Mundarija
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
iborolarning nutqdagi orni
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘g‘uz lahjasi
Qipchoq lahjasi, asosan, О‘zbekistonning Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax,
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining qqo`loq shevalari birligidan iborat bo‘lib, o‘zbek adabiy tilidan quyidagicha belgilariga ko‘ra farqlanadi: 1) fonetik jihatdan: a) ba’zi shevalarda y undoshi o‘rnida j tovushi qo`laniladi: yo‘l- jo‘l, yomg‘ir-jovmir; b) so‘z oxiridagi g‘ undoshi v tovushi bilan almashtiriladi: tog‘- tov, sog‘-sov, og‘moq-ovmoq; v) so‘z oxirida q, k undoshlari tushiriladi: sariq-sari, kichik-kichchi. 2) leksik jihatdan: mushuk-pishak, do‘ppi-qalpoq, ishkom-voyish. 3) morfologik jihatdan: a) hozirgi zamon davom fe’li –yap||yotir o‘rnida –jatir||votir qo‘shimchasi qo`laniladi: borayapti, borayotir-barajatir, yozayapti-jazavotir; b) tushum kelishigi –ni o‘rnida –di/-ti qo`laniladi: uyni, kitopni-uydi, kitapti . O‘g‘uz lahjasi janubiy Xorazm shevalari birligidan tashkil topgan bo‘lib, adabiy tildan quyidagicha farqlanadi: 1) fonetik jihatdan: a) so‘z boshidagi t tovushi d , k tovushi esa g tarzda talaffuz qilinadi: til-di:l, tog‘-da:g‘, keldi-galdi, ko‘z-go‘z ; b) unlilar qisqa va cho‘ziq talaffuz etilishi bilan farqlanadi: ot-at (hayvon) // a:d (ism) yoz-yaz (fasl) // ya:z (yozmoq); 2) leksik jihatdan: norvon-zangi, do‘ppi-tahiya, ustara-pakki, tog‘a-doyi, rayhon-
3) morfologik jihatdan farqlanib, haratqich kelishigi –ing, jo‘nalish kelishigi –a tarzda qo`laniladi: Hazaraspning olmasi- Hazarasping almasi, bolamga-balama,
Shuni ham qayd etish lozimki, shevalarning bu kabi o‘ziga xos xususiyatlari adabiy tilning matbuot, radio va televideniye, maktab va maorif muassasalari orqali ta’siri asosida asta-sekin yo‘qolib bormoqda. |
ma'muriyatiga murojaat qiling