Muomala madaniyatining milliy xususiyatlari


Download 166.51 Kb.
bet17/21
Sana31.03.2023
Hajmi166.51 Kb.
#1314556
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-30

26 Registon majmuasi.

Samarqanddagi tarixiy obidalarga gid-ekskursovod bilan sayohat uyushtirib, obidalarimizning bugungi ko‘rinishi va unda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maqola tayyorlash uchun Registon majmuasiga yo‘l oldik.


Registonga borgach, bizga hamroh ajratishini so‘rab, dastavval majmua rahbari Xonqul Samarovga uchrashdik.Samarqandda yashab, Registonni ko‘rmaganlar bor ekan...- Majmuaga keyingi yillarda mahalliy sayyohlar oqimi ancha oshdi, - deydi X.Samarov. - Bu ichki turizmni rivojlantirish uchun berilgan imtiyozlar, yengilliklar samarasi, deyish mumkin. Shuningdek, sayyohlik uchun qulay bo‘lgan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi. Ayniqsa, bayramlarda aholining turli qatlamlari o‘rtasida hokimlik, kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan sayohatlar uyushtirilmoqda. Chekka qishloqlardan kelgan aholi “Registonni birinchi bor ko‘rishimiz!”, deb aytishiga ko‘p guvoh bo‘ldim.
Mehmonlarga majmuani to‘liq tanishtirishda gidlarning alohida o‘rni bor. Bizda o‘n nafar gid xodim faoliyat ko‘rsatib, bir necha tilda sayyohlarga majmua haqida ma’lumot beradi. Tarixchi bo‘lganim bois gidlarning sayyohlarga taqdim etayotgan har bir ma’lumotiga e’tibor qarataman va ularni tizimli tarzda imtihon qilib turaman. Sababi, ba’zida afsonalarga ko‘ra, degan birgina iboraning aytilmasligi tufayli xorijliklar ayrim ma’lumotlarni tarixiy haqiqat deb qabul qilishi mumkin.
Registon maydoniga sayohatimizda bizga malakali gid mutaxassis – Xurshida Narziyeva hamrohlik qiladigan bo‘ldi.Majmua o‘rnida bozor bo‘lgan
- Bu hududdan bir paytlar Afrosiyob shaharchasini suv bilan ta’minlab turuvchi katta ariq o‘tgan, - deya Registon bilan bizni tanishtirishni boshlaydi X.Narziyeva. - Ammo vaqt o‘tgan sayin bu suv qurib, o‘rnida qumlik paydo bo‘ladi. Shuning uchun bu joy Registon, ya’ni qumlik joy degan nom olgan.
Maydondagi binolarning uchalasi ham madrasa – XV-XVII asrlarda qurilgan oliy o‘quv yurtlari. XIV asrda ushbu maydon faqatgina bozor vazifasini o‘tagan. Amir Temurning rafiqasi Tuman oqo bu yerda usti yopiq bozor qurdirgan va u “Timi telpakfurushon” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Amir Temur vafotidan so‘ng Mirzo Ulug‘bek fan, ma’rifat, madaniyat sohalariga alohida e’tibor ko‘rsatgan. Shuning uchun 23 yoshida, 1417-1420 yillarda madrasa qurdiradi. Madrasa yonidan esa hozirgi Tillakori hamda Sherdor madrasalari o‘rnida xonaqoh hamda karvonsaroylar qurdirgan. Ushbu karvonsaroylardan tushgan daromad madrasada o‘qiyotgan talabalarga mudarrislik qilgan ustozlarga berilgan. Ushbu binolar bizning kunlargacha yetib kelmagan. Oradan ikki asr o‘tib, o‘sha paytda Samarqand hokimi bo‘lgan Bahodir Yalangto‘shbiy Tillakori va Sherdor madrasalarini qurdirgan va Registon hozirgi ko‘rinishga kelgan.
Ulug‘bek madrasasining peshtoqi yulduzlar bilan bezatilgan bo‘lib, bu allomaning astronom ekanligiga ishora, ikki yonidagi minoralar qad rostlagan. Minoraning biri, ya’ni o‘ng tomondagisi biroz og‘ganiga e’tibor bering. Samarqandliklar bu minorani “Samarqand pizasi”, deb ham atashadi. O‘tgan asrning boshlarida yuz bergan zilzila natijasida minora qariyb ikki metrga og‘gan. 1932 yilda mutaxassislar tomonidan tavakkal ishga qo‘l uriladi, texnologiyalarsiz, uni saqlab qolishga kirishiladi. Mazkur urinish muvaffaqiyatli amalga oshirilib, minora tiklanadi. 1960 yilga kelib, chap minora tiklanadi.
- E’tibor bergan bo‘lsangiz, madrasalarga kirishda ikkita eshik bor, - deya ishora qiladi Xurshida Narziyeva. – Bundan talaba va ustozlar alohida-­alohida eshikdan kirib-chiqqan. Qizig‘i, o‘ng tomon eshik talabalar uchun ajratilgan bo‘lib, “doim ishlari o‘ngidan kelsin”, degan ma’noni mujassam etgan. Talabalarning e’tiborini jalb qilmaslik uchun madrasaga kirish juda oddiy uslubda, qariyb bezatilmagan.
Madrasa ikki qavatli bo‘lib, 56 ta hujra mavjud.
Binoning ikkinchi qavati o‘tgan asrning boshlaridagi zilzila oqibatida vayron bo‘lgan. 1994 yilda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 650 yilligi munosabati bilan madrasada yirik ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.
Madrasa ichkarisida tashkil etilgan muzeyda dars jadvallari, o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati, bobokalonlarimiz nomiga qo‘yilgan kraterlar, Mirzo Ulug‘bekning ilmiy ishlari, Amir Temur davriga oid boshqa eksponatlar o‘rin olgan.



Download 166.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling