Kompilyator dasturlash tilida yozilgan dastur kodini tólaligicha óqib, mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yig'adi. Interpretator


Download 23.66 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi23.66 Kb.
#1162001
Bog'liq
Oraliq savollari-umumiy dasturlash



1.2,3.4.5.6.7.8 javoblari

  • Inson kabi kompyuter ham óziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter tushunadigan til bólib, u cheklangan lug'at va qat'iy yozish qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan "til" DASTURLASH TILI deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs óz dasturini bemalol tuza oladi. Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni tóg'ridan - tóg'ri tushunmaydi. Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli ótkazib beruvchi) tarjimon tili - translyatordan foydalaniladi.

  •  KOMPILYATOR dasturlash tilida yozilgan dastur kodini tólaligicha óqib , mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yig'adi.

  • INTERPRETATOR dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -bosqich mashina kodiga aylantirib , tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma- ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bólsa, ósha zahoti xabar beradi.

Dasturlash tillari juda kóp bólib, ularning har biridan óziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqida ma'lumotlar bilan tanishamiz.

  • C kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun móljallangan til.

  • JAVASCRIPT interfaol web-saytlarni yozish uchun móljallangan til.

  • JAVA kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun móljallangan dastur yozuvchi til.

  • PHP dinamik web-saytlar yaratish uchun móljallangan til.

  • PYTHON turli masalalarni yechish , sun'iy intellekt tizimlari uchun móljallangan dasturlash tili.

  • Kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni bir necha bosqichni óz ichiga oladi.

  • Birinchi bosqichda dastur uchun talab aniqlanadi. Ushbu jarayonda dasturning qanday maqsadda qóllanilishi, kirish va chiqish ma'lumotlari aniqlanadi. Dastur va resurslarni ishlab chiqish , uni joriy etishning narxi baholanadi.

  • Ikkinchi bosqichda dastur loyihasi ishlab chiqiladi. Dasturchilar uchun texnik topshiriq va vazifalar shakllantiriladi. Ishchi hujjatlar hamda ish rejasining grafigi tuziladi 

  • Uchinchi bosqichda dastur kodi yoziladi. Bu kodlash (dasturlash) jarayoni bólib, tuzilgan algoritm dasturlash tilida yoziladi.

  • To'rtinchi bosqichda kodlash jarayoni tugab, dasturdagi xatoliklarni aniqlash va testlash boshlanadi. Bu jarayonda dasturning tóg'ri tuzilganligi , ishlash samaradorligi va boshqa parametrlariga aniqlik kiritiladi.

  • Beshinchi bosqichda dastur amaliyotga joriy etiladi. Agar dastur aniq buyurtmachi talabiga muvofiq yaratilgan bólsa, u holds bu bosqich eng muhim bosqich sanaladi. Bunda avvalgi dasturda foydalanilgan qurilma va ma'lumotlar yangi dasturga moslanadi. Ushbu dastur bilan ishlovchi mutaxassislar óqitiladi.

  • Oltinchi sónggi bosqichda qóllab- quvvatlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda foydalanuvchilarga tavsiyalar beriladi. Shuningdek , foydalanuvchi xohishini inobatga olgan holda, ish jarayonida yuzaga kelgan kamchilik va takliflar asosida dasturga

  • Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir. Algoritm — maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri.

Algoritmlarni tasvirlashning usullari

  • So‘zlar yordamida ifodalanishi bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko‘rsatma tabiiy tildagi jumlalar, so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi.

  • Formulalar yordamida ifodalanishi bu usulda algoritmning har bir amali matematik formulalar yordamida ifodalanadi.

  • Jadval yordamida ifodalanishi algoritmning jadval tarzda tasvirlanishidan ham ko‘p foydalanamiz.

  • Grafik shaklda ifodalanishi algoritmning bu ko‘rinishdagi ifodasi sizga avvaldan tanish, chunki matematika kursida chizilgan grafiklarning aksariyati algoritmning grafik usulda berilishiga misol bo‘ladi.
  • Dastur shaklida ifodalanishi оzirgi kundа judа ko‘p аlgоritmik tillаr mаvjud bo‘lib, ulаrni dаsturlаsh tillаri dеb аtаymiz.


  • Algoritm tushunchasi .Algoritmning matnli ifodasiga misol sifatida qadimiy ikki sonning eng katta umumiy bo’luvchisini topish (Evklid) algoritmini keltirish mumkin. Masalan A va B sonlarining eng katta umumiy bo’luvchisi topilsin.

Algoritmi:

  • 1) kattasidan kichigini ayiramiz,

  • 2) agar ayirma kichik songa teng bo’lsa bu ayirma eng kichik bo’luvchi sifatida olinadi, aks holda ayirma va berilgan sonlarning kichigi uchun 1) bosqichga qaytiladi, ya’ni ayirish amali toki ayirma va ayiriluvchi son teng bo’lguncha davom ettiriladi

9.
Download 23.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling