Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
va
uning vazifalari. Korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xavfsizlik texnikasi xizmati ko‘zda tutilgan. Xavfsizlik texnikasi xizmatining asosiy vazifalari korxonalarda ishlab chiqarish travmatizmi sabablarini bartaraf etish ishlarini bajarish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xavfsizlik texnikasi va himoya vositalarini takomillashtirish, ishlab chiqarish madaniyatini ko‘tarish, tashkiliy-texnik va sanitariya- gigiena tadbirlarini ishlab chiqarish va amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqarish va texnik xizmatlarning ishini nazorat qilishdan iborat. Xavfsizlik texnikasi xizmati o‘z ish faoliyatida kasaba uyushma organlari va ularning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha komissiyalari bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonida xavfsizlik texnikasining holatiga javobgarlik o‘zlariga topshirilgan ish uchastkasi chegarasida ish yurituvchilarga yuklanadi. Tashkilot va korxonalarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlar hukumat qarorlari va ko‘rsatmalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi. Korxonada mehnatni muhofaza qilish holatini, mehnatni muhofaza qilish va sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chorak va yillik rejalar tuzishni kuzatib borish muhandis-texnik xodimlarning amaldagi qonunchilik, buyruqlar va boshqa normativ aktlarga rioya qilinishini nazorat qilish kabi kundalik ishlarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bo‘lim (muhandis) bajaradi. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muxandis kirish instruktaji o‘tkazadi, ishlarni bajarish loyihalarini ko‘rishda qatnashadi, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha buyruqlar loyihasini tayyorlaydi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha xona, burchaklar, devoriy ko‘rgazmalar jihozlaydi. Xavfsizlik texnikasi xizmati qurilishdagi muhandislik ish staji uch yildan kam bo‘lmagan bakalavr yoki magistrlik ma’lumotiga ega bo‘lgan xodimlardan tuziladi. Xavfsizlik texnikasi xizmati ishiga tashkilotning bosh muxandisi rahbarlik qiladi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling