Movarauynahrda Qoraxoniylar hukmronligining o'rnatilishi va davlat boshqaruvi. Mundarija: Kirish I bob. Movaraynnahrda Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy – iqtisodiy hayoti
Download 43.57 Kb.
|
Movaraunnahrda qoraxoniylar hukmronligining o\'rnatilishi va davlat
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. Movaraynnahrda Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tuzumi va uning o’ziga xos xususiyatlari…………………………………………………………..13
- Xulosa…………………………………………………………………………….25 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………28 KIRISH Kurs ishining dolzarbligi
Movarauynahrda Qoraxoniylar hukmronligining o'rnatilishi va davlat boshqaruvi. Mundarija: Kirish………………………………………………………………………………2 I bob. Movaraynnahrda Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy – iqtisodiy hayoti…………………………………………………………………….6 Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi…………………………………….6 Qoraxoniylar davlatining ijtimoiy – iqtisodiy hayoti………………………..9 II bob. Movaraynnahrda Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tuzumi va uning o’ziga xos xususiyatlari…………………………………………………………..13 2.1. Qoraxoniylar davlatining markaziy boshqaruv tuzumi………………………13 2.2. Qoraxoniylar davlatining mahalliy boshqaruv tuzumi……………………….20 Xulosa…………………………………………………………………………….25 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………28 KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: “O’tkankunlar” romani muallifi Abdulla Qodiriy ham ,,Moziyga qaytib ish ko’rish, xayrlidir” deb bejizga aytmaganlar. О’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining qо’lga kiritilishi О’zbekiston xalqiga ma‘naviy uyg’onish, о’zlikni anglash, boy tarixiy о’tmishini о’rganishga imkon yaratib berdi. Mustaqillik tufayli о’zbek xalqining kо’p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va ma‘naviy merosini о’rganish, undan xalqning bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yо’l ochildi. Ma‘naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Aynan ushbu ma‘naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda rivojlanishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir. IX -XII asrlarda Markaziy Osiyoda rо’y bergan murakkab tarixiy jarayonlar О’zbekiston tarixi taraqqiyotida ham о’ziga xos о’rinni egallagan. 999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni ishgʻol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal boʻlishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgʻardan Amudaryogacha choʻzilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qadimgi Soʻgʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 1005-yilgacha somoniylarning soʻnggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning koʻpsonli qoʻshini pirovard gʻalabani taʼminlagan. Bogʻdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012-yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gʻaznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, XI-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe boʻlib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, soʻngra Samarqandga koʻchirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe boʻlgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda koʻplab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoʻshishgan. Mazkur davlat chegarasida islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar oʻz davlat chegarasini somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan. Somoniylar hokimiyati bu vaqtga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutib zaiflashib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda qoraxoniylar somoniylar poytaxti Buxoroni deyarli qarshiliksiz ishgʻol etishadi. Biroq, Hasan Bugʻroxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq turmay, Qashqarga qaytishda yoʻlda vafot etadi. 996-yil qoraxoniylar yana Movarounnahr sari yurish boshlaydi. Gʻaznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida oʻrtada shartnoma tuzilib, unga koʻra, Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qoʻliga oʻtadi. Amudaryoning jan.dagi yerlarda va Xuroson hududida Sabukteginsh hukmronligi oʻrnatiladi. Somoniylar ixtiyorida esa Movarounnahrning markaziy qis-migina qoladi. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, X-asr oxirlariga kelib, Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha boʻlgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlati oʻrtasida chegara boʻlib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat oʻrtasida ham Xuroson hududi uchun oʻzaro urushlar boʻlib oʻtadi. 1006 va 1008-yillarda qoraxoniylar Xurosonga qoʻshin tortib, Balx, Tus va Nishopur shahrini zabt etadi. Lekin Sulton Mahmud Gʻaznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni oʻz qoʻlida saqlab qoladi. Gʻaznaviylar keyinchalik dastlab oʻzlari yer berib, homiylik qilgan saljuqiylar bilan zid-diyatga kirishib, oʻrtada katta harbiy toʻqnashuvlar yuz beradi. 1040-yilda esa Dandanakon jangiaa gʻaznaviylar saljuqiylar tomonidan qaqshat-qich zarbaga uchrab oʻzlarini qaytib oʻnglay olmaydi. Gʻaznaviylar davlatini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Boʻritegin foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni gʻaznaviylardan tortib oladi. Keyinchalik butun Movarounnahrni va Fargʻonani oʻziga boʻysundirib mustaqil siyosat olib boradi. Qoraxoniylar davlatchilik tizimi oʻzidan oldin oʻtgan Turk xoqonligi, Turkash davlati kabi turkiy davlatlarning davlatchilik tajribasi va anʼanalariga asoslangan. Qoraxoniylar sulolasi davlat boshqaruvida bu tajribalardan unumli foydalanib, oʻz navbatida, uni rivojlantirib, yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. Qoraxoniylar davlati dastlab tashkil topgan vaqtda (IX asr oʻrtasi) maʼmuriy-boshqaruv tizimi, qabilalarning oʻzaro ittifoqi negiziga asoslangan edi. Bunda davlat boshligʻi "yabgʻu" deb nomlangan. Oʻlkadagi barcha qabilalar yabgʻuga boʻysungan, ayni vaqtda yabgʻu oʻzi hukmronlik qilayotgan hududdagi barcha qabilalarni tashqi hujumlardan himoya qilgan. Joylarda har bir qabilani oʻz sardorlari boshqargan. Qabila sardorlari ayni vaqtda, shu qabilani harbiy sarkardasi boʻlib, xoqon noibi hisoblangan. Harbiy hara-katlar vaqtida ular yabgʻuning buyrugʻiga binoan oʻz harbiy boʻlinmalari bilan urushda qatnashishgan. Vaqt oʻtishi bilan qoraxoniylarning bu maʼmuriy boshqaruv usuli rivojlanib, takomillashib borgan. X asrning oʻrtalariga kelib, Qoraxoniylar davlati oʻz tarkibiga qoʻshni qabilalarni ham qoʻshib olib, hududiy jihatdan kengayib, katta siyosiy kuchga aylangach, ularning davlat boshqaruvida ham maʼlum islohotlar yuz berdi. Davlat tepasida odatda "qoraxon" unvoni bilan ulugʻlangan "buyuk xon" oʻtirgan. Xonlik taxtiga ogʻa-inichilik udumi asosida sulolaning eng yoshi ulugʻ kishisi oʻtirgan. Xonlar "qoraxon" unvoni bilan birga tavgʻachxon, arslonxon, bugʻroxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulugʻlangan. Mana shu o’ziga xos bo’lgan davlat boshqaruv tizmini o’rganish bizga o’sha davr tarixining ko’p sirlarini ochib beradi. Hamda milliy davlatchiligimizning qanday shakllanganligini kuzatish imkoni beradi. Download 43.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling