Muqaddima
QON HOSIL BO`LISHI (GEMOPOEZ) VA UNING BOSHQARILISHI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
QON HOSIL BO`LISHI (GEMOPOEZ) VA UNING BOSHQARILISHI
Maxsus hujayralarning qiyoslanish jarayonida qon hujayralarining yetuk shakllari hosil bo`ladi va u gemopoez deb ataladi. Hozir aksariyat olimlar tan olgan unitar nazariyaga ko‘ra, qon shaklli elementlarining hammasi yagona polipotent ustun hujayradan rivojlanadi. Ustun polipotent hujayralarning o‘z-o‘zini saqlab qolish qobiliyati juda yuqori. Har bir hujayra 100 martagacha mitotik ravishda bo`linishi mumkin. Ustun hujayralarning bir qismi limfopoezning o‘tmishdoshi bo`lsa, ikkinchi qismidan miyelopoez boshlanadi. Limfopoezning o‘tmishdosh hujayralari B-limfotsitlarning va T- limfotsitlarning o‘tmishdoshlariga bo`linadi. B- limfotsitlarning o‘tmishdoshi plazmoblast va proplazmoblastlar bosqichlaridan o‘tib, plazmotsit (yetuk B-limfotsit) ga aylanadi. T-limfotsitlarning o‘tmishdoshi avval limfoblastga aylanadi, prolimfotsit bosqichidan o‘tib, timusda T-limfotsitga aylanadi. Miyelopoezni boshlovchi hujayralar ichida eritropoetinga va trombotsitopoetinga sezgir hamda maxsus muhitda koloniyalar hosil qiluvchi hujayralar tafovut qilinadi. Koloniya hosil qiluvchi hujayralardan avval monoblastlar, keyin promonotsitlar paydo bo`lib, monotsit yetiladi. Monotsitlar esa turli xildagi makrofaglarga aylanadi. Koloniya hosil qiluvchi hujayralarning boshqa bir qismidan miyeloblastlar paydo bo`ladi. Miyeloblastlar bazofil, neytrofil va eozinofil promiyelotsitlar, miyelotsitlar, metamiyelotsitlat bosqichlaridan o‘tib, donali leykotsitlarni hosil qiladi. Eritropoetinga sezgir hujayralardan eritrotsitlar hosil bo`ladi. Eritrotsitlarning yetilishi 6 bosqichdan o‘tadi: eritroblast, pronormotsit, bazofil normotsit, oksifil normotsit, retikulotsit va yetuk eritritsit. Trombotsitopoetinga sezgir hujayralardan megakarioblast paydo bo`lib, u promegakariotsit va megakariotsit aylanadi. Megakariotsitlardan trombotsitlar ajralib chiqadi. 133 Qon hosil bo`lishi 19 kunlik embrionning sariqlik qopchasida boshlanadi. Bu gemopoezning mezoblastik davri. U embrion 4 oylik bo`lganida tugaydi. Gemopoezning ikkinchi – jigar davri homiladorlikning 6-haftasidan boshlanib, 5-oyida cho‘qqisiga chiqadi. 4-5 oylik homilada qon yaratilishi ko‘mikka o‘tadi. Ammo fetal erotropoez kattalarda qon yaratilishidan farq qiladi. Eritrotsitlar kichiklanib, soni ko‘payadi. Ularda gemoglobin o‘zgaradi: ilk bor paydo bo`lgan eritrotsitlarda primitiv gemoglobin (HbP), homilaning qonida asosan fetal gemoglobin (HbF) va katta odamning qonida HbA uchraydi. Qon hosil bo`lishini asosan gumoral omillar boshqaradi. Xar turdagi shaklli elementlarnin hosil bo`lishi mustaqil yoi bilan boshqariladi. Eritrotsitlarni rivojlanib yetilishi uchun eritropoetin zarur. To‘qimalarda kislorod yetishmovchiligi eritropoetin hosil bo`lishini jadallashtiradi. Bu glikoproteinni asosan buyraklar sintezlaydi. Granulotsitlarning rivojlanishi koloniyalar hosil bo`lishini rag‘batlantiruvchi omilga bog‘liq. Bu modda α 2 -globulinlar turkumidan. Qon hosil bo`lishiga eritropoetindan tashqari, boshqa gormonlar ham ta‘sir qiladi. Masalan, androgenlar eritropoezni kuchaytiradi. Eritropoez B 12 , B 6 va boshqa vitaminlarga muhtoj jarayon. Qon hosil bo`lishining nerv tizimi tomonidan boshqarishi yaxshi o‘rganilmagan. Gipotalamus gipofiz va vegetativ nerv tizimi orqali qon yaratilishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Qon yaratilishini boshqarib turuvchi murakkab mexanizmlar juda aniq faoliyat ko‘rsatadi. Shu tufayli sog‘lom organizmda yemirilayotgan qon tanachalarining miqdori hosil bo`layotgan qon hujayralari miqdoriga teng bo`lib, ular o‘rtasida doimo muvozanat saqlanib turadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling