Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga 
birinchi yordam 
1. Jabrlanuvchini elektr tokidan xolos etish. 
2. Jabrlanuvchining ahvolini aniqlab bilish. 
3. Sun’iy nafas berish va yurakni uqalash. 
Elektr toki ta’siridan ozod etish uchun elektr 
qurilma (jihozni)ni oziqlanayotgan kuchlanishdan 
uzib olib qo‘yish (o‘chiruvchi moslama, tugmacha va 
rubilniklar yordamida), agar buning iloji bo‘lmasa, u 
holda probochnik predoxranitellarni burab chiqib 
olish yoki simlarni tokdan saqlaydigan qo‘lqopchalar 
bilan o‘tkir jismlar yordamida qismlarga bo‘lib, 
chopib tashlash zarur.
Agar sim jabrlanuvchining ustiga tushgan bo‘lsa, 
istalgan tok o‘tkazmaydigan jism (yog‘och, xoda, 
doska) bilan ehtiyotkorona olib, bir tomonga surib 
tashlash kerak. 
Agar jabrlanuvchi biron-bir tayanchda bo‘lsa, tok 
yuruvchi simga oldindan erga tutashtirilgan sim 


tashlash mumkin. Bu sim himoyani ishga solib, 
kuchlanishni o‘chirishga xizmat qiladi. Bu holatda 
jabrlanuvchining yiqilishiga yo‘l qo‘ymaydigan 
tadbirni oldindan ko‘ra bilish zarur. 
3.11 – rasm. Elektr toki ta’siridan ozod etish 
usullari. 
Aksariyat 
hollarda 
jabrlanuvchining 
tana 
a’zolariga yalang qo‘llar bilan tegmaygina kiyimidan 
tortib, xavfsiz joyga sudrab o‘tish mumkin. 
Imkoniyat bo‘lsa, dielektrik qo‘lqoplar va 
kalishlar berishi kerak. 


Jabrlanuvchining elektr tokidan ozod etib, tezda 
ahvolini aniqlash kerak. 
Agar u hushida bo‘lsa-yu, biroq uzoq vaqt tok 
ta’sirida bo‘lib turgan bo‘lsa, u holda unga to‘la 
tinchlik, osoyishtalik zarur va 2-3 soat davomida 
kuzatuv ostida bo‘lishi lozim, zero, elektr toki 
chaqirgan buzilishlar sezilarsiz xossalarsiz o‘tishi, 
biroq ayrim muddat o‘tgach, patologik oqibatlar klinik 
o‘lim kelishigacha borib etishi mumkin. 
Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsayu, nafas va 
yurak faoliyati saqlanib qolsa (puls, tomir urish), u 
holda 
a) qulay va tekis qilib, chalqancha etqizish
b) kiyimni tugmasini echish; 
v) toza havo oqimini yaratish; 
g) so‘ng jabrlanuvchiga vaqti-vaqti bilan spirt, 
nashatir hidlatish; 
d) suv purkash va doimiy tarzda tanani artish va 
qizitish; 


e) ko‘ngil behuzur bo‘lganda, ko‘ngil ayniganda 
jabrlanuvchining boshini chapga yonboshga egish 
kerak. 
3.12 – rasm. Yurakni uqalash (massaj qilish) va 
sun’iy nafas berish 
Agar jabrlanuvchida hayot belgisi sezilmasa 
(pulsi yo‘q bo‘lsa, yurak urmayotgan bo‘lsa, talvasali 
noritmik nafas urishi), u holda jonlantirish (tiklash) 
ishlariga kirishish zarur. 
a) birinchi navbatda barcha organlarni kislorod 
bilan ta’minlashning bosh manbai sifatida nafasni 
me’yorlashtirish va b) inson organizmining hamma 


to‘qimalariga kislorod etkazib beradigan qon 
aylanishini normalashtirish zarur. 
Nafasni sun’iy nafas yordamida tiklaydilar. 
Sun’iy nafas uslublari: 
Qo‘lbola (Silvestr Shefer uslublari va hokazo) 
1. Og‘izdan og‘izga (keng tarqalgan) 
2. Og‘izdan buringa (keng tarqalgan) 
3. Apparat va qo‘l yordamida. 
Bizni o‘rab turgan havoda 21% ga yaqin kislorod 
bor, o‘pkadan chiqaradiganimiz 16 foizga teng. 
O‘pkaga puflaganda qo‘lbola uslublardagiga nisbatan 
ko‘p, 1-1.5l havo tushadi. O‘pkaga daqiqasiga 10-12 
martadan kam emas, o‘z nafasi chastotasi bilan birga 
puflash lozim. 
Agar jabrlanuvchi mustaqil tarzda nafas olsa, u 
holda puflash jabrlanuvchining o‘zini nafas olishiga 
moslash zarur. Ilk bor mustaqil nafas olishda sun’iy 
nafasni to‘xtatish mumkin emas, zero, noritmik sust 
mustaqil nafas olishlar o‘pkada etarli gaz 
ayriboshlashni ta’minlab berolmaydi. 


Yurak faoliyatini tiklash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri 
bo‘lmagan holda yurakni uqalash (massaj qilish) 
jarayonini o‘tkazadilar. 
Avvalo 
jabrlanuvchining 
chap 
tomoniga 
joylashadilar. 
Kaftning asosini ko‘krakning uyi -qismiga 
qo‘yib, boshqa qo‘l kaftini birinchisining yuqori 
qismiga ko‘yadilar. 
Ko‘krakni shunday kuch bilan bosilsinki, 
shunday u umurtqa tomon 3-6sm ga joylashib borsin. 
1 daqiqada 60-70 ta ezish, bosish zarur. 
Yurak 
faoliyati 
tiklanishi 
xususiyatlari 
jabrlanuvchining pulsi (tomir urishi) paydo bo‘lishi, 
terining 
pushti-qizil 
rangga 
kirishi, 
ko‘z 
qorachig‘larining kichkinalashuvidan iborat. 
Ko‘pincha yurakni to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan 
holda uqalash sun’iy nafas berish bilan muvofiq holda 
qilinadi. Agar 2 kishi yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u 
holda biri yurakni uqalasa, boshqasi sun’iy nafas 
beradi: 3-4 yurak ezish va 1 ta nafas puflash. Agar 


yordamni 1 kishigina ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u holda 
davriylik almashib turadi: 3-4 nafas puflash, so‘ngra 
15 marta yurak ezish; 2 puflash-15 bosish va hokazo. 
Jonlanish belgilari paydo bo‘lgandan so‘ng 
sun’iy nafas berish va tashqaridan yurakni uqalash 
havo puflashni jabrlanuvchining nafas olishni 
boshlashiga muvofiqlashtirgan holda 5-10 daqiqa 
davom ettirish zarur. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling