Mundarija Kirish. Asosiy qism: I bob. Ishchi kuchi bozori mohiyati va uni tartibga solishning nazariy asoslari


Download 0.59 Mb.
bet1/12
Sana05.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1432304
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi


Mundarija

Kirish.
Asosiy qism:
I bob. Ishchi kuchi bozori mohiyati va uni tartibga solishning nazariy asoslari.
1.1. Jahon ishchi kuchi bozorining mazmun mohiyati.
1.2. Jahon ishchi kuchi migratsiyasining milliy iqtisodiyotga ta`siri.
II bob. Jahon ishchi kuchi bozorining hozirgi holati tahlili.
2.1. O`zbekiston Respublikasining demografik holati va ishchi kuchi salohiyati.
2.2. Xalqaro ishchi kuchi bozorida O`zbekistonning ishtiroki.
III bob. Jahon ishchi kuchi bozori va uni takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari.
3.1. Ishchi kuchi bozorining ijobiy va salbiy oqibatlari.
3.2. Davlatning ishchi kuchi bozorini takomillashtirishi va samaradorligini oshirish yo`llari.
Xulosa.
Adabiyotlar ro`yhati.


Kirish
XXI asrning boshlanishi jahon xo’jaligining sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarilganligi bilan xarakterlanadi. Iqtisodiyotning globallashuvi ko’p sohalarni qamrab olganligi sababli mehnat bozorida katta o’zgarishlar yuz bermoqda va ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlari yangicha namoyon bo’lmoqda. Shuning uchun ham bu muammoni tadqiq qilish muhim va dolzarb hisoblanadi.
Mamlakat Prezidenti SH.M.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek: “Ayni vaqtda dunyoning ba’zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o’z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ulaming global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlatga aylanishi va uning xalqaro hamjamiyatga a’zo bo’lib kirishi, bir tarafdan, bandlik bilan bog’liq istiqbolli rejalami mustaqil ravishda emas, balki iqtisodiyotning globallashuv jarayonini hisobga olgan holda ishlab chiqishni, ikkinchi tarafdan esa, migratsiya bilan bog’liq qarashlar tizimi va bandlik siyosatini ishlab chiqish, uning ustuvor vazifalarini belgilashda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik rivojlanishidagi hududiy o’ziga xosliklarning hisobga olinishini talab qiladi. O’zbekistonning turli integratsiya tashkilotlariga a’zo bo’lishi bilan birga ijtimoiy-siyosiy tuzilmasining barqarorligini ta’minlash yo’lida bandlik va migratsiya muammolarini birgalikda hal qilish ko’zda tutiladi.
Shu munosabat bilan yangi ish o’rinlarini yaratish, iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish jarayonida mamlakatimiz aholisining faol ishtirokini ta’minlash masalasi mehnat bozorining amal qilishiga, bandlik va aholining turmush darajasiga ta’siri dolzarb, ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo’lgan masala deb qaralmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining qonuniyatlarini aniqlash va O’zbekistonda namoyon bo’lish xususiyatlarini tadqiq qilish muhimdir.
Iqtisodiy adabiyotlarda mehnat migratsiyasi muammolarining nazariy-uslubiy jihatlarini tadqiq etishga katta e’tibor qaratilgan. Bu muammoga bag’ishlangan, so’nggi vaqtlarda chop etilayotgan monografiyalar, ilmiy maqolalar, himoya qilinayotgan dissertatsiyalar soni ko’payganligi bundan dalolat berib turibdi. Xorijlik olimlardan M.Boyd, J.Bxagvati, A.Giddens, R.Dauns, V.Zelinskiy, D.Leyder, Ye.Lee, D.Massey, Ye.G.Ravenshteyn, O. Stark, P. Stoker va boshqalar migratsiyaning turlari, yo’nalishlari va ulaming ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, mehnat migratsiyasi ishtirokchilarining ish haqi, daromadlari, ularning taqsimlanishi to’g’risida ilmiy izlanishlar olib borishgan.
MDH mamlakatlari olimlaridan A.SH.Abjamilova, L.A.Arutyunyan, G.S. Vechkanov, Ye.V.Vinogradova, A.R.Vyatkin, M.B.Denisenko, J.A.Zayonchkovskaya, Т.I.Zaslavskaya, U.J.Ergeshbaevlarning tadqiqotlarini alohida qayd etish lozim.
Ishchi kuchi migratsiyasining demografik jihatlari mamlakatimiz olimlari Q.X.Abdurahmonov, L.P.Maksakova, B.A.Tog’aev, R.A.Ubaydullaeva, A.A.Qayumov, Z.R.Xudoyberdievlarning ishlarida o’rganilgan.
Bozor munosabatlari sharoitida ishchi kuchi migratsiyasining o’ziga xos xususiyatlari yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Muammoning dolzarbligi shundaki, so’nggi vaqtlarda mehnat resurslarining xalqaro migratsiyasi kengaymoqda, ya’ni mehnatga layoqatli aholining bir davlatdan ikkinchi davlatga ish topish, daromad olish maqsadida ko’chishi, chiqib ketish hollari ko’p kuzatilmoqda.
Migratsiya jarayonini tartibga solishni takomillashtirish va boshqarishning nazariy qarashlarini asoslash, mexanizm hamda vositalarini aniqlash davlat va jamiyatning manfaatiga xizmat qiladi. Bunda albatta, ishchi kuchi migratsion joylashuvining asosiy yo’nalishlarini ochib berish aholining bandligini ta’minlash, migratsiya oqimlarini davlat tomonidan boshqarishda ishchi-migrantlarning huquqlarini himoya qilish xalqaro me’yorlarini hisobga olishga qaratilishi kerak.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling