85. Yoshlarni axborot xurujlaridan asrash asoslari.
Javob: XX asrning oxiri va asrimiz boshiga kelib hayotimizda “axborot asri”, “axborotlashgan jamiyat”, “axborot xuruji” kabi tushunchalar paydo boʼldi. Bu esa bugungi kunda axborot tushunchasining ahamiyati oshganligidan, qamrovi kengayganligidan, maqsad-muddaosi oʼzgarayotganligidan darak beradi.Аxborot endi biror jarayon, voqelik yoki hodisa haqida xabar berish maʼnosidan chetga chiqib, insonlar ongi va ruhiga taʼsir etishning, jamiyatda mavjud qonun-qoidalarni va butun dunyo eʼtirof etgan umuminsoniy qadriyatlar va tushunchalarni maʼlum maqsad atrofida birlashgan ayrim guruh va jamoalarning manfaatlariga xizmat qiluvchi oʼziga xos yangi talqinlarini yuzaga chiqarishning; siyosiy, iqtisodiy, harbiy, diniy va boshqa bir qancha qarashlarning targʼibotchisiga aylanib bormoqda. Buning natijasida, insoniyat taraqqiyotining ayni pallasida axborotning omma ongiga taʼsiri va uning salbiy oqibatlari jamiyatning jiddiy muammolaridan biriga aylanib ulgurdi.
89. Global tarmoq: axborotning informatsion xarakteri va psixologik tajovuz
Javob: XX asrning ikkinchi yarmi va, ayniqsa, XXI asr boshlanishida tezkor, keng ko’lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalari zamonaviy rivojlanishning asosiy belgisi sifatida barcha jabhalarga kirib keldi. Shu boisdan ayni paytda axborot makonining globallashuvi butun dunyo taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatgan va ko’rsatayotgan omil sifatida e’tirof etiladi. E’tiborli jihati shundaki, mamlakat ichkarisidagi va tashqi dunyodagi faol axborot almashuviga odamlarning ehtiyoji ham jadal ortib bormoqda. Axborot sohasining bunday tezlik bilan rivojlanishi va undagi keng ko’lamli imkoniyatlarning o’sishi, jamoatchilik va davlat hayotidagi turli yo’nalishlarda keng tarzda ishlatilishi bugun kishilar ongiga, ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita ta’sir etmay qolmayapti. Shuningdek, axborot resurslaridan davlatlararo muloqotlarda, tegishli geosiyosiy maqsadlarga erishishda unumli, faol foydalanish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.8 Bunday intilish, ayniqsa, mazkur sohada sezilarli darajada manfaat keltiradigan zamonaviy axborot texnologiyalariga ega bo’lgan rivojlangan davlatlarga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |