Mundarija: kirish I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari


Inflyatsiyaning shakllari va turlari


Download 0.56 Mb.
bet3/21
Sana19.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1364815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi

Inflyatsiyaning shakllari va turlari
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o`sishi, ya`ni pullarning miqdori o`sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:

  1. Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.

1 chizma Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari.


Milliy pul birligining xarid
qilish qobiliyatini pasayishi


Aholi va xo`jalik sub`ektlarida xorijiy valyutaning jamg`arilishi




Mamlakat aholisida oltinning to`planishi
(tezavratsiya)



  1. Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o`rtasida pulning moddiylashtirish, ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas mulk holatida jamg`arishi jarayoni kuchayadi.

  2. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narxnavolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko`rsataditi, narx-navo va ish haqi o`rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo`lidagi qog`oz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan ta`minlanmagn ortiqcha qog`oz pullarni to`lib-toshishiga olib keladi.

Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir emas, balki bir nechta bo`lib o`zaro mahkam bog`langan bo`ladi va narx-navoning ko`tarilib borishi bilangina namoyon bo`lib qolmaydi, balki narx-navoni boshqarilishiga ham bog`liq bo`ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyatsiya shakllari ajratiladi:

  1. Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa, bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari o`z ta`sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag`batlntirib boradi.

  2. Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko`rinishda bo`ladiki, bunday holatda ba`zi bir iste`mol mahsulotlariga narx-navo ma`muriy tarzda davlat tomonidan o`rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba`zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin o`sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablag`lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo`lmasligi holatlari paydo bo`ladi.

Iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narxnavosi hamda aholini daromadlarini o`sishi vaqtincha to`xtatiladi. Yashirin inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma`muriy nazorat o`rnatishdir. Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va o`zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shakliga bevosita bog`liq bo`ladi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.
Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga chiqishining quyidagi o`rtta omillari mavjud:

  • qog`oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq monopoliyasi;

  • hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini ortishi;

  • kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining ish haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati;

  • iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish sohasida ayrim xo`jalik sub`ektlarining monopoliya (oligopoliya) holatining mavjudligi.

Biz yuqorida ta`kidlab o`tgan omillar nafaqat o`zaro bog`liq, balki ular talab va takliflarning o`sishi yoki pasayishiga turlicha ta`sir ko`rsatadi.
Xorijiy amaliyotda inflyatsiyaning yuzaga chiqishini usullariga asosan quyidagi turlarga ajraniladi: taklif inflyatsiyasi, talab inflyatsiyasi, xarajatlar inflyatsiyasi, kredit inflyatsiyasi, import bilan bog`liq inflyatsiyasi, kutilayotgan inflyatsiyasi.
Taklif inflyatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narxnavoning o`sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflyatsiya turida monopol holatdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish bilan bir vaqtda ulardan to`liq foydalanmaslik natijasida xarajatlar ortadi. Buning natijasida barcha ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan kam chiqarilgan maxsulotlarning narx-navosini o`sishi amalga oshiriladi.
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi mamlakat aholisi va xo`jalik sub`ektlarning daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar hamda ko`rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez o`sadi. Odatda, talab inflyatsiya aholining to`liq ish bilan ta`minlangan holatda yuzaga chiqadi. Aholining daromadlarinig tez sur`atda o`sishi natijasida mahsulotlarga, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlari bo`lgan narx-navo oshadi. Bunday holatda talabnig har qanday o`sishi narx-navoning o`sishiga olib keladi.
Xarajatlar inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi xom-ashyo va energetik resurslarga bo`lgan xarajatlarning o`sishi tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotlar va bajariladigan ishlarning narx-navosini o`sishi natijasida yuzaga chiqadi. Xomashyo va energetik resurslarga bo`lgan dunyo narxlarini ko`tarilishi hamda xorijiy valyutaga nisbatan milliy valyuta kursini pasayishi xarajatlar inflyatsiyasining yuzaga chiqishini asosiy sabablari hisoblanadi. Xarajatlar inflyatsiyasida ma`lum bir mahsulotning narx-navosini o`sishi avtomat ravishda boshqa mahsulotlar narxnavoni o`sishiga olib keladi. Masalan, neft` mahsulotlariga bo`lgan dune bahosinig o`sishi natijasida unga bevosita bog`liq mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlar narx-navosi o`sib ketadi. Xarajatlar inflyatsiyasi taklif inflyatsiyasiga o`xshash, lekin bu inflyatsiyada ba`zi xarajatlarning o`sishi aniq olingan mamlakat iqtisodiyotiga bevosita bog`liq bo`lmagan holatlarda yuzaga chiqishi mumkin.
Kredit inflyatsiyasi. Ushbu inflyatsiya turi mamakat markaziy, ba`zi mamlakatlarda milliy banklari tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi natijasida yuzaga chiqadi. Markaziy bank tijorat binklari uchun. Yuqori darajadagi qayta moliyalashtirish stavkasining o`rnatilishi natijasida xo`jalik sub`ektlariga beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo`jalik sub`ektlari olingan kredit va u bo`yicha foizlarni o`zlari ishlab chiqaradigan mahsulot tannarxiga kiritadi hamda ushbu holat mahsulotlar narx-navosini ko`tarilishiga sabab bo`ladi.
Import bilan bog`liq inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi aniq olingan mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda import qilinadigan mahsulotlarga bo`lgan narx-navoning ko`tarilishi natijasida ba`zi mahsulotlarga bo`lgan narx-navolar zanjir tarzida ko`tarilishi mumkin.
Kutilayotgan inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan olib borilayotgan pul-kredit va byudjet siyosati natijasida joriy yil uchun inflyatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling