Referati reja: Mamlakatda iqtisodiy noosoyishtalik tushunchasi, unga ta’sir etuvchi omillar
Download 54.45 Kb.
|
1. kreditning mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Inflyatsiya turlari.
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 2-I -2021 guruh talabasi Hakimov Quvonchbekning IQTISODIYOT NAZARIYASI fanidan tayyorlagan REFERATI Reja: 1.Mamlakatda iqtisodiy noosoyishtalik tushunchasi, unga ta’sir etuvchi omillar. 2. Inflyatsiya, uni keltirib chiqaruvchi sabablar. 3. Inflyatsiya turlari. Inflyatsiya - bu pulning keragidan ortiq muomilaga chiqarilishi natijasida narxlarning to’xtovsiz o’sishi va pul qadrining pasayib borishidir. Inflyatsiya lotincha “inflatio” so’zidan olingan bo’lib”shish”, “bo’rtish”, “ko’pchish” ma’nolarini anglatadi.Bu so’z XIX asrning o’rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilgunga qadar u tibbiyotda xavfli o’sma kasalini ifodalashda ishlatilgan. Inflyatsiyani quyidagi sabab lar keltirib chiqarishi mumkin: - davlat o’z xarajatlarini o’z daromadlari xisobidan qoplay olmay qolgan xolatda muomilaga qo’shimcha pul chiqarish orqali qoplaydi natijada tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan pul paydo bo’ladi; - ishlab chiqarishning qisqarishi bunda muomiladagi mavjud pul miqdori kamaymaydi ammo unga nisbatan tovarlar miqdori kamayadi narx oshadi pul qadri pasayadi; - mamlakatda import qilingan tovarla narxining ko’tarilishi natijada mamlakat ichida o’rinbosar tovarlar narxi ko’tarilib ketadi;
Inflyatsiya sodir bo’lgan sharoitda : Muomilada keragidan ortiqcha pul paydo bo’ladi Tovarlar bahosi va xizmatlar xaqi to’xtovsiz o’sib boradi Pulning qadr qimmati va xarid qobiliyati pasayadi Ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni kengaytirishdan manfaat ko’rmay qo’yadilar chunki sarflagan pullari qaytib kelgunga qadar o’z qadrini yo’qotadi va xok. inflyatsiya darajasi 0% teng. Joriy yilning iyun oyidagi ma’lumotlar ko‘ra, inflyatsiya darajasi eng past bo‘lgan davlatlar – Shveysariya (0,9%), Avstraliya (1,1%) Xitoy (1,1%) bo‘lmoqda. Qayd etilishicha, inflyatsiya darajasi 6% gacha bo‘lgan davlatlarda iqtisodiyot rivojlanishiga imkon yaratadi. Aynan aksariyat mamlakatlar shunday darajada inflyatsiyani ushlab turishga harakat qiladi. O‘rtacha inflyatsiya – yiliga 6% dan 10% gacha. Bu xavfli jarayon bo‘lib, ushbu daraja nazoratdan chiqib, yuqori inflyatsiyaga aylanishi mumkin. Yuqori inflyatsiya – yiliga 10 dan 100% gacha. Bu davlatning ichki bozorida beqarorlikni keltirib chiqaradi, odamlar va yirik kompaniyalar o‘z kelajagini rejalashtira olmaydi. Chunki iqtisodning beqarorligi bois qaysi tovar va mahsulot, xizmatning narxi qay darajada oshishi yoki tushish haqida aniq to‘xtam mavjud bo‘lmaydi. Joriy yilning 15 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 10,9 % tashkil qilmoqda. Demak O‘zbekiston inflyatsiyaning yaqori pog‘onasiga, ta’bir joiz bo‘lsa, xavfli darajasiga ko‘tarilib ulgurgan. Shuningdek, qo‘shni davlatlarda yillik inflyatsiya darajasi quyidagicha: • Qozog‘iston 7,9%;
• Milliy valyutaning qadrsizlanishi. Agar chet el valyutalarining kursi ko‘tarilsa, import qilinadigan tovarlar avtomatik ravishda qimmatlashadi. Bu ham inflyatsiyaning o‘sishiga olib keladi. Yuqori inflyatsiya nega xavfli? Yuqori inflyatsiya iqtisodiyot, biznes va moliyaviy bozorlar va albatta, mamlakat aholisi uchun juda salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Odamlar moliyaviy depressiyaga tusha boshlaydi. Shuning uchun ular puldan tezda xalos bo‘lishni, uni imkon qadar tezroq sarflashni, qimmatbaho tovarlar, ko‘chmas mulkka sarmoya kiritadilar va chet el valyutasini sotib olishga shoshiladilar. Bu esa tovarlarning narxlari oshishiga olib keladi. Odatda, yuqori inflyatsiyani tezlashashi yoki paslashishini oldindan prognoz qilish qiyin. Shuningdek, inflyatsiya, ayniqsa, aholining doimiy daromadga ega bo‘lmagan qatlamiga jiddiy va salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, aholining boy qatlami to‘plangan daromadi, tadbirkorlik faoliyati, depozitlar bo‘yicha foizlar olishi yoki moliyaviy bozorga sarmoya kiritishi orqali o‘zlarini inflyatsiyadan to‘liq yoki qisman himoya qilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun xalqaro ekspertlar inflyatsiyani kambag‘allarga nisbatan qo‘shimcha soliq, deb hisoblaydi. Narxlarni ko‘tarmaslik uchun ularni muzlatib qo‘yish mumkinmi? Narxlarni ma’lum darajada belgilash – yaxshi qaror. Ammo iqtisodiyotga bunday sun’iy aralashuv talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikning kuchayishiga olib keladi. Muzlatilgan narxlarda tanqislik yuzaga keladi. Bundan tashqari, tovarlar sifati tobora yomonlashib boraveradi, muqobil va yuqoridan ko‘rsatib o‘tilgan noqulay narxlarni ushlab turish uchun ishlab chiqaruvchilar sifatni qurbon qiladilar. Aynan shu sabablarga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlarni davlat emas, balki bozor belgilashi kerak. Download 54.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling