Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
Konturli yerga ulash qurilmalarini maydon
chegarasidan chiqishida qadamli kuchlanish baland bo’lib qoladi. Uni kamaytirish maqsadida insonlar o’tadigan yo’llarida alohida metalli shinalar o’rnatiladi. Natijada yer sathidagi potensiallarni taqsimlash qiyaligi hamda qadamli kuchlanishi kamayadi. Shunday qilib, konturli yerga ulash qurilmada yerga ulangan uskuna atrofidagi potensiali balandroq, potensiallarni ayirmasi esa pastroq bo’lishi hisobiga tegib ketish kuchlanishni va qadamli kuchlanishni havfsizligini ta’minlanadi. Yerga ulash qurilmalari- tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin. Qurilishida va ishlab chiqarishda qo’llaniladigan elektr o’tkazuvchi qismlar: metalli konstruksiyalar, armatura, truba qovurlari (yonuvchi va portlovchi gaz va suyuqliklardan tashqari), kabellarni metallik izolyatsiya (alyumindan tashqari) va hakazo, tabiiy yerga ulash qurilmalari deb ataladi. Yerga ulash qurilmalar qo’llanilishida birinchi navbatda, tabiiy qurilmalardan foydalanishni tavsiya etiladi. Sun’iy yerga ulash qurilmalari-mahsus tayyorlangan bo’lib, boshqa maqsadlarida qo’llanilmaydi. Ko’pincha ularga vertikal joylashgan elektrodlar va ularni biriktiradigan gorizontal joylashgan elektrodlardan iborat bo’ladi. Vertikal elektrod sifatida diametr 10 - 14 mm. va uzunligi kamida 5 metrli po’latli o’zak qo’llaniladi va o`lchamlari 40x40 mm dan 60x60 gacha uzunligi esa 2,3 - 3 m. bo’lgan ugolniklar kamroq qo’llaniladi. Vertikal elektrodlarni odatda yer muzlaydigan qalinligidan 70-80 sm chuqurroq o’rnatiladi. Gorizontal elektrodlar va yerga o’tgazgich sifatida ko`ndalang kesim kamida 4x12 mm bo`lgan tasmali po’lat yoki diametr 6 mm bo’lgan prutok qo’llaniladi. Vaqtincha yerga ulash qurilmalari sifatida mahsus olib yuruvchi yerga ulash qurilmalari qo’llaniladi. Ularni o’rnatish va yeg’ishtirishni onsonlashtirish maqsadida yerga burab o’rnatiladigan elektrodlar va biriktirish uchun qo’llaniladigan mahsus qisqichlar mavjud. 3.9 – rasm. Vertikal elektrodlarni transheyaga o’rnatish qurilmasi Yerga o’tgazgichlar o’zaro va yer ulagichlar bilan biriktirilishi maqsadida payvandlanadi, yerga ulanadigan uskunani qobig’i bilan esa, payvandlanadi yoki bolt yordamida biriktiriladi. Magistralli yer o’tgazgichlar yer ulagichlar bilan ikki joyda biriktiriladi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling