Mundarija kirish. Asosiy qism. Til, lison, me’yor va nutq munosabatlari Til sathlari va birliklari…


Lisoniy munosabat va uning turlari


Download 45.55 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi45.55 Kb.
#1580755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbek tilshunosligida til,lison,nutq tushunchalari talqini

Lisoniy munosabat va uning turlari. Munosabat keng qamrovli tushuncha, bir butunlikning tarkibiy qismi –birliklari orasidagi o‘zaro aloqa va bog‘lanishni anglatadi. Bunday aloqa turlicha bo‘lishi mumkin. Quyidagi gapga diqqat qiling: Ularning ismi Salim va Halim. Bundagi nutqiy birliklar turli munosabat bilan bog‘langan. Ular so‘zi ism so‘zi bilan, u olmoshi -lar qo‘shimchasi bilan ketma-ket, zanjirsimon aloqada. Yoki ism so‘zi uchta tovushning ketma-ketligidan iborat. Bunday chiziqsimon, liniyaviy ketma-ketlik aloqasi sintagmatik aloqa deyiladi. Sintagmatik aloqa lisonda ham, nutqda ham mavjud bo‘ladi. Masalan, kitob leksemasi beshta tovushning birikuvidan iborat nomemaga ega bo‘lib, u lisoniy birlik sanaladi. Shuningdek, yasama so‘z (suvchi, ertapishar), so‘z birikmasi (kitobni o‘qimoq)da ham birikuvchi a’zolar sintagmatik aloqada bo‘ladi.
Sintagmatik aloqani sintaktik aloqadan farqlash lozim. Sintagmatik aloqa barcha til birliklariga xos ketma-ket bog‘lanish bo‘lsa, sintaktik aloqa so‘z va gaplarning hokim-tobelik munosabati. Demak, sintagmatik aloqa va sintaktik aloqani butunlay boshqa-boshqa hodisalar deb ham, shuningdek, ularni bir-biriga aynan tenglashtirish, bir-birini qoplovchi tushuncha sifatida qarash ham mumkin emas. Sintagmatik va sintaktik aloqa butun-bo‘lak munosabatida. Boshqacha aytganda, sintaktik aloqa sintagmatik aloqaning bir ko‘rinishi.
Кo‘pincha, sintagmatik aloqani nutqqagina xos deb tushunish ham uchraydi. Bu – hodisani tor ma’noda tushunish. Yuqoridagi gapda ishtirok etayotgan birliklar orasida pog‘onali munosabat ham mavjud. Pog‘onali munosabat deganda birlikning boshqasi tomonidan qamrab olinishi tushuniladi. Masalan, Halim va Кarim so‘zlari erkak kishining ismi bo‘lib, ayolning ismi bo‘lgan Halima so‘ziga qarama-qarshi turadi. Lekin ularning barchasini ism leksemasi qamrab oladi. ism leksemasi esa, nom leksemasi bilan birgalikda, ot leksemasi tomonidan qamrab olinadi. Uni shartli ravishda quyidagicha tasavvur qilish mumkin

Download 45.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling