Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlari


KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)


Download 203.48 Kb.
bet3/35
Sana20.09.2023
Hajmi203.48 Kb.
#1683018
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Avtoreferat Атаdjаnova 28 08 2023 2 2 Kompyuterchii

KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon tilshunosligida tilning eng muhim aloqa vositasi sifatidagi tavsifi ancha qadimgi bo‘lsa-da, aynan XX asr o‘rtalaridan boshlab uning bu jihati asosiy o‘rganish obyekti bo‘lib kelmoqda. Lisoniy vositalarni, matn/diskursni muloqot vositalari sifatida talqin qilish ham muayyan tarixiy bosqichni bosib o‘tdi, biroq muloqot qatnashchilarining tavsifi borasidagi qarashlar hali to‘liq shakllanmadi. Xususan, zamonaviy globallashuv sharoiti taqozosi bilan to‘qnash kelinayotgan muayyan bir guruhga mansublik tushunchasining insoniyat ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy hayotining ajralmas qismi sifatidagi roli va tilga ta’siri ham kuchaydi.
Dunyo tilshunosligida antroposentrik tamoyillar asosida tilni muloqot jarayonida ko‘rish endi an’anaga aylangan bo‘lsa ham, tadqiqotlar, asosan, muloqot mazmuniga qaratildi. Bugungi kunda muloqotning samaradorligini oshiruvchi ijtimoiy, gender, yoshga oid o‘ziga xosliklarini o‘rganish ustuvorlik kasb etmoqda.
Mamlakatimiz tilshunosligida ham antropolingvistika va sotsiolingvistika kabi lisoniy shaxs tavsifiga yo‘naltirilgan bir qancha tadqiqotlar yuzaga kelgan, biroq bu tadqiqotlarni bir xilda yo‘naltiruvchi, aynan nazariy masalalar yechimiga qaratilgan monografik plandagi ishlar hali ko‘p emas. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, «...ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ijodiy g‘oya va ishlanmalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi»1 davr ruhiga mos tadqiqot olib borish hamda turli amaliy tajriba o‘tkazishni talab qiladi. Tilning tavsiflovchi va shaxsni shakllantiruvchi vazifalari borasidagi tadqiqotlarga alohida e’tibor bilan qaralmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2016-yil 13-maydagi PF-4794-son «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida», 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha «Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» Farmonlari hamda 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son «Chet tillarni o‘rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorlari va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu ilmiy tadqiqot ma’lum darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish» ustuvor yo‘nalishi doirasida amalga oshirilgan.

Download 203.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling