Mundarija kirish. Asosiy qism. Til, lison, me’yor va nutq munosabatlari Til sathlari va birliklari…


Download 45.55 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi45.55 Kb.
#1580755
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbek tilshunosligida til,lison,nutq tushunchalari talqini


MUNDARIJA


KIRISH.
Asosiy qism.
1.Til, lison, me’yor va nutq munosabatlari…………………………3
2. Til sathlari va birliklari…………………………………………...8
3. Nutq tushunchasi talqini…………………………………………20
Xulosa……………………………………………………………..23
Foydanilgan adabiyotlar…………………………………………24
Kirish
Til va nutq, dialektikasi nazariy tilshunoslikning, shuningdek, amaliy tilshunoslikning hamda psixologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarning ham muhim va murakkab muammolaridan biri bo‘lib, ayni masala jaxon tilshunosligining doimiy markazida turgan va hozirda ham shunday.
Tayanch tushunchalar: - ilmiy bilish, fahmiy, empirik, nazariy, idrokiy, mantiqiy, grammatik shakl, zohiriy belgi, empirik yondashuv,UMIS va AHVO, WPm, lison, nutq, til, me’yor, fonema, morfema, leksema, qolip, nomema, semema, sema, so‘z, qo‘shimcha, paradigma, paradigmatik munosabat, munosabat, pog‘onali munosabat, partonimik munosabat, giponimik munosabat, totonim, giperonim, ziddiyat, a’zo, belgi, bir o‘lchamli ziddiyat, ko‘p o‘lchamli ziddiyat, ajralgan ziddiyat, muntazam (proporsional) ziddiyat, noto‘liq (privativ) ziddiyat, darajali (gradual) ziddiyat, teng qiymatli (ekvipolent) ziddiyat, ikki a’zoli (binar) va ko‘p a’zoli ziddiyat, doimiy va mo‘tadillashgan ziddiyat, tasnif
Til va nutq, orasidagi dialektik munosabat shundaki, nutq, faoliyati natijasida nutq shakllanadi. Nutq, esa til birliklaridan tuziladi va til birliklariga ajralib ketadi. Til birliklari yana nutq, faoliyati — faolligi uchun xizmat qiladi. So’zlаsh qоbiliyati tushunchаsi оstidа mа‘lum bir jаmiyatgа mаnsub shахsning, shu jаmiyatgа mаnsub tildаn оgоhligi, uning imkоniyatlаridаn fоydаlаnа оlish ko’nikmаsi vа dаrаjаsi аnglаshilаdi.
Kurs ishini vazifasi: til, nutq, so‘z, fonema, morfema, leksema, konstruksiya, umumiylik, xususiylik, belgi, ma‘no o’rganib chiqish.
1. Til, lison, me’yor va nutq munosabati.
UMIS va AHVO munosabati dialektikaning (ya’ni butun borliq – tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosiy yashash) qonuniyatidan biri bo‘lganligi sababli, u har bir fanda o‘ziga xos tarzda xususiylashadi. UMISning tildagi tajallisi lison, AHVOniki esa nutq deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui til deyiladi.
Tilshunoslikda lisoniy va nutqiy jihatni farqlashga intilish ushbu fan bilan tengdosh. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni ko‘rishga intilish bilishning har ikkala bosqichi (fahmiy va idrokiy)da ham mavjud. Shu boisdan aytish mumkinki, bilishning fahmiy bosqichi mutlaq xususiylik bilan o‘ralashib qolmaganligi kabi, idrokiy bosqich ham mutlaq umumiylikni – UMISni tiklay olmaydi. Biroq har bosqich o‘z vazifasiga ega. Chunki har bir davr o‘z fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablarni qo‘yadi. «Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilg‘or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi bo‘lgan fan sohalarining yutuqlari bilan uzviy bog‘liq. Turli fanlarning manbalari ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli, davrning yetakchi falsafiy fikri aniq fanlardan o‘rganish manbaining qaysi tomonlariga alohida e’tibor berish lozimligini, borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda qay usulda aks ettirish yo‘llarini belgilab beradi» (H.Ne’matov). Shu asosda aytish mumkinki, zamonaviy o‘zbek tilshunosligining birinchi bosqichi, dialektika nuqtayi nazaridan, tildagi UMIS va AHVOni bir-biridan farqlamay tasnif etish bosqichi.
Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o‘rganish avvalo, tilshunoslar V.fon Humboldt, B.de Кurtene va F.de Sossyur nomi bilan bog‘liq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida tub burilish sifatida baholanadi. Chunki u mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi.
Tilga, xususan, o‘zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison o‘rnida til atamasi qo‘llanilib, u ko‘p ma’nolilik tabiatiga ega bo‘lganligi sababli ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq so‘zlash qobiliyati ham, nutqi ham ushbu atama bilan yuritilar edi. Shu boisdan nazariyotchi tilshunoslar UMISning tildagi voqelanishiga nisbatan lison atamasini qabul qildilar. Natijada, til, lison, nutq munosabati quyidagicha tushunildi (2-jadval):
2-jadval

TIL

LISON

ME’YOR

NUTQ

Yuqorida UMIS va AHVOning tildagi tajallisi misolida lison va nutqning o‘zaro munosabati haqida kirish xarakterida so‘z yuritildi. Endi unga batafsil to‘xtalinadi.
Til – sof lisoniy qobiliyat va imkoniyat. U tafakkurni shakllantirishga (kodlashtirishga), xotirada qat’iy sistemaga tizib saqlashga, axborotni uzatish va qabul qilishga imkoniyat beruvchi muhim (birlamchi) insoniy ijtimoiy-ruhiy kommunikatsiya vositasi. Tilda bosh ichki ziddiyat – atash (nominativ) va ifodalash (ekspressiv) vazifalarining dialektik birligi.

Download 45.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling