1-mavzu. “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti, vazifalari va metodi
Download 118.36 Kb.
|
1-maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аsosiy tushunchalar va tayanch iboralar
- Jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda “Mikroiqtisodiyot” fanining roli
1-MAVZU. “MIKROIQTISODIYOT” FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA METODIDarsning o’quv maqsadi:Talabalarda jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda ―Mikroiqtisodiyot fanining roli, mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi, tanlash muammosi, alternativ harajatlar, iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha hosil qilish, bilim va ko’nik- malarni shakllantirishdan iborat. Аsosiy tushunchalar va tayanch iboralarIqtisodiy nazariya, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, pozitiv mikroiqtisodiyot, normativ miroiqtisodiyot, iqtisodiy model, resurslar, ehtiyojlar, kamyoblik, iqtisodiy talab, alternativ xarajatlar, iqtisodiy tahlil metodologiyasiREJAJamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda ―Mikroiqtisodiyot fanining roli ―Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi Tanlash muammosi. Alternativ harajatlar Iqtisodiy tahlil metodologiyasi Jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda “Mikroiqtisodiyot” fanining roliHar bir inson jamiyatda yashayotgan ekan, u doimiy ravishda iq- tisodiy jarayonlarga duch keladi, iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanadi. Jamiyat va undagi har bir shaxsning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq foydalanishni ta‘minlaydigan yo’na- lishlarni tanlash va yuqori natijalarga erishishdan iborat. Odatda kishi- lar o’z manfaati yo’lida, korxonalar – foyda miqdorini ko’paytirish yo’lida harakat qiladi, davlat bo’lsa ana shular faoliyatini yagona maqsad yo’lida – jamiyatning farovonligini, kishilar turmush sha- roitini yuksaltirishga qaratishi lozim. Turli davlatlarda bu maqsadga har xil darajada erishiladi. ―Mikroiqtisodiyot fani korxonalar, firmalar va shu kabi mam- lakat xalq xo’jaligining quyi bo’g’inidagi ob‘ektlar faoliyatiga taal- luqli fan bo’lganligi uchun u shu korxona (firma) larda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanilgan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy ne‘matlarni ko’paytirishni tashkil etishda muhim rol o’ynaydi. Iqtisodiy muammolarning tub mohiyati resurslarning cheklangan- ligi hamda inson ehtiyojlarining cheklanmaganligi bilan izohlanadi. Bu jarayon iqtisodiyot nazariyasining predmetini belgilab beradi. Iste’molchi o’zining daromadlarini cheklanganligi sababli, istal- gan tovar va xizmatlarni sotib ola olmaydi. Firma o’zi uchun muhim ustivor yo’nalishlarni belgilab olib, boshqa yahshi loyihalardan voz kechishga majbur. Davlat o’zining ijtimoiy siyosatini qat‘i belgilangan chegaralarda olib borishga majbur. U daromadlari cheklanganligi sababli, funda- mental ilmiy tadqiqotlarni bir vaqtning o’zida moliyalashtira olmaydi. Download 118.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling