Muhandislik va kompyuter grafikasi


Download 0.66 Mb.
bet3/6
Sana17.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1706332
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza

To’lqimsimon tutash chiziq - chizilgan buyum to'liq berilmasa, uzilish chiziqlarini tasvirlash uchun, ko’rinish va qirqimlarni ajratish chiziqlarini chizishda ishlatiladi. To’lqimsimon tutash chiziq qalinligi S/3 dan S/2 gacha.

  • Shtrix chiziq - ob'ektning ko'rinmas konturlarini tasvirlash uchun ishlatiladi. Shtrix chizig'ining qalinligi s/3 dan s/2 gacha olinadi. Shtrix chizig'ining uzunligi 2...8 mm va shtrixlar orasidagi masofa 1 ... 2 mm.

    Agar chizilgan shtrix chiziqlar turli yo'nalishlarda joylashgan bo'lsa, u holda ular kesishmasligi kerak.

    1. Ingichka shtrix-punktir chiziq - O’q va simmetriya chiziqlarini, ustiga qo’yilgan yoki chetga chiqarilgan kesimlar uchun simmetriya o’qi bo’lgan kesimlarning chiziqlarini tasvirlash uchun ishlatiladi. Ingichka shtrix-punktir chiziq uzun ingichka shtrixlar va ularning orasidagi qisqa shtrixlardan (nuqtalardan) iborat. Ingichka shtrix-punktir chiziq uzunligi 5 ... 30 mm va ular orasidagi masofa 3...5 mm. Ushbu chiziqning qalinligi S/3 dan S/2 gacha. Shuni esda tutish kerakki, aylananing markazida nuqta emas, balki ikkita kesishgan shtrixlar tasvirlangan bo'lishi kerak. Agar aylananing diametri 12 mm dan kam bo'lsa, markaz chiziqlari ingichka butun holatda ko'rsatiladi.

    2. Yo’g’on shtrix punktir chiziq – Yuzalarning qoplanadigan yoki termik ishlov beriladigan ko’rinishlarni belgilovchi chiziqlar, kesuvchi tekislik oldida joylashgan elementlarni tasvirlash chiziqlarini (ustiga chizilgan proyektsiya) ko’rsatadi. Ushbu chiziqning uzunligi 3...8 mm va ular orasidagi masofa 3...4 mm. chiziqning qalinligi S/2 dan 2/3S.

    3. Uzuq chiziq- kesim chizig'ini tasvirlash uchun ishlatiladi. Uzuq chiziq uzunligi 8 ... 20 mm va qalinligi S dan 1,5 S.

    4. Ingichka tutash chiziq chiziq - uzilish chizig'i sifatida ishlatiladi. Chiziq qalinligi. S/3 dan S/2 gacha.

    5. Ikki nuqtali shtrix - punktir chiziq –Yoyilmalardagi bukilish chiziqlari, buyumlarning ayrim qismlarini eng chekka yoki oraliq vaziyatlarini tasvirlash chiziqlari, ko’rinish bilan ustma-ust joylashtirilgan yoyilmani tasvirlashda qo’llaniladi. Shtrixlar uzunligi 5…30 mm va ularning orasidagi masofa 4...6 mm.

    Ushbu shtrixlar uzunligini 15…20 mm olish tavsiya etiladi. Chiziqning qalinligi esa S/3 dan S/2. gacha.
    1.3-rasmda ba’zi bir chiziq turlarini chizmada qo’llash ko’rsatilgan.




    Download 0.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling