Moliya va buxgalteriya


Download 105.5 Kb.
bet4/6
Sana09.06.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1473696
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boshqaruv hisobi fanining predmeti, metodi va vazifalari

Strategik vazifalar uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lib, quyidagilardan iborat:

  • uzoq muddatli kapital qo’yilmalarni jalb qilish;

  • biznes tarkibini o’zgartirish;

  • mahsulotlarning yangi turlarini o’zlashtirish.

Boshqaruv hisobi o’z vazifalari orqali korxona ichki faoliyati, uning strategiyasi va taktikasi bilan boshqaruvning asosiy axborot poydevori sifatida namoyon bo’ladi.
Boshqaruv hisobining strategiyasi istiqbolda korxona taraqqiyotini belgilovchi loyihalar tahlili, istiqbolni belgilash, byudjetlashtirish, javobgarlik markazlari bo’yicha segmentar hisobotni tuzish, oqilona transfert baholarini o’rnatish va boshqaruv qarorlarini muvofiqlashtirish tizimini ifodalaydi.
Boshqaruv hisobi taktikasi esa joriy davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, xarajatlar va mahsulot tannarxi kalkulyasiyasi bo’yicha hisob yuritish, dalillash, qabul qilingan qarorlarni tahlil va nazorat qilish, shuningdek, ularning ijrosi uchun javobgarlik kabilardan iborat.
3. Boshqaruv hisobi va ishlab chiqarish hisobi o’rtasidagi bog’liqlik
Boshqaruv hisobining mohiyatini chuqurroq anglash u bilan ishlab chiqarish hisobi orasidagi bog’lanish va farqli jihatlarni ajratishga bevosita bog’liq.
Ishlab chiqarish hisobi – bu ishlab chiqarish xarajatlari va korxona daromadini boshqarish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashda namoyon bo’ladi. U korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq barcha masalalarni batafsil aks ettirishi lozim.
Boshqaruv hisobi va ishlab chiqarish hisobi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni jadvalda quyidagicha ifodalash mumkin (1-jadval).
1-jadval
Korxonada ichki xo’jalik hisobining turlari va ular o’rtasidagi aloqadorlik

T/r




Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling