Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi


Download 104 Kb.
bet12/12
Sana28.12.2022
Hajmi104 Kb.
#1021917
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
alijan moliyaaa.

Sug‘urtaning ixtiyoriy shakli quyidagi tamoyillar asosida qurilgan.


1. Ixtiyoriy sug‘urta qonun asosida va ixtiyoriy ravishda amal qiladi. Qonun ixtiyoriy sug‘urtaga tegishli obyektlarni va sug‘urtaning umumiy shartlarini belgilab beradi. Konkret shartlar esa sug‘urtalovchilar tomonidan ishlab chiqiladigan sug‘urta qoidalari orqali tartibga solinadi.

2. Sug‘urtada ixtiyoriy qatnashish to‘la holda faqat sug‘urtalanuvchilar uchun xarakterlidir. Agar sug‘urtalanuvchining xohishi sug‘urta qoidalariga zid kelmasa, sug‘urtalovchi obyektni sug‘urta qilishdan bosh tortish huquqiga ega emas. Bu tamoyil sug‘urtalanuvchining birinchi talabi bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzilishini kafolatlaydi.

3. Ixtiyoriy sug‘urtani tanlab qamrab olishi. Barcha shaxslar ham unda ishtirok etish istagini bildiravermaydilar. Bundan tashqari, shartnomalar tuzishda sug‘urta shartlari bo‘yicha chegaralashlar ham amal qiladi.

4. Ixtiyoriy sug‘urta doimo sug‘urta muddati bilan chegaralanadi. Bunda muddatning boshlanishi va tugashi shartnomada qat’iy kelishib olinadi. Shundan kelib chiqib, sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi sug‘urta holati faqatgina sug‘urta davrida sodir bo‘lgandagina to‘lanadi. Ixtiyoriy sug‘urtaning uzluksizligini faqatgina yangi muddatga qayta shartnoma tuzish yo‘li bilangina ta’minlash mumkin.

5. Ixtiyoriy sug‘urta faqatgina bir martalik yoki davriy sug‘urta badallari to‘langandagina amal qiladi. Ixtiyoriy sug‘urta shartnomasining kuchga kirishi bir martalik yoki birinchi sug‘urta badalini to‘lanishi bilan asoslanadi. Uzoq muddatli sug‘urta bo‘yicha navbatdagi badalning to‘lanmasligi natijasida shartnomaning amal qilishi to‘xtaydi.

6. Ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta ta’minoti sug‘urtalanuvchi istagidan kelib chiqadi. Mulkiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtalanuvchi sug‘urta summasini sug‘urta bahosi chegarasida belgilashi mumkin. Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta summasi shartnomada tomonlar kelishuvi orqali belgilanadi. 3. Agar ikkita oilani ya’ni “A” va “B” oila bor, ularni ikkovi ham bir xil miqdorda yiliga 10 mln so’m daromad topadi. A oilada er-hotin ishlasa, B oilada esa erni o’zi ishlaydi. Shu oilalarni moliyaviy qarorlarni qabul qilishi turlicha bo’ladi. Ya’ni A oilada moliyaviy qarorlarni kelishgan holda uzoq muddatli xarajatni o’ylab qaror qabul qiladilar. B oilada esa faqat er uzi ishlab pul topgani uchun ham o’zi ko’proq qarorlarni qabul qiladi. Bunda esa uzoq muddatli xarajatni o’ylanmaydi va faqatgina qisqa xarajatlarga pul ko’proq sarflanishi mumkin bo’ladi. Bundan tashqari A oilada umumiy daromaddan tashqari er va hotin ishlashi davomida ko’zda tutilmagan daromad bo’lishi mumkin. B oilada esa erni o’zi ishlagani uchun unda ham ko’zda tutilmagan daromad bo’lishi mumkin. Biroq shunga yarasha ko’zda tutilmagan xarajat ham chiqib qoladi. A oilada ham ko’zda tutilmagan xarajat kelib qoladi, ammo ular ikkovi ham ishlagani uchun erini yoki hotinini topgan puli shu xarajatga ishlatiladi. Lekin erini topgan puli daromad sifatida uy xo’jaligi byudjetiga tushadi.
4. Satoshi Nakamato guruhi uzoq vaqtdan beri bitcoin aylanish tizimi uchun dasturiy ta'minot yaratish ustida ishlashdi va 2008 yilda dunyoda birinchi bitkoin paydo bo'ldi. Uning narxi 8 sent (0,08 dollar). 2009 yilda birinchi 10 000 bitkoin muomalaga chiqarildi. 6 yildan so„ng ularning soni 14 millionga yetdi. Bizga ma’lumot sifatida 2040-yilga kelib bitcoinni maksimal 21 million emissiyaga yetishi taxmin qilinyapkani berilgan shu taxmindan foydalanib 2009-yilda birinchi 10000 bitkoin muomilaga chiqarilgan bo’lsa 6 yildan so’ng 14 millionga yetadi yani 2015 yilga to’g’ri keladi.Endi biz 2022 yilga kelib bitkoinlarni qancha bo’lishini hisoblaydigan bo’lsak pragnoz bo’yicha 2040-yilga kelib bitkoinlarni soni 21 million bo’lishi kutilyapkan bo’lsa u holda bitkoinlarni 2015 yilda 14 millionga yetgan sonidan ayriymiz (21-14=7) natija 7 million bo’ladi. Bu holatda 2015 yildan boshlab 2040 yilgacha bo’lgan oraliqda bitkoinlar 7 millionga oshadi. Endi yillar kesimida bitkoin qanchaga oshishini topish uchun 2040 yildan 2015 yilni ayiramiz (2040-2015=25) 25 yil oralig’ida bo’ladi, so’ngra bitkoinlarni yiliga qanchaga oshganini bilish uchun 7 millionni 25 ga bo’lamiz (7000000/25=280000) shunda bitkoinlar yiliga 280000 ming chiqariladi. Biz 2022 yilda bitkoin qancha chiqishini bilish uchun 2022 yildan 2015 yilni ayriymiz (2022-2015=7) 7 yil oralig’ida bo’ladi so’ngra 280000 mingni 7 ga ko’paytiramiz (280000*7=1960000) 1960000 ming bo’ladi chiqqan natijani 14 millionga qo’shib qo’yamiz (14000000+1960000=15960000) shunda 2022 yilga kelib bitkoinlar 15960000 mingga yetadi. Shu oraliqda o’sadigan bo’lsa 2040 yilga kelib bitkoinlar soni 21 millionga yetishi mumkin
Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling