Muhandislik va kompyuter grafikasi


Download 0.66 Mb.
bet1/6
Sana17.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1706332
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza




1-ma’ruza. Mavzu: “Muhandislik va kompyuter grafikasi” faniga kirish. Chizmalarni standart asosida tayyorlash. Proyeksiyalash usullari.


Standartlar-sanoatning barcha tarmoqlarida konstruktorlik hujjatlarini bajarish va ro'yxatga olishning yagona qoidalarini belgilovchi normativ hujjatlardir.
Davlat standartlariga muvofiq chizmachilik va grafik ishlarni bajarish qoidalari yagona konstruktorlik hujjatlari tizimi (ESKD) asosida amalga oshiriladi.
Konstruktorlik hujjatlari turli buyumlarning yakka yoki yig’ilgan holda, tarkibi
va tuzilishi, uni tuzish yoki tayyorlash, shuningdek, nazorat, qabul qilish, ishlatish, tuzatish uchun zarur ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. ESKD standartlari chizmalarni bajarish uchun barcha amaldagi qoidalarni o'z ichiga oladi. Normativ texnik hujjat sifatida standart ob'ektga tegishli tashkilot tomonidan tasdiqlangan zarur me'yorlar, qoidalar va talablarni qo'yadi.


Formatlar. O’z.DST 2.301-03 standarti tomonidan belgilangan va konstruktorlik ishlarini bajarish uchun qog’oz o’lchamlariga qo'yiladigan talablardir.
Ozbekiston Respublikasi Meterealogiya va Standartlashtirish Davlat markazi tomonidan 1996 yilda tasdiqlangan konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi- KHYT (ESKD) asos qilib olindi va chizmachilikka oid davlat standartlari haqida yetarli ma’lumot berildi. Xususan, formatlar, masshtablar, chiziqlar, shriftlar va boshqalar uchun standartlar muayyan talablarni qo'yadi. Barcha chizmalar muayyan o'lchamdagi varaqlarda (formatlarda) bajarilishi kerak.
Formatni tanlash chizilgan ob'ekt turlarining hajmiga, murakkabligiga, soniga
qarab amalga oshiriladi. Standartga ko'ra, beshta asosiy (A0, A1, A2, A3, A4) va bir nechta qo'shimcha formatlar mavjud.
Tomonlari 1189 х 841 мм bo’lgan АO formati asosiy bo'lib, uning maydoni taxminan 1м² ga teng. Qolgan asosiy formatlar tegishli formatni kichik tomonga
parallel ravishda ikkita teng qismga bo'lish yo'li bilan olinadi. Chizilgan har bir format tashqi va ichki ramkaga ega.Tashqi ramka ingichka tutash chiziq bilan chiziladi va ichki ramka asosiy yo’g’on tutash chiziq bilan chiziladi. Ramkalarning chap tomonlari orasidagi masofa 20 mm, boshqa tomonlari o'rtasi esa 5 mm. bo’ladi. (1.1- rasm).
Asosiy formatlarning belgilari va o'lchamlari 1.1-jadvalda keltirilgan


Formatning
belgilanishi

Formatning
o’lchami, mm

A0

841× 1189

A1

594× 841

A2

420× 594

A3

297× 420

A4

210× 297

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling