1-mavzu. “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti, vazifalari va metodi


Download 118.36 Kb.
bet5/7
Sana24.12.2022
Hajmi118.36 Kb.
#1054635
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-maruza (2)

4. Iqtisodiy tahlil metodologiyasi


Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda 2 xil yondashuvdan foydalaniladi : prozitiv va normativ.
Pozitiv yondashuv – iqtisodiy subyekt qabul qilgan qarorni ob- yektiv tahlil qilish va oqibatlarini bashoratlashni ko’zda tutadi. Pro- zitiv yondashuv tadqiq qilinayotgan jarayonning sabab va oqibatlarini aniqlashga yordamlashadi.
Normativ yondashuv – qarama-qarshi tadqiq qilinayotgan jara- yonga nisbatan subyektiv baho berish bilan shug’ullanadi. Tadqiq qilish natijasida amaliy taklif va tavsiyalar beradi.
Iqtisodchilar foydalanadigan tadqiq qilishning eng asosiy usulla- ridan biri iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishdir.
Iqtisodiy model – iqtisodiyotni kichik bir ko’rinishda yaqqol na- moyon etuvchi bir ko’rinishi, shakli hisoblanadi. Iqtisodiy model – iqtisodiyot haqida hech qanday ma‘lumotlar yo’qligida yoki olish mumkin bo’lmagan xolatlarda, iqtisodiyotni bashorat qilish, unga real baho berish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda modellarning umum qabul qilingan tasnifi yo’q, lekin iqtisodiy model quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. Mazmunan boyligi

  2. Qabul qilingan qarorlarning haqiqiyligi

  3. Ular (qarorlar) asosida muhim bashoratlarni qabul qilish imkonining mavjudligi.

  4. Axborot ta‘minotining mavjudligi

  5. Tekshirish imkoniyatining mavjudligi

Iqtisodiy nazariyada modellarning 2 ko’rinishidan foydalaniladi: Optimallashtirilgan va muvozanatlashtirilgan.
Optimallashtirilgan modellar – alohida iqtisodiy agentlar (iste‘- molchilar, ishlab chiqaruvchilar va boshqalar) faoliyatini tahlil qilish- da, ya‘ni, ishlab chiqarish, taqsimlash, iste‘mol qilishning eng optimal variantini topishda foydalaniladi. Optimallashtirilgan modellarda chegaraviy ko’rsatkichlardan ya‘ni chegaraviy foydalanganlik, chega-
raviy mahsulot, chegaraviy daromad, chegaraviy xarajatlar. Mazkur tahlil marjinalizm deb ham ataladi (ingliz tilidan ―margin- chegara). Bozor muvozanati modeli – iqtisodiy agentlar o’rtasidagi muno-
sabatlarni tahlil qilishda foydalaniladi.
Talab va taklif o’rtasidagi muvozanat modeli bozorning mikro- iqtisodiy tahlilining asosini tashkil etadi.

Download 118.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling