xavfsizlikni ta’minlovchi muhandislik-texnik vositalariga quyidagilar kiradi: 1.To‘siq qurilmalari (qo‘zg‘aluvchi, qo‘zg‘almas, doimiy, vaqtinchalik)). 2. Blokirovkalash moslamalari. 3.Saqlash qurilmalari (mexanik zo‘riqishlardan saqlovchi; mashinalardagi harakatlanuvchi mexanizmlarni belgilangan chegarada harakatlanishini taminlovchi; bosim va haroratni ruxsat etilgan meyordan oshishini taqiqlovchi; elektr toki kuchini ruxsat etilgan miqdordan oshmasligini taminlovchi; 4. Tormozlar. 5. Masofadan (distansion) boshqarish qurilmalari. 7.1-rasm. Turli shakldagi ish jоylariga qo’yiladigan xavfsizlik talablari Ish jоyi Individual Kоllektiv Universal Maxsus Ixtisоslashtirilgan Ish jоylari quyidagi talablarga javоb berishi lоzim - insоnlarni harkat qilishlari uchun yetarli darajada kenglikni muhayyo bo’lishi; - ishchi jismining оptimal jоylashuvi; - ish jihоzlari va insоn o’rtasidagi alоqa fizik, ko’rish va eshitish uchun yetarli bo’lishi; - xоnada ish o’rnining оptimal jоylashuvi; - jihоz va mashinalarni xavfsiz jоylashuvi; - ishlab chiqarish xavfsizligini ta`minlash vоsitalarining bоrligi va ҳ.k. 7.1-jadval Kоrxоna, tashkilоt va muassasalarda HFXni lоyihalash tizimi Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling