Mundarija ma'ruza matеriallari
Ikkinchi bosqichda (etap)
Download 1.01 Mb.
|
Мажмуа ресурс
Ikkinchi bosqichda (etap) – introduksiya uchun chuqur ilmiy-tekshirish ishlari ajratilgan o‘simlik formalari ustida olib boriladi. Bu bosqichda quyidagilar olib boriladi: meva etilishi dinamikasi, tanlangan o‘simlikni asosiy etishtirish usullari, hosildorlik, BFM (biologik faol moddalar) miqdori dinamikasi, mahsulotni sifatini aniqlash. Mevani etilish dinamikasini o‘rganishda, shunday ko‘rsatgichlarga asoslanadiki ularga ob –havo sharoiti, hosildorlik koeffitsienti, ya’ni bor hosilni, olinishi mumkin bo‘lgan hosilga nisbatan. Kam hosildorlikni sabablari ko‘p bo‘lishi mumkin, masalan, gul yoki gul to‘plamlarini yaxshi rivojlanmaganligini, otalik changchini yaxshi rivojlanmaganligi, otaliklarini bo‘lmasligi yoki yaxshi rivojlanmaganligi va hokazo.
O‘simlikni asosiy o‘stirish usullarini ishlab chiqish, va ularda agrotexnik va agrokimyoviy usullarni qo‘llash. Agrotexnikani qo‘llashda o‘simlikni o‘stirishda sanoat texnologiyasini qo‘llash ko‘zda tutiladi, ya’ni urug‘ni optimal muddatlarda sepish (ekish) va urug‘ni qancha chuqurlikka qadash (ekish), o‘simlikni o‘sishiga doimiy qarab turish, uni oziqlantirish maydoni, o‘simlikni ustini yopish usullaridan foydalanish. Agrokimyoviy usullarni qo‘llash esa, o‘simlikni oziqlantirish muddatlari (rejim), hamda o‘g‘it solish orqali hosildorlikni o‘zgarishi, mikroelementar bilan oziqlantirish kabilalarni o‘z ichiga oladi. Tajribalarni o‘tkazish uchun ajratilgan maydon 20 dan 60 m2 gacha bo‘lishi mumkin bo‘lib, o‘simlikni hajmiga bog‘liq. Ishonarli ma’lumotlar olish uchun barcha tajribalar 4 martadan qaytariladi. Mahsulot va urug‘larni hosildoriligini aniqlash uchun hamma tuplarni o‘rish yoki kavlab olish kerak. 1 m2dagi shoxlarni qirqib o‘lchanadi, barglar sonini hisoblanadi, gullar va mevalar quritmasdan va qurigandan keyin tarozida tortiladi. Ayrim tur dorivor o‘simliklarni hosildorligini aniqlash tajribalari orqali, qaysi muddatda hosil yig‘ilganda rental (foyda) bo‘lishi aniqlanadi. BFM miqdorini aniqlash dinamikasi, o‘simlikni rivojlanish fazasiga, yoshiga, ekish (introduksiya) uchun olingan boshlang‘ich materialga, hamda o‘simlikni organi yoki o‘simlikni biror qismini (o‘simlikni olingan muddati va to‘plangan joyini aniqlash uchun. Mahsulot tarkibidagi ta’sir qiluvchi moddani foiz miqdorini hisoblanadi, hamda ma’lum bir maydondan olinishi mumkin bo‘lgan ta’sir qiluvchi modda miqdori. Qachonki yig‘indi moddalardan efir moyi, kumarinlar, flavonoilar va boshqalar miqdori aniqlanganda, ularni tarkibini ham ainqlanadi. 2 chi bosqichni (etap) so‘ngida dorivor o‘simlik mahsuloti sifatiga qo‘yilgan talablarga javob berishi, ya’ni son ko‘rsatkichlar aniqlanadi: (o‘lchamlari, rangi, hidi, mazasi, namligi, kullari va boshqalar), ularni asosida DS, SS yoki FM lar loyihalari tuziladi. Keyin ekiluvchi urug‘ yoki ekiladigan material sanoat bo‘yicha ekish uchun (sanoat miqyosida) etkazib beriladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling