Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
LIMFA
Limfa – ichki muhit suyuqliklaridan biri. U qondan kelib chiqadi va maxsus limfa tomirlarida oqadi. Suv va ba‘zi moddalar qon kapillyarlaridan hujayralar oralig‘iga o‘tadi, ko‘p qismi yana qonga qaytadi. Filtrlangan suv va unda erigan moddalarning bir qismi limfa kapillyarlariga yig‘iladi. Limfa kapillyarlari birlashib, limfa tomirlarini hosil qiladi. Limfa tomirlari birlashib, oxirida ikkita yirik limfa tomir – ko‘krak va bo‘yin limfa tomirlari vujudga keladi. Ular orqali tanadan yig‘ilgan limfa venalarga tushadi. Limfa tomirlarida suyuqlik bir tomonga – to‘qimalardan qonga harakat qiladi. To‘qimalrdan oqib ketuvchi limfa biologik filtrlar vazifasini bajaruvchi limfa tugunlaridan o‘tadi. Tugunlar tasodifan limfaga tushgan bakteriyalar va yot zarrachalarni tutib qoladi. Limfaning asosiy vazifasi ichki muhitning doimiyligini saqlashdan iborat. To‘qimalar oralig‘idagi oqsillar limfa orqali qonga qaytariladi. Limfa organizmda suvning qayta taqsimlanishinida, moddalar almashinuvida, sut hosil bo`lishida, ovqat hazm qilish va so‘rilish jarayonlarida ishtirok etadi. Limfoid to‘qimadan makrofag, limfotsitlarni va antitelolarni qonga yetkazib, limfa organizmning immun reaksiyalarida ham ishtirok etadi. Limfa ishqoriy muhitga ega bo`lgan suyuqlik. Uning pH 7,35-9,0 atrofida. Turli a‘zolarda limfa hosil bo`lishida sezilarli farq bor. Limfa hammadan ko‘p jigarda hosil 134 bo`ladi. A‘zolarning 1 kg massasiga hisoblanganda, bir kecha-kunduzda jigarda 21-36 ml, yurakda – 5-18 ml, taloqda – 3-12 ml, skelet muskullarida – 2-3 ml atrofida limfa hosil bo`ladi. Katta odam organizmida bir kunda limfa tomirlari orqali qonga 1000-3000 ml limfa oqib tushadi. Turli a‘zolarda hosil bo`ladigan limfa tarkibida ularning modda almashinuviga bog‘liq farq bor. Masalan, jigar limfasi oqsilga boy, ichki sekretsiya bezlarining limfa tomirlaridan olingan limfada gormonlar uchraydi. Ochlikda yirik limfa tomirlaridan olingan limfa deyerli tiniq bo`lib, yog‘lar oz bo`ladi. Yog‘li ovqat iste‘mol qilingandan 3-4 soat o‘tgach yug‘ilgan limfa yog‘ga boyib, sutga oxshab qoladi. Qon va to‘qima suyuqligidan limfa oqsillar miqdori bilan farq qiladi. Odamning ko‘krak limfa tomiridan olingan limfada oqsillarning umumiy miqdori plazmadagi oqsillar miqdorining 60% ini tashkil qiladi. Limfadagi albuminlar miqdori globulinlarnikidan ko‘p. Limfada fibrinogen va protrombin ham bor. Shu sababdan u 10- 15 minutda ivib qoladi. Limfada uchraydigan hujayralar miqdori limfa tugunlardan o‘tgan-o‘tmaganiga bog‘liq. Hali limfa tugunidan o‘tmagan periferik limfada oz miqdorda limfotsitlar uchraydi. Bir-ikkita limfa tugunidan o‘tgan oraliq limfada limfotsitlar soni bir necha marta oshadi. Venalarga quyiladigan markaziy limfaning 1 mm 3 da 2000-20000 limfotsit uchraydi. Markaziy limfada hujayralar soni limfa tugunlarida rivojlanib, yetilgan limfotsitlar hisobiga ko‘payadi. Limfada hazm tizimining gidrolitik fermentlari va gormonlarini ham uchratish mumkin. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling