Mundarija kirish. Asosiy qism. Til, lison, me’yor va nutq munosabatlari Til sathlari va birliklari…


Download 45.55 Kb.
bet10/10
Sana18.06.2023
Hajmi45.55 Kb.
#1580755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’zbek tilshunosligida til,lison,nutq tushunchalari talqini

X u l o s a
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, lisonda bor imkoniyatlar-gina nutqda voqelanadi, lisonning imkoniyatlari boy bo‘lib, nutqda uning ma'lum bir qismigina namoyon bo‘ladi deyishdan lison go‘yo azaliy, tug‘ma, mukammal degan fikr tushuniladi. Vaholanki hali tili chiqmagan go‘dakning miyasidagi til xotirasi qismida hech qanday ramz bo‘lmaydi; go‘dak nutqni egallay boshlaganidan keyingina miyasida ramzlar paydo bo‘ladi. Demak, lison azaliy (zot) emas, balki nutq asosida shakllanadigan, to‘ldiriladigan boylik.
Tilning taraqqiyoti nutq yordamida voqe bo‘ladi. Har qanday yangilik, masalan, yangi leksema yasash, boshqa tildan leksema olish avvalo nutqda voqe bo‘ladi, bu yangilik til taraqqiyoti qonunlariga zid bo‘lmasa lisonda ramz sifatida muhrlanadi, ana shundan keyin lisondagi bu ramzdan nusxa olib nutq hosil qilinadi.
Yuqorida aytilgan mulohazalardan xulosa shuki, lisonni mutlaq, azaliy, birlamchi deb qarash asosli emas.
Tilni o‘rganish, o‘rgatish ham lison asosida emas, nutq asosida amalga oshiriladi, chunki bevosita kuzatishda berilgan hodisa – nutq. Nutqni kuzatish orqali til qurilishini, til qurilishining lison deb ataladigan holatini anglashga harakat qilinadi.
Tilshunosning tilni kuzatish, o‘rganish quroli – nutq. Tilga, lisonga xos hodisalarning mohiyati, bu hodisalar orasidagi munosabatlar nutqni kuzatish orqali aniqlanadi. Ushbu qo‘llanmada hozirgi ada-biy o‘zbek tilining qurilishi mavhum fikrlash yo‘li bilan emas, balki bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisalar tahlili asosida bayon qilinadi.
 
 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Искандарова Ш. Тилшунослик назарияси.- Фарғона, 2003.
2. Hojiev A. O’zbek tilshunosligining dolzarb muammolari // O’zbek tili va adabiyoti, 2005 - yil 2-son, 2006 yil 3-son.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. - T., 2005.
4.  Nurmonov A. Lisoniy belgi haqida. - T., 1992. 
5. Неъматов Х., Бозоров О. Тил ва нутқ. Т., 1993.
6. Раҳматуллаев Ш. Тил қурилишининг асосий бирликлари . -Тошкент. “Университет”, 2002.
7. Sayfullayeva R., Qurbonova M., Mengliyev B., Boqiyev G. Hozirgi o’zbek adabiy tili. - Toshkent, 2005.
Download 45.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling