Mavzu: Kompyuter injiniringning jamiyatga foydali va xavfli jihatlari
Download 19,28 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilmiy ish Dilmurodova
Ilmiy ish Mavzu: Kompyuter injiniringning jamiyatga foydali va xavfli jihatlari 1.Kirish. Axborot-texnologiyaning jamiyatdagi o’rni 2.Asosiy qism. Axborot-texnologiyaning jamiyatga foydasi va xavfli jihatlari 3.Xulosa. Axborot-texnologiyaning jamiyatdagi o’rni Kirish Xozirgi vaqtda jamiyatni axborot kommunikatsiya texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Har bir mamlakatda zamonaviy axborot-texnologiyalari sohalari rivojlangan. Mamlakatimizda ham hukumatimiz tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish,dasturiy ta’’minot vositalarini ishlab chiquvchilarni ragbatlantirishni yanada kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar bo’lib o’tyapti. Kompyuter injiniringi ham eng talab qilinadigan va yuqori haq to’lanadigan sohalardan biri bo’lib hisoblanib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterizatsiyani rivojlantirish va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish to’g’risida”gi qaroriga binoan mamlakatimizda kompyuter tizimlarini bosqichma-bosqich rivojlantirishning quyidagi muhim vazifalari belgilanadi: - real iqtisodiy sohalarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sferasida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish; - turli aholi qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng foydalanish - uchun sharoitlarni yaratish; - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar potensialini tayyorlashni tashkil etish; - butun mamlakat hududida axborot-kommunikatsion texnologiyalarning texnik infratuzilmasini rivojlantirish; - mamlakatimizda dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqishni rag’batlantirish. Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi o’z natijalarini bermoqda. Asosiy qism Axborot-texnologiyaning jamiyatga foydasi va xavfli jihatlari YUNESKO tomonidan qabul qilingan ta’rifga ko’ra, IT axborotni qayta ishlash va saqlash bilan shug’ullanuvchi kishilar mehnatini samarali tashkil etish usullarini o’rganuvchi o’zaro bog’liq bo’lgan ilmiy, texnologik, muhandislik fanlari majmuasidir; kompyuter texnologiyalari va odamlar va ishlab chiqarish uskunalarini tashkil etish va o’zaro ta’sir qilish usullari, ularning amaloy qo’llanilishi, shuningdek, bularning barchasi bilan bog’liq ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy muammolar. AT ning o’zi murakkab tayyorgarlikni, yuqori boshlang’ich xarajatlarni va bilim talab qiladigan texnologiyani talab qiladi. Axborot texnologiyalari hodisa sifatida ikki qirrali qilichdir. Bu fanning barcha sohalari olimlari o’rtasidagi cheksiz bahs-munozaralar ob’ektidir. Va bahsning asosiy savoli - yaxshi yoki yomonmi? Axborot texnologiyalari dunyoning narigi chekkasidagi turli odamlar bilan uyingizdan chiqmasdan muloqot qilishning cheksiz imkoniyatlarini bildiradi. Lekin kunlar davomida kompyuterdan chiqmaslik, ko’zlar shishgan, kutubxonadagi haqiqiy kitobning shitirlashini eshitmaslik albatta axborot texnologiyalarining salbiy tomonlari. Axborot texnologiyalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari haqida Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligining ‘’Axborot madaniyati to’g’risida’’ gi xatida ham topish mumkin, bolalar va o’smirlarda haddan tashqari ishtiyoq natijasida autism xavfiga ishora qiladi. Ammo bu kompyuterlashishning yagona salbiy ta’siri emas. Insoning bunday salbiy o’zgarishiga misollar: kompyuter o’yinlari, Internet, dasturlash va umuman axborot texnologiyalari uchun sevimli mashg’ulotlar. Afzalliklari Albatta, axborot texnologiyalari ko’p afzalliklarga ega – birinchi navbatda, bu qulaylik. Endi IT inson faoliyatining tobora ko’proq sohalarini qamrab oladi – bu ta’lim, sa’nat va aloqa. Texnologik yutuqlar tufayli odamlar endi mahsulotni sotib olish uchun safarbar bo’lishlari shart emas, chunki ular uni qurilmalaridan bir mata bosish bilan olishadi. Yangi texnologiyalar paydo bo’lishi bilan yangi ish o’rinlari ham yaratilmoqda. Masala, veb- mualliflar, raqamli marketing uchun ma’sullar, video o’yinlar dizayneri va boshqalar. Texnologiya tufayli bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini yaxshiroq saqlab qolish mumkin, kundalik hayotning boshqa ko’plab jihatlari ham mavjud. Raqamli texnologiyalar bizga boshqa olamdagi odamlar, millatlar va madaniyatlar bilan tanishish imkoniyatini berdi. Kamchiliklari Garchi texnologiya sog’liqni saqlash sohasida ajoyib yutuqlarni rivojlantirishga imkon bergan bo’lsa-da, uni o’lchovsiz ishlatadigan odamlarga zarar yetkazishi mumkin. Texnologiyadan haddan tashqari foydalanish odamlar orasidagi masofani keltirib chiqaradi. Masalan: restoranga tashrif buyurish va ko’p hollarda odamlar ovqatlanish paytida juda kam muloqot qilishlarini anglash odatiy holder, chunki ular doimo o’zlarining mobil telefonlarini tekshirishadi. Texnologiya yangi ish o’rinlarini yaratishi mumkin bo’lganidek, eski ish joylarini ham yo’q qilishi mumkin. Masalan: Ilgari bir guruh odamlar qilgan ishni bugungi kunda mashina osonlikcha bajara oladi. Texnologiyalar odamlarning hayotini yengillashtirishiga qaratilgan, ammo bu ma’lum darajada harakatsiz turmush tarzini yaratishi mumkin. Bugungi kunda odamlar kompyuter oldida o’tirishga ko’proq vaqt sarflaydilar, bu esa ularni harakatsiz qiladi. Texnologik o’zgarishlar raqamli giyohvandlarning yangi psixologik profilini yaratadi. Bunga video o’yinlar, mobil telefonlar, televizor yoki Internet misol bo’la oladi. Xulosa Zamonaviy texnologiyaning foydali va zararli jihatlari ham bor. Albatta hamma narsani o’z me’yori yaxshi. Download 19,28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling