Muhandislik va kompyuter grafikasi


Download 0.66 Mb.
bet4/6
Sana17.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1706332
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza

1.3-rasm.


Asosiy yozuv
Har bir chizma va konstruktorlik hujjatida asosiy yozuv bo'lishi shart. Uning asosiy vazifasi chizma haqida to’liq ma’lumotni o’z ichiga oladi. Asosiy yozuv O’zR DST 2.104-03 talablari asosida bajarilishi kerak. Uning o’lchamlarini va grafa to’ldirishlarini bilish lozim.(1.4- rasm).

1.4-rasm.


Asosiy yozuv chizmaning pastki o'ng burchagida joylashtiriladi. Asosiy yozuv ishlab chiqarishdagi A4 formatida tayyorlangan chizmalarda ko’pincha formatning qisqa tomonida joylashgan bo'lib, katta formatdagi chizmalarda esa qisqa va uzun tomoniga joylashtirilishi mumkin.

Chizmalarda o’lcham qo’yish


Biror buyumning chizmasi chizilganda albatta uning o'lchamlari qo'yib chiqiladi. O'lchamsiz chizilgan chizma noto'g'ri hisoblanadi. Buyumlarda o’lcham qo’yishda chiqarish, o’lcham chizig’i va o’lchov raqamlardan foydalaniladi. O’lchamlar chiziqli va burchakli bo’ladi. Chiziqli o'lchamlar mahsulotning uzunligi, kengligi, balandligi, qalinligi, radiusi va diametrini ko'rsatadi. Texnik chizmalarida chiziqli o'lchamlar millimetrga teng bo’lib, o'lchov birligi ko'rsatilmaydi. Agar o'lcham boshqa birliklarda (sm, dm, va hokazo) berilgan bo'lsa, o'lchovning yonida o'lchov birligi ko'rsatilishi kerak.
Burchak o'lchovlari burchakning qiymatini ifodalaydi va daraja, daqiqa va sekundlarda beriladi. Misol uchun: 4˚, 4˚ 30ʹ, 4˚ 30ʹ20ʺ.
Chizilgan mahsulotning o'lchamlari minimal va ayni paytda uni tushunish va ishlab chiqarish uchun yetarli bo'lishi kerak.
Chiqarish va o’lcham chiziqlari. Chizmalarga o’lcham qo’yish uchun birinchi navbatda chiqarish chiziqlari chiziladi. Ular o'lchanadigan buyumning konturiga perpendikulyar bo'lishi kerak. Keyin o'lcham chizig’i o'tkaziladi. Chiqarish va o’lcham chiziqlari ingichka tutash chiziqlar bilan chiziladi. Buyumning konturi va o’lcham chizig’i orasidagi masofa 6...10 mm. tashkil etishi lozim. Agar bir nechta parallel o'lchamlar mavjud bo'lsa, ular orasidagi masofa ham 6...10 mm. bo’ladi. Chiqarish chizig’i o'lchov chizig'idan 1...5 mm. bo'yicha tashqariga chiqadi. O’lcham raqami o'lcham chizig'ining o'rtasiga yaqin bo'lgan joyning yuqorisida joylashtiriladi (1.5-rasm).
Ba'zi hollarda, zarur bo'lsa, o’lcham chiziqlari o'lchanadigan hajmiga burchak ostida amalga oshirilishi mumkin (1.6-rasm).
O’lcham va chiqarish chiziqlari. Chizmada o’lcham chiziqlari ingichka tutash chiziq bilan o’traziladi va oxirlari strelka bilan chegaralanadi. Strelkalar buyum elementining o’lchash chegarasini ko’rsatadi. Strelkaning shakli va ular orasidagi nisbatlar 1.7-rasmda ko'rsatilgan.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling