Mustaqil ishlash uchun misol va masalalar


Download 56.84 Kb.
bet2/2
Sana08.05.2023
Hajmi56.84 Kb.
#1445017
1   2
Bog'liq
2-amaliy mash

Javobi. .
23. Sexda 6 erkak va 4 ayol ishchi ishlaydi. Tabel nomerlari bo‘yicha tavakkaliga 7 kishi ajratilgan. Ajratilganlar orasida 3 ayol bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi.
24. Yashikda 15 ta mahsulot bo‘lib, ularning 10 tasi a’lo sifatli. Tavakkaliga olingan beshta mahsulot orasida 3 tasi a’lo sifatli bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi.
25. Gruppada 12 talaba bo‘lib, ulardan 8 tasi a’lochi. Ro‘yxat bo‘yicha tavakkaliga 9 talaba ajratilgan. Ajratilganlar orasida 5 a’lochi talaba bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi.
26.Qutida 5 ta bir xil buyum bo‘lib, ularning 3 tasi bo‘yalgan. Tavakkaliga 2 ta buyum olingan. Olingan ikkita buyum orasida: a) bitta bo‘yalgan buyum; b) ikkita bo‘yalgan buyum; c) hech bo‘lmaganda bitta bo‘yalgan buyum bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi. a) b) c)
27. “Maxfiy” qulfning umumiy o‘qida 4 ta disk bo‘lib, ularning har biri 5 ta sektorga bo‘lingan va sektorlarga turli raqamlar yozilgan. Disklarni ulardagi raqamlar aniq to‘rt xonali son tashkil qiladigan qilib o‘rnatilgan holdagina qulf ochiladi. Disklarni ixtiyoriy o‘rnatishda qulfning ochilish ehtimolini toping.
Javobi.
28. 100 ta detalli partiyadan texnik kontrol bo‘limi 5 ta nostandart detal topdi. Nostandart detallar chiqishining nisbiy chastotasi nimaga teng.
Javobi.
29. Asboblar partiyasini sinov vaqtida yaroqli detallarning nisbiy chastotasi 0,9 ga teng bo‘lib chiqdi. Agar hammasi bo‘lib 200 ta asbob sinalgan bo‘lsa, yaroqli asboblar sonini toping.
Javobi. 180 ta asbob.
30. Radiusi bo‘lgan doiraga radiusi bo‘lgan kichik doira joylashtirilgan. Katta doiraga tashlangan nuqtaning kichik doiraga xam tushish ehtimolini toping. Nuqtaning doiraga tushish ehtimolini doira yuziga proporsional bo‘lib, uning joylashishiga bog‘liq emas deb faraz qilinadi.
Javobi. .
31. Tekislik bir-biridan masofada joylashgan parallel to‘g‘ri chiziqlar bilan bo‘lingan. Tekislikka radiusi bo‘lgan tanga tavakkaliga tashlangan. Tanga to‘g‘ri chiziqlarning bittasini ham kesmaslik ehtimolini toping.
Javobi.
32. Bir- biridan 6 sm masofada yotgan parallel to‘g‘ri chiziqlar bilan bo‘lingan tekislikka radiusi 1 sm bo‘lgan doira tavakkaliga tashlangan. Doira to‘g‘ri chiziqlarning hech birini kesmaslik ehtimolini toping. Nuqtaning kesmaga tushish ehtimoli kesmaning uzunligiga proporsional bo‘lib, uning joylashishiga bog‘liq emas deb faraz kilinadi.
Javobi.
33. Tekislikda radiuslari mos ravishda 5 sm va 10 sm bo‘lgan ikkita konsentrik aylana chizilgan. Katta doiraga tavakkaliga tashlangan nuqtaning aylanalardan hosil bo‘lgan halqaga ham tushish ehtimolini toping. Nuqtaning yassi figuraga tushish ehtimoli bu figuraning yuziga proporsional bo‘lib, uning joylashishiga esa bog‘liq emas deb faraz qilinadi.
Javobi.
34. Radiusi R bo‘lgan doira ichiga tavakkaliga nuqta tashlangan. Tashlangan nuqta doiraga ichki chizilgan: a) kvadrat ichiga; b) muntazam uchburchak ichiga tushish ehtimolini toping. Nuqtaning doira bo‘lagiga tushish ehtimoli bu bo‘lakning yuziga proporsional bo‘lib, uning doiraga nisbatan joylashishiga esa bog‘liq emas deb faraz qilinadi.
Javobi.
35. Kubga shar ichki chizilgan. Kub ichiga tavakkaliga tashlangan nuqta shar ichiga tushish ehtimoli toping.
Javobi.
36. Tez aylanadigan disk juft sondagi teng sektorlarga bo‘linib, sektorlar birin-ketin oq va qora ranglarga bo‘yalgan. Diskka qarata o‘q uzilgan. O‘qning oq sektorlardan biriga tegish ehtimolini toping. O‘qning yassi figuraga tegish ehtimoli bu figuraning yuziga proporsional deb faraz qilinadi.
Javobi.
37. Yashikda 15 ta detal bo‘lib, ulardan 10 tasi bo‘yalgan. Yig‘uvchi tavakkaliga 3 ta detal oladi. Olingan detallarning bo‘yalgan bo‘lishi ehtimolini toping.
Javobi. .
Download 56.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling