Moliya va buxgalteriya
Download 105.5 Kb.
|
Boshqaruv hisobi fanining predmeti, metodi va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv hisobi fanining predmeti, metodi va vazifalari
- 2.Boshqaruv hisobi fanining predmeti va metodi 3.Boshqaruv hisobi va ishlab chiqarish hisobi oʼrtasidagi bogʼliqlik 4. Boshqaruv hisobi vazifalari
- Bartalomeo de Salazano
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOTI UNIVERSITETI “MOLIYA VA BUXGALTERIYA” fakulteti “BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” yo’nalishi Br-92 guruhi talabasi ERKINOV QUVONCHBEK tomonidan “Boshqaruv hisobiga kirish” fanidan “Boshqaruv hisobi fanining predmeti, metodi va vazifalari ” mavzusida TEZIS
Tomonidan tuzildi: Q. ERKINOV
Tomonidan qabul qilindi: SH. ANORBOYEV 1-mavzu. Boshqaruv hisobi jarayonlarining mazmuni va konsepsiyasi (4 soat) Reja: 1.Boshqaruv hisobini tarixiy shakllanishi 2.Boshqaruv hisobi fanining predmeti va metodi 3.Boshqaruv hisobi va ishlab chiqarish hisobi oʼrtasidagi bogʼliqlik 4. Boshqaruv hisobi vazifalari 1.Boshqaruv hisobini tarixiy shakllanishi “Buxgalteriya hisobi barcha fan va san’atlardan yuqori turadi, chunki xamma unga extiyoj sezadi, u esa hyech kimga nisbatan extiyoj sezmaydi. Buxgalteriya hisobisiz dunyo boshqaruvsiz qolgan, odamlar esa bir-birlarini tushuna olmagan bo’lar edilar” Bartalomeo de Salazano Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobining tarkibida mustaqil fan sifatida rasman 1972 yilda tan olindi. Bu paytda buxgalterlarning Amerika assosiasiyasi tomonidan boshqaruv hisobi bo’yicha bitiruvchilarga buxgalter-tahlilchi malakasini beradigan diplomli dasturi ishlab chiqilgan edi. Binobarin, mustaqil o’quv fani sifatida boshqaruv hisobi oliy o’quv yurtlarining o’quv rejasiga kiritilgan edi. Uning paydo bo’lishi hamda shakllanishi kalkulyasiya va ishlab chiqarish hisoblarining rivojlanishi bilan bog’liq. Kalkulyasiya hisobi xo’jalik hisobi paydo bo’lishi bilan bir vaqtning o’zida kelib chiqqan va tovar almashuv muomalalari natijasi bo’lib hisoblangan. “Kalkulyasiya” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, so’zma-so’z tarjimada «calcul» - toshcha ya’ni “toshchalar bilan sanash” ma’nosini anglatadi. Ikkiyoqlama yozuvning paydo bo’lishi kalkulyasiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog’onaga ko’tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kalkulyasiya hisobining ajratib ko’rsatilishi esa buxgalteriya hisobini yanada takomillashtirish imkonini berdi. Buxgalteriya hisobini xalqaro hisob tizimi asosida takomillashtirish, jumladan axborotlarni o’z vaqtida foydalanuvchilarga yetkazish, tijorat sirini saqlanishini ta’minlash, korxona buxgalteriyasini ikki mustaqil qism: moliyaviy va kalkulyasiya hisobiga bo’linishini shart qilib qo’ydi. Bu tarzda buxgalteriyaning mustaqil qismlarga bo’linishi moliyaviy hisobni markazlashtirish va kalkulyasiya hisobini esa nomarkazlashtirishga sabab bo’ldi. Natijada, kalkulyasiya hisobi o’z vazifalariga ega bo’la boshladi va boshqaruv jarayonini tezkor-tahliliy axborot bilan ta’minlash, korxona bo’linmalari xarajatlari va daromadlarini nazorat qilish imkoniyatini yaratdi. Ushbu omillar xarajatlar me’yorlari, mahsulotning normativ kalkulyasiyasini ishlab chiqish, haqiqiy xarajatlarning me’yoriy xarajatlarga muvofiqligini tezkor nazorat qilish, mavjud chetlanishlarni aniqlash va bartaraf qilishga imkon tug’dirdi hamda tannarxning shakllanish jarayonini boshqarishning chetlanishlar bo’yicha boshqaruv usuli yuzaga keldi. XX asrning 40-yillari oxirida AQSh va G’arbiy Yevropaning ayrim mamlakatlarida “ishlab chiqarish hisobi” atamasi asta-sekin “boshqaruv hisobi” atamasiga almashina boshladi. Bu davrda buxgalteriya hisobi boshqaruv siyosatini shakllanishi va amalga oshirilishida faol ishtirok eta boshladi, buxgalterlar esa taxminlash, rejalashtirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish va korxona boshqaruv xizmatlarini axborot bilan ta’minlash ustidan nazorat o’rnatish sohasida faoliyat yurita boshladilar. O’zbekiston korxonalarida ko’pgina buxgalterlar an’anaviy buxgalteriya hisobi bilan shug’ullanadilar. Ko’pgina korxonalarda boshqaruv hisobi olib borilmaydi yoki bu hisob juda sust rivojlangan. Uning ko’pgina unsurlari bizning an’anaviy buxgalteriya va operativ hisobimizga, iqtisodiy tahlilimiz tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, hisob amaliyotida hali marketing imkoniyatlaridan keng foydalangan emas, unda haqiqiy xarajatlarning rejalardan og’ishishlarini, mahsulotni sotishning zararsizlik nuqtasini aniqlash, byudjetlashtirish, transfert bahoni shakllantirish, ichki hisob va auditning metodikasi kabi katta imkoniyatlardan foydalanilmayapti. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya hisobi sohasida ish vaqtining asosiy qismini boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishga sarflaydilar, ayni vaqtda, an’anaviy moliyaviy hisobga faqat qolgan qismigina ketadi. Respublikamiz korxonalarining ko’pchiligida esa bu nisbatning, aksini ko’ramiz. Bunga sabab, boshqaruv hisobining mavjud qonuniy va me’yoriy hujjatlaridan unumli foydalanmaslikdadir. Boshqaruv hisobi paydo bo’lishi va rivojlanishi yo’lida mavjud buxgalteriya bazasida ikki mustaqil schetlar rejasi – moliyaviy va boshqaruv hisobini qo’llash amaliy qadam bo’lib qoldi. Bunday bo’linish sezilarli tarzda Yevropa mamlakatlarining yagona milliy rejalari shakllanishiga ta’sir qila boshladi. Gap shundaki, ikkinchi jahon urushiga qadar Yevropa mamlakatlarida (Fransiya, Germaniya va h.k.) buxgalteriya hisobi yagona hisob rejasi bo’yicha olib borildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa Yevropa iqtisodiy hayotida AQSh kapitali hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi, shu bilan birga buxgalteriya hisobining shakllanishiga ingliz-amerika yondoshuvi ta’siri bo’ldi. Chunki boshqaruv hisobida prognozlash va rejalashtirish funksiyalari tarkibiy funksiyalardan bo’lib qoldi, ularning yagona buxgalteriyada qo’llanishi esa korxonaning tijorat sirlari buzilishiga olib keldi. Shu sababdan Yevropa milliy hisob rejalarining bundan keyingi rivojlanishi ularning moliyaviy hisobot tuzish imkoniyatiga muvofiqlashuvi yo’lidan bordi va ko’pchilik hollarda moliyaviy hisob doiralari bilan chegaralana boshladi. XX asrning 40-yillari oxirida AQSh va G’arbiy Yevropaning ayrim mamlakatlarida “ishlab chiqarish hisobi” atamasi asta-sekin “boshqaruv hisobi” atamasiga almashina boshladi. Bu davrda buxgalteriya hisobi boshqaruv siyosatini shakllanishi va amalga oshirilishida faol ishtirok eta boshladi, buxgalterlar esa taxminlash, rejalashtirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish va korxona boshqaruv xizmatlarini axborot bilan ta’minlash ustidan nazorat o’rnatish sohasida faoliyat yurita boshladilar. Download 105.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling