Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari


Rahbar faoliyatida muzokara


Download 22.99 Kb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi22.99 Kb.
#191246
1   2   3
Bog'liq
I.AKBAR

 

Rahbar faoliyatida muzokara. 

Muzokara olib borish ko‘lami juda keng bo‘lib, bu soha tashkilotdagi ayri ziddiyatli  holatni  ijobiy  yo‘nalishda  hal  etishdan  boshlab,  toki  sarmoya  jalb  etishdagi  qulay  pozisiyani  qo‘lga  kiritishga  va  hatto  ziddiyatdagi  tomonlarni yarashtirish  yo‘lida  vositachilik  vazifasini  bajarish  maqsadida  ham  qo‘llaniladi. 


Shu  bois,  rahbar  muzokara  olib  borishga  oid  asosiy  qonun  va  qoidalarni  bilishi,  ulardan  amaliy  tarzda  foydalana  olishi  lozim.  Muzokara  bu,  nafaqat  biron  masala 

yuzasidan  fikr  almashish,  balki  muzokara  ishtirokchisi  bo‘lmish  rahbar  orqali  uning  tashkiloti  haqida  xulosa  chiqarish  manbai  hamdir.  Demak,  muzokara  olib borish  mahoratiga  ega  rahbar  hatto  o‘rtame‘yona  tashkilotni  ham  boshqa  raqobatdosh tashkilotga nisbatan afzallik tomonini namoyon etish qobiliyatiga ham ega.  Ushbu  jumlalarni  o‘qigan  o‘quvchida  muzokara  bu,  yo‘q  narsani  bor  qilib  ko‘rsatish  mahorati  emasmikan,  degan  fikr  tug‘ilishining  mutlaqo  tarafdori emasmiz.  

Rahbar  o‘z  tashkiloti  imkoniyatlari,  uning  kuchli  tomonlarini  yaxshi 

tasavvur  qila  olishi  va  bu  xususiyatlarni  yanada  ijobiy  tarzda  taqdim  etabilishi  lozim. Bu jarayon rahbardan nafaqat o‘ziga, balki, tashkilot xodimlariga ishonchni, kelajakka  katta  umid  bilan  qarashni  va  shaxsning  muvaffaqiyatga  yo‘nalishini  ifodalaydi.  

Muzokaralar  turli  sharoit  va  tomonlar  ishtirokida  o‘tadi.  Bu  esa,  muzokaraning  oson  kechmasligini,  bu  jarayon  davomida  turli-tuman  kutilmagan omillar  ta‘siri  mavjudligini  asoslaydi.  Odatda  muzokara  har  qanday  murakkab  tuzilma singari bir necha asosiy bo‘laklardan iborat: muzokara mazmuni, muloqot, munosabatlar,  tadbirlar  (qoidalar,  muhokama  tartibi,  protokol).  Muzokaraning  jarayon sifatida murakkabligi shundaki, ushbu sanab o‘tilgan har bir qism dolzarb ahamiyat  kasb  etadi  va  muzokara  natijasining  hal  etishga  o‘z  ulushini  qo‘shadi. 

Masalan,  muzokaraga  oldindan  tayyorlanish,  hamma  hujjatlarni  batafsil  o‘rganib, mulozamat  qoidalarini  o‘rniga  qo‘yib  ijro  etish  mumkin,  lekin  hamsuhbatimiz  milliy  xususiyatiga  oid  ba‘zi jihatlarga e‘tiborsizligimiz butun urinishimizni zoye ketkazishi mumkin. Bu jihatlarni muzokaraning tashqi tomoni, po‘stlog‘i deb atash  mumkin.  Lekin  bu  jarayonning  ichki  tomoni  ham  borki,  unda  muzokaraga tayyorlangan  tomondan  qator  vazifalarni  amalga  oshirish  talab  etiladi.  Bu  vazifalara qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:  

 o‘zga tomonda qiziqish uyg‘otish; 

 masala yuzasidan o‘z nuqtai nazarini to‘g‘ri tushuntirishga erishish va shu 

bilan birga o‘zganing qarashi haqida to‘la-to‘kis tasavvurga ega bo‘lish; 

 o‘zga tomonda xayrixohlik harakatlarini uyg‘otish; 

 birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish va o‘zgada mas‘uliyat uyg‘otish.  

Ushbu  vazifalarni  amalga  oshirish  muzokaraning muvaffaqiyatini  ta‘minlovchi asosdir.  

Rahbar  vakolatidagi  imkoniyatlardan  kelib  chiqqan  holda  aytish  mumkinki, tashkilot  rahbari  olib  boradigan  muzokaralar  ichki  yoki  tashqi  turlarga  bo‘linishi mumkin.  Ichki  muzokaralar  –  tashkilot  ichidagi  muammoga  yo‘nalgan  bo‘lib,  ushbu  muzokarani  qo‘llash  zarurati  mazkur  sharoitda  boshqaruvning  odatiy uslublari  o‘z  kuchini  yo‘qotganligi  bilan  asoslanadi.  Bundan  tashqari  tashqi  muzokara  ham mavjud va  u  o‘z navbatida  bir  necha  darajaga  bo‘linishi  mumkin: mamlakat  doirasidagi  sohada,  sohalararo  va  xalqaro  muzokaralar.  qayd  etilgan  pog‘onalarga  qanchalik  yuqori  ko‘tarilsak,  bunda  amalga  oshuvchi  muzokaraning ahamiyati  ham  shunchalik  oshib  boraveradi.  Xo‘sh,  qanday  holda  muzokaraga  murojaat  etiladi  va  qay  sharoitda  muzokarasiz  ham  ish  ko‘rish  mumkin. 


Muzokaraga  murojaat  etish  hollari  quyidagicha:  bir  tomonlama  harakat  natija  bermaydi;  masalaning  yechimi qonun bilan belgilanmagan;  masalani sudgacha  hal tish samaraliroq bo‘lgan taqdirda va shu kabi nostandart vaziyatlarda.  

Odatda  muzokaralarning  tashkiliy,  huquqiy,  axloqiy tomonlari farqlanadi va ular  muzokara  shakliga  ko‘ra  turlicha  mazmunga  ega.  Masalan,  xalqaro  munosabatlar  sohasidagi  muzokaralar  aniq  qayd  etilgan  qoida  va  me‘yoriy tomonlariga  ega  bo‘lsa,  xo‘jaliklararo  uchrashuvlar  doirasidagi  ko‘pgina  uchrashuvlar  tomonlarning  qo‘l  siqishi  orqali  ham  tasdiqlanib  ketaveradi.  Lekin muzokara  qay  darajada  amalga  oshirilmasin  uning  natijasi  kelishuvdan  va  ushbu  kelishuvni u yoki bu shaklda qayd etishdan iboratdir.  


Download 22.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling