Monopol raqobatlashgan bozorlarning xususiyatlari. Kirish. I. Asosiy qism


Monopolistik raqobatga ega bozorning xususiyatlari


Download 1.29 Mb.
bet4/9
Sana23.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1384083
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Monopol raqobatlashgan bozorlarning xususiyatlari (2)

3. Monopolistik raqobatga ega bozorning xususiyatlari.
Firmalar bir tovarning turli xil varianti hisoblanuvchi, substitutlik darajasi yuqori hisoblanuvchi, mahsulotlarini sotadi va bir-biri bilan raqobatlashadi (substitut tovarlarning narxga koʻra elastikligi yuqori boʻladi);
Bozorga yangi firmalarni kirishi va faoliyat koʻrsatishi, bozordan chiqishi deyarli cheklanmagan.
Bozorda koʻpgina firmalar faoliyat koʻrsatadi va ularning har biri tovarga ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulotining xususiyatlariga koʻra tovarga boʻlgan bozor talabining bir qismiga ega boʻlishadi;
Ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchilarning bozordagi holatdan xabardor emasligi yoki axborotning yetarli emasligi(axborotning asimmetrik taqsimlanishi)[6];
Firmalar oʻz mahsulotlariga narx belgilashda va sotish hajmini aniqlashda erkin qaror qabul qila olishadi. Masalan, istalgan firma tovarining elastiklik darajasiga koʻra oʻz mahsuloti narxini yoki oshirib yoki kamaytirib qoʻshimcha foyda olishi mumkin. Aytaylik, elastiklik 5 ga teng boʻlgan sharoitda agar firma oʻz mahsuloti narxini 10 foizga tushirsa uning mahsulot sotish hajmi 1,5 barobarga oshadi va oshish alohida bir firma hisobidan emas, balki koʻp firma hisobidan sotiladi, shu sababli bu narx siyosati koʻplab firmalarga sezilarli boʻlmagan tarzda zarar yetkazishi mumkin. Agar sof raqobatlashgan bozorda firma narxni oʻzgartira olmasa, monopolistik raqobat sharoitida firmaning narx siyosati kichik chegaralar ostida kechadi: agar firma narxni keragidan ortiq oshirsa, ashaddiy mijozlar ham raqobatchilarga ketishi, haddan ziyod tushirsa(yaʼni juda koʻp ishlab chiqarsa) oʻsuvchi xarajatlar funksiyasi zarar keltirishi, zarar keltirmagan taqdirda bir birllik mahsulot narxi uning tannarxi (ATC) dan ham pasayib ketishi mumkin.(Shuni yodda tutish kerakki, bunday holatda firmalar kelishib ish koʻrmasligi kerak) .

  • Firmalarning oʻzaro raqobatlashish xususiyatlari Monopolistik raqobatda bozordagi firmalar juda koʻpligi sababli narxlar jangi oʻtkazish holatlari deyarli kuzatilmaydi. Firmalar bu yerda maʼlum miqdorda narxga taʼsir oʻtkaza olishsa-da (price-taker firmalar), bu taʼsir kuchsiz hisoblanadi. Shu sababli, firmalar narxga bogʻliq boʻlmagan quyidagi omillar yordamida raqobat qilishadi:

  • Mahsulot xususiyatlarini oʻzgartirish;

  • Avvalgi ehtiyojlarni qondirish uchun differensiallashgan mahsulot ishlab chiqarish;

  • Reklama, aksiya va chegirmalar yordamidagi raqobat.

-jadval

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling