Mehnat ta’limi va tarbiyasida sharq allomalarining qarashlari


Download 19.25 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi19.25 Kb.
#1538621
Bog'liq
Mehnat ta’limi va tarbiyasida sharq allomalarining qarashlari 090508


Mehnat ta’limi va tarbiyasida sharq allomalarining qarashlari

Hunarmandchilik xalq, elat va qabilaning yashashi, turmushi bilan uyg‘unlashgan holda rivojlanib, milodiy VI-XI asrlargacha yirik davlatlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Juda ko‘p yillik va kishilik harbiy yurishi, mudofaa va hujum qurollarining taraqqiyoti bilan uyg‘unlashib ketadi. Ana shunday urush va janjallar davrida madaniy taraqqiyot urush bo‘lgan davlatlarda bir tomondan inqirozi yuz bersa, ikkinchi tomondan bir davlatdan ikkinchi davlatga (urush bo‘lmagan bo‘lsa ham) majburiy, ma’lum tarixiy davrda, mintaqadagi umumiy taraqqiyot in’ikosi yuzaga keladi.


Markaziy Osiyo davlatlarida tarixiy va madaniy taraqqiyot evolyutsion o‘zgarishida XIII-XIX asrlardagi davr alohida o‘zgarishlar yuz bergan davrdan hisoblanadi.
Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodirning hokimiyat tepasiga kelishi, buyuk davlat tashkil etib, uni boshqarish (1360-1405) O‘rta Osiyoda gurkirab rivojlangan va Chingizxon iste’losi tufayli uzilib qolgan Renessens-ilk uyg‘onish davri (IX-XII asrlar) tiklanishi va rivojlanishiga – so‘nggi Uyg‘onish davri darajasiga chiqishiga olib keldi. So‘nggi Uyg‘onish davri madaniy va ma’naviy yutuqlarga erishishi Movarounnahrning buyuk davlat sifatida yuksalishi bilan uyg‘unlashib ketadi.
Sohibqiron davrida oshpazlik alohida hunar, san’at sifatida ulug‘langan. Harbiy yurish, tantana, to‘y-tamosha va oddiy yashash sharoitlarida oshpaz taomlarni dimlash, qaynatish, qovurish, bug‘latish, qoq qilish va boshqa usullar juda ozoda, turli-tuman miqdordagi va xildagi milliy taomlarni pishirganlar.
Amir Temur davrida qayta tiklangan, O‘rta Osiyoda Renessens-so‘nggi uyg‘onish davrining ma’naviyati, madaniyati yirik namoyondalarining ko‘pchiligi hunar sohibi va kasb egasi bo‘lganlar. Shoir Javhariy, tikuvchi-shoir Mavlono Xavofiy, chodirdo‘z-shoir Mavlono Mir Argun Xamaduz, kalavafurush-Mavlono Kabuliy Gazalfurush, tasmado‘z-Mavlono Kamardo‘z, buyra tikuvchi usta Bisotiy Samarqandiy va boshqalar hunarmand bo‘lishi bilan bir qatordan o‘z zamonasining yetuk allomalari hisoblanganlar. O‘sha davrda rivojlangan va xalq orasida muqaddas qoida hisoblangan «Ilm o‘rganishdan ilgari, sohibi hunar bo‘l» degan aqida hozir ham muqaddasdir.
Shoxrux Mirzo ibn Amir Temur Kurogoniy (1377-1447) Sohibqironning farzandlari bo‘lib, o‘zi hukmronlik qilgan davrda Xuroson va Movaraunnahrda ma’naviy taraqqiyot, binokorlik, me’morchilik va san’atning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Mirzo Ulug‘bek ibn Muhammad Tarag‘ay (1394-1449) Sohibqironning nevarasi bo‘lib, otasi Shoxrux Mirzo va bobosining bunyodkorlik ishlarini bevosita davom ettirdi va ilmiy nujum, riyoziyot, falakkiyot, tarix, astronomiya, falsafa, mantiq fanlarning rivojlanishiga ulkan amaliy hissa qo‘shgan buyuk alloma va davlat arbobidir. Uning davrida Samarqandda rasadxona qurildi, Samarqand, Buxoro va Gijduvonda madrasalar bunyod etildi, madrasalarga o‘sha davrning yirik alloma va fuzalolari taklif etildi hamda, ularning ilm-fan bilan shug‘ullanishlariga sharoit yaratib berildi. U «Ziji Ulug‘bek – Ziji jadidi Kurogoniy», «Risolai Ulug‘bek», «Tarixiy arba ulus», «To‘rt ulus ta’rifi» kabi yirik asarlar, ko‘plab yirik ilmiy risolalar muallifi hamdir.
Naqshbandlik tariqati davomchilardan hisoblangan qomusiy olim Yoqub Charxiy (vafoti 1447) ustozi Xoji Baxovuddin Naqshbandiyning «Mendan nimaki senga yetgan bo‘lsa, sen boshqalarga yetkaz» degan o‘g‘itlariga sodiq qolib, yirik asarlar yaratdi. U Kur’oniy Karimga tafsir yozishidan tashqari «Risolai Unsiya» (Do‘stlik haqida risola), «Ar-risolat ul-Abdoliya» (Abdol haqida risola), «Risola dar ilmiy Faroyiz» (Farzlar haqida risola), «Risola al-Akoid» (Akoid haqida risola) kabi ko‘plab asarlar yaratgan yirik allomadir.
Temuriylar davrida Abduraxmon Jomiy (1414-1492), Alisher Navoiy (1441-1501), Qosimiy Anvar (1355-1433), Davlatshox ibn Alouddavla Baxshitosh al-G‘oziy as-Samarqandiy (1435-1495), Husayn Boyqaro (1438-1506), Jaloliddin Muxammad Asad as-Siddiqiy ad-Davoniy (1427-1502) Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505), Abdurazzoq Samarqandiy (1413-1482), Mir Muhammad ibn Said Burxoniddin-Xovandshox ibn Kamoliddin Maxmud al-Balxiy-Mirxond (1433-1498), G‘iyosiddin Muxammad ibn Xoja Mumomiddin ibn Xuja Jaloliddin Muxammad ibn Burxoniddin-Xondamir (1473-76-1534), Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) kabi yirik allomalar, qomusiy fuzolalar hamda Kamoliddin Behzod (1455-1537) kabilar ulug‘ musavvir, miniatyurasoz, iqtidorli san’atkorlar yetishib chiqdi, yashab ijod etdi.
Bunday yozma manbalarga VI-VI asrlarda yaratilgan Avesto, XI asrda Kaykovus tomonidan yaratilgan «Qobusnoma», Abu Nasr Forobiyning «Baxt-saodatga erishuv» asari, Hind faylasufi Beydabo (Bedpoy) tomonidan yozilgan «Kamila va Dimna», Al-Xorazmiy «Ugitlar»i Abu Rayxon Beruniyning «Minerologiya» asari, Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u Bilig», Maxmud Koshg‘ariyning «Devonu-lug‘otit turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibat-ul haqoyiq», Pahlavon Mahmudning «Ruboiy»lari, Abu Abdulloh Muxammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan to‘plangan «Hadislar», Lutfiyning «Gul va Navro‘z», Alisher Navoiyning «Xamsa», «Maxbubul-qulub»larida, Aruz Samarqandiyning «Nodir xikoyatlar»i, Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» va boshqa ko‘plab adabiy, tarixiy, madaniy-ma’rifiy merosimiz namunalarini misol keltirish mumkin.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto»ning yaratilishi turli bahsli holatlar mavjud bo‘lsa-da, bizni uning kim, qachon qayerda yozilganligidan ko‘ra, asarning mag‘izi, g‘oyasi, mohiyati ko‘proq qiziqtiradi. «Avesto» dastlab 1200 betlik xajmda Zardusht tomonidan yozilib, 12 ming ho‘kiz terisiga bitiladi (eramizdan avvalgi 548-529 yillarda qog‘oz bo‘lmagan) hamda butun bir dinning ma’naviy, mafkuraviy asosi bo‘lib xizmat qildi, davrlar o‘tishi bilan, tarjima va ugirishlar natijasida qisman takomillashtirildi ham.
«Avesto»da mehnat qilish, halol kun kechirish to‘g‘risida shunday satrlar ko‘plab keltirilgan: «Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratishi lozim» (Uzb. Ped.ant. 1-k. 36 b.). Yana, «Mehnat qilmaydigan odam! Sen haqiqatdan ham tilanchilar qatorida, yot eshiklarga ta’zim qilib, abadul-abad bosh eshib turajaksan, haqiqatdan ham sening yoningdan turli xil zirootlarni olib o‘tadilar». U tarbiyaviy, ta’limiy, pandnoma ko‘rinishidagi yirik asardir.
«Qobusnoma» 44 bobdan iborat bo‘lib, boshdan oxirigacha o‘sib kelayotgan avlodga, axloq, bilimli bo‘lish, hayotda o‘z o‘rnini topish, har kimga o‘zining shaxsiy va ijtimoiy hayotni yo‘lga qo‘ya olish va turmushning boshqa qirralarini yoritib, tahlil qilib berish bilan sug‘orilgan. Ushbu asarda ham pand-nasihat turli rivoyatlar keltirilib, hayotiy misollar bilan quvvatlangan. «Foydasiz bulur, hyech kimga foydasi tegmaydi» deyilganda, albatta muallif avvalo, jamiyat, xalq manfaatini, kelajak manfaatini, so‘ngra esa shaxs o‘zining manfaatini tutishni istaydi.
Albatta Sharq xalqlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari VIII-IX asrlardan boshlab, asosan, islom diniga, uning aqidalariga rioya qilib kelmoqdalar. Musulmonlarning eng oliy, eng muqaddas kitobi bo‘lgan «Qur’oni Karim» o‘zining oyatlarida, suralarida mo’tabar Olloh nomidan xalqni, ahli mo‘minni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. «Qur’oni Karim»ning bevosita oyatlaridan kelib chiqib, xalq orasida turli pand-nasihat, uqtirishlar, ta’kidlashlar ko‘rinishida bo‘lgan «Hadis»lar ham kishilarning turmush tarzini, ijtimoiy faoliyatini bir-biriga munosabatini ma’lum darajada tartibga solish to‘g‘risida o’gitlar beradi.
Sharqda mashhur bo‘lgan allomalardan biri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’lim-tarbiyada quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarurligini ta’kidlaydi.
- yoshlarga ta’lim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
- ta’limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish;
- olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;
- jamoa bo‘lib maktabda o‘qishga e’tibor berish;
- bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini xisobga olish;
- o‘qishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.
Yuqoridagi masalalarga Ibn Sino o‘zining «Tadbiri manzil» asarining «Bolani maktabda o‘qitish va tarbiyalash» bo‘limida to‘xtalib, ta’lim va tarbiya jarayonini olib boradi.
Talabaga bilim berish o‘qituvchining asosiy burchidir. Shunga ko‘ra, Ibn Sino o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo‘l-yo‘riqlar beradi:
- bolalar bilan muomala bosiq va jiddiy bo‘lish;
- berilayotgan bilimni talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish;
- ta’limda turli usullardan foydalanish;
- fanga qiziqtira olish;
- berayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish;
- bilimlarni talabalarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
- har bir so‘zning bolalar xissiyotini darajasida bo‘lishiga erishish zarur.
Qomusiy bilimlar sohibi A.Navoiy fan va san’atning turli sohalarida adabiyot, tarix, til, musiqa, tasviriy san’at, xattotlik, me’morchilik va boshqa bilimlarni rivojlantirish bilan birga ta’lim-tarbiyani rivojlantirishning takomillashtirilishiga ham katta e’tibor bergan edi. U o‘zining «Hamsa», «Vaqfiya», «Majolis-un nafois», «Muxokamatul lug‘otayn» asarlarida tarbiyaga oid o‘z qarashlarini ifoda etdi.
Alisher Navoiy bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. U bilimni o‘zluksiz o‘rganish zarur, deydi. Buyuk alloma bilim olish tamoyillarini o‘z davrida to‘g‘ri ifodalab, hatto ta’lim tizimini o‘z davrida maktab, madrasalarda o‘qish, olim, xunarmand, mustaqil xolda bilim olish imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi. Umuman o‘rta asrda yashab ijod etgan allomalar, fozillar, mutafakkirlaru ulamolar ma’rifiy ta’lim-tarbiya asoslarini yaratib ularda pedagogika zaminida mehnat talimiga e’tibor berganlar, hamda uni o‘qitadigan ustozlar faoliyatiga alohida fikrlarini bildirganlar.
Ularning fikrlariga ko‘ra pedagogik qobiliyatli o‘qituvchi shaxsiga xos bo‘lgan bir sifatlarni uning aql-zakovati, irodasi, hissiyotlari xarakteri va boshqa xususiyatlardan tarkib topadi. Bu xususiyatlar tufayli qobiliyatli o‘qituvchi muvaffaqiyatli ishlaydi va uni oz mehnat sarflab, katta natijaga erishadi. Ta’lim-tarbiya ishiga bo‘lgan qobiliyat tug‘ma qobiliyat emas, odam tabiatidan shu qobiliyat ko‘rtaklarini oladi.
Mana shu kurtaklari layoqat deyiladi. Layoqat shaxsning ongi, faoliyati jarayonida rivojlanadi va qobiliyatga tayanadi. Pedagogik faoliyatni endigina boshlagan yoki o‘qituvchi xali yaxshi natijalarga erisha olmasligi mumkin. Buning sababi unda pedagogik ko‘nikmasi va malakaning yetarli bo‘lmasligidadir. Agar o‘qituvchi havas bilan aql yuritib, astoydil ishlasa, bunday ko‘nikma va malaka albatta paydo bo‘ladi.
Azaldan mamlakatimiz va atrofimizdagi hududlarda yashab o‘tgan qator allomalarimiz Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, Nosir Xisrav, Alisher Navoiy, Kamoliddin Bexzod, Bobur kabi jahonga mashhur olim, shoir va musavvirlar xalqimizni go‘zalikka intilishga chaqirgan.
Bobomiz Amir Temur xunar va ilm egalari, yirik mutaxassis olimlar yordamiga tayanib matematika, geometriya, me’morchilik, astranomiya, adabiyot, tilshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’at va hattotlik kabi rivojlantirishga katta ahamiyat bergan va Shaharlarning har tomonlama chiroyli hamda ulug‘vor qilishga intilgan.
Download 19.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling