Mustaqil ish mavzu: Eron ahamoniylari tangalari Bajardi: Avazxonov Tohir Qabul qildi: O‘tanov Xurshid Toshkent 2023 Reja


Qadimgi Eron manbalari, tarixnavisligi hamda o‘tkazilgan tanga islohotlari


Download 44.16 Kb.
bet3/5
Sana09.02.2023
Hajmi44.16 Kb.
#1181740
1   2   3   4   5
Bog'liq
Eron ahamoniylari tangalari

2. Qadimgi Eron manbalari, tarixnavisligi hamda o‘tkazilgan tanga islohotlari.
Qadimgi Eron xilma-xil yozma manbalarga boy hujjatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Eron saltanati tarixi bilan bog'liq yozma manbalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular orasida xo‘jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, podsholarning viloyat hukmdorlariga yuborgan farmonlari, buyruqlari, ko‘rsatmalari, amaldorlarning bir-birlariga yozgan maktublari, ayrim shaxslarning xatlari, diniy, ilmiy va adabiy matnlar shular jumlasidandir. Ularning eng qadimgilari mil.avv. Ill-I mingyillikka oid elam tarixi haqidagi turli mazmundagi matnlarki, ular elam va akkad tillarida yozilgan. Hozirgi kungacha 200 ga yaqin ponasimon (mixsimon) yozuvlari orasida Kirmon shahrining sharqidagi Behistun qoyasiga o‘yib yozilgan katta xat juda muhim ahamiyatga ega. Bu yozuvda Eron shohi Doro I Kambiz olgandan keyin mamlakatda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni qanday qilib bostirgani, barcha isyonchilarni qanday tor-mor qilgani, saklarga qarshi qo‘shin tortib borib, Eron davlatining yahlitligini qanday qilib tiklagani va boshqa siyosiy voqealar mufassal ta'riflanadi. Suvaysh kanali hududida saqlangan va Misr tiliga tarjima qilingan qadimgi Eronning ponasimon mixxati ham shu shohga mansubdir. Doro I ning muhim yozuvlaridan biri Persepol shahridan bir necha km shimoldagi Naqshi Rustam qoyasiga yozilgan yozuvlardir. Bu yozuvda Eron shohligi tarkibida bolgan mamlakatlar va viloyatlarning ro‘yxati berilgan. Shuningdek, Suza shahrida ham g‘isht va marmar lavhalarga bitilgan ko‘p yozuvlar borki, unda Doro I ning Suza saroyi qurilishi bilan bog‘liq faoliyati haqida malumot beriladi.
1972-yilda fransuz arxeologlari Suzadan Doro I ning uch metr balandlikdagi haykalini topganlar. Haykalda shohning boshi saqlanmagan qadimgi, Persepol va Pasargaddan esa Kserks yozuvlari topilgan. Bu yozuv qadimgi eronliklarning dinini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Unda qadimgi qabila xudolari man etilib, davlatga siginish rasm qilingani aytilgan. Eroniylarning diniy e’tiqodi va qarashlarini o‘rganishda zardushtiylik dinining 21 kitobdan iborat “Avesto" ham qimmatli manba hisoblanadi. Beruniy xabariga ko‘ra “Avesto” 12 ming qoramol terisiga tillo suvi bilan yozilgan ekan. Persopoldan mil.avv. VI-V asrlarda elam tilida yozilgan bir necha ming ponasimon hujjatlar topilgan. Bu matnlar shox arxivining bir qismi bo‘lib, unda oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, soliqlar masalasi, davlat amaldorlarini maosh bilan ta’minlash kabilar haqida malumot beriladi. Qadimgi eroniy qabilalari haqida mil.avv. IX-VII asrga mansub ossur yozuvlari ham qimmatli malumot beradi. Bobilning tarixiy hujjatlarida Eron qo‘shinlarining Mesopotamiyani bosib olishi bayon etilgan, Bu voqealar haqida akkad tilida tuzilgan silindr Kir II da ham bayon etiladi. O‘sha davrda Eron hududida oromiy tili ham keng tarqalgan edi. Oromiy tilida yozilgan papiruslar, toshlar, terilar, muhr va tangalar uchraydi. Bu yozuvlar Misrdagi Elefantin orasidagi Hind daryosigacha bo‘lgan joylarda, shuningdek Eronda ham keng tarqalgan edi. Bu hujjatlarda Eron tarixi va madaniyati, aholining xo‘jalik hayoti haqida ko‘pgina malumotlar keltirilgan. Eronliklar Misrni istilo qilgan va Eron shohlarining Misrda hukmronlik qilgan paytidagi misr yozuvlari ham katta ahamiyatga ega. Masalan Saisdagi ma’buda Neytning bosh ruhoniysi kohin Ujagorryasentning yozuvi ham Misrning oliy kohini bilan Eron shohi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni aniqlashga imkon beradi. Demak, Erondan va unga tutash yerlarda topilgan xilma- xil yozuvlar qadimgi Eron tarixi va madaniyatini o‘rganishda qimmatli manba hisoblanadi.
Qadimgi Eron tarixi, moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘rganishda arxeologik qazishlar natijasida topilgan buyumlar ham katta ahamiyatga ega. Eronda dastlabki arxeologik qazish ishlari XIX asr o‘rtalarida boshlangan. Arxeolog Flanden va Kosta Persepoldagi saroyda dastlabki arxeologiya qazish ishlarini olib boradilar. Ular bu yerdan haykaltaroshlikka oid yodgorliklarni topishga muyassar bolib, Eron shohlarining taxt zalini tiklamoqchi bo‘ladilar. XIX asrning oxirlarida esa de Morgan Suzada ulkan arxeologik qazish ishlari o‘tkazib, tosh qurollar ishlatilgan eng qadimgi (arxaik) zamonlardan to Eron davlatining ravnaq topgan davrigacha, ya’ni Suza Eronning muhim ma’muriy va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan davrgacha yetib kelgan bir qancha arxeologik qatlamlarni topdi. Nihoyat XX asrda Qadimgi Eronning poytaxti Persepolda arxeologik qazish ishlari o‘tkazildi. Qazishlar natijasida bu yerdan katta bir saroyning xarobalari topib o‘rganildi. Saroy devorlariga bo‘rtma-qabariq rasmlar solib bezatilgan keng zinapoyadan chiqilgan. Katta-katta darvozalar oldiga esa shoh saroylarini qo‘riqlovchi bahaybat qanotli buqalarning haykallari ishlangan. Persepoldan topilgan ajoyib san’at yodgorliklari orasida shohning surati, shuningdek, ilohga turli xil sovg‘a-salomlar olib kelayotgan xiroj to‘lovchi qabilalarning surati ayniqsa qiziqarlidir. Keyingi vaqtlarda Eron arxeologiyasiga qiziqish kuchaydi. Arxeologlar qadimshunoslar Tanjedar, Tepa-Aelab degan joylarda arxeologik qazishlar o‘tkazib, mezolit va neolit davriga mansub qishloq va qabristonlarni topganlar. Bu yodgorliklarning madaniy qatlamlaridan qadimiy sopol buyumlar Suza, Persepol, Dur-Untash va boshqa joylardan ajoyib shoh saroyi, ibodatxona, qalin mudofaa devorlari topilgan. Ular mahobatli haykallar, devoriy rasmlar, qimmatbaho ma’danlardan yasalgan ritonlar, qurol-aslahalar va ziynat buyumlari bilan bezatilgan.
Qadimgi Eron tarixini o‘rganishda xorijiy mamlakatlarning olimlari katta yutuqlarga erishgan. Bular qatorida M.M.Dvakonov, R. Fraya, Dj.Kameron, V.Xini. Y.B.Yusifov, I. M. Dуаkоnоv, B.A.Turayev, V.V.Struve, E.A.Granovskiy, M.A.Dandamayev, V. I. Abayev, V.I.Avdiyev, G.Maspero, Ed.Meyer, J.Dyushen-Gilmen, G.Videngren va boshqalarning xizmati kattadir. Shuni ta’kidlash kerakki, qadimgi Eron tarixi madaniyat va xo‘jaligini o‘rganishda mil.avv. V -IV asrda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” kitobi, Fukididning “Tarix” asari, “Anabasis”, mil. avv. V asrda yashagan Diadorning “Tarixiy kutubxona” asarlari nodir manbalar hisoblanadi. Shunday qilib olimlar qadimgi Eron tarixini o‘rganishda qadimgi ponasimon, iyeroglifda yozilgan matnlar, arxiv hujjatlari, arxeologik yodgorliklarning madaniy qatlamlaridan topilgan ashyoviy buyumlar hamda qadimgi mualliflarning qadimgi Eron haqida yozib qoldirgan asarlaridan keng foydalanganlar. Shuningdek, qadimgi Elam, Midiya va Eron tarixini o‘rganishda G.Kardashin, G.Petgov, E.Zeydlya, I.P.Veynberg, M.Delafus, J. de Morgan, R.de Mekenem, R.Grishman, E.Nechaxban, V.M.Masson va boshqa olimlarning xizmatlari benihoya kattadir.
O‘zbekiston hududiga birinchi tangalar Eron Ahamoniylar bilan darik va tsikllar kirib kelgan. Eramizdan avvalgi VI-V asrlarda Ahamoniylar saltanatiga katta o‘lkalar tobe bo‘lgan. Old Osiyo, shuningdek, O‘rta Osiyoning qadimiy viloyatlari - Baqtriya (Tojikistonning janubi va O‘zbekiston, Shimoliy Afg‘oniston), Sug‘d (Zarafshon va Qashqadaryo vodiysi), Xorazm hududlari kirgan. Ahamoniylar saltanati satraplarga bo‘lingan bo‘lib, ularni noib - satraplar boshqargan.
Doro I tomonidan bir necha islohotlar amalga oshirilgan, bu islohotlardan biri pul islohoti edi. Doro I saltanatni alohida viloyat-satrapliklarga bo‘lib idora qilgan. Har bir satraplik har yili davlat xazinasiga ma’lum miqdorda soliq to‘lagan. Soliq miqdori kumush talantda belgilangan (bir talant 34 gr. oltin). Satrapliklardan soliq olishning yagona tizimi ishlab chiqilib, unga ko‘ra Doro I oltin darik tanga birligiga teng edi. Bir darik 8,4 gr oltinga, 20 kumush tangaga, bir tanga 5,6 gr kumushga teng edi. Oltin darikni faqat shahanshoh, kumush tangani esa viloyat hokimlari zarb etishi mumkin edi.2
E.V.Rtveladze Markaziy Osiyo ilk tanga paydo bo‘lgan joylar sarasiga kirmaydi. Buning sababi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sustligidir. Markaziy Osiyo hududida dastlabki tangalar Eron Ahmoniylari davrida muomalaga kiritildi. Jumladan, saklar va Kaspiy hududi 15–satraplik bo‘lib, ular Doro I xazinasiga yiliga 250 talant jarima to‘laganlar3. Parfiya, Xorazm, So‘g‘d va Areya (Eronning shimoli-sharqiy hududi) birga 16-satraplikni tashkil etgan, har yili 300 talant o‘lpon to‘lagan. Markaziy Osiyo hududi Ahamoniylar tomonidan 3 ta satraplikka bo‘linib idora etilgan. Baqtriya, Marg‘iyona bilan birgalikda 21-satraplikni tashkil etgan. U podsho xazinasiga yiliga 360 talant jarima to‘lagan. Bu davlat tomonidan eramizdan avvalgi VI asrning 30-yillarigacha oltin (darik) hamda kumush (tsikl) tangalar zarb etilgan.
Markaziy Osiyo hududidan topilgan eng qadimgi tanga bu - Ahamoniylarning darigi bo‘lib, Tukmaniston hududidan topilgan. O‘zbekiston territoriyasida XIX asr oxiri XX asr boshlarida kolleksionerlardan sotib olingan Ahamoniylaming qator dirik - (oltin tanganlari) va sikllarini - (kumush tangalari) sotib olinishi Ahamoniylar davriga mansub tilla va kumush pullarni Sug‘d va Baqtriyaga kirib kelganligidan dalolat beradi. Gerodotni yozib qoldirilgan ma’lumotlarga qaraganda Sug‘d, Xorazm, Baqtriya Ahamoniylarga talent ya’ni pul birligida о‘lроn to‘laganlar. Tanga zarb etish O‘rta dengiz bo‘yi mamlakatlariga tez tarqaldi. Miloddan awalgi VI asrda esa, Eron va Markaziy Osiyo kattagina qismini o‘z ichiga olgan Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirib bordi.


Download 44.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling