Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari


Muzokara olib borish bosqichlari


Download 22.99 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi22.99 Kb.
#191246
1   2   3
Bog'liq
I.AKBAR

 

3.Muzokara olib borish bosqichlari. 

Muzokaraning samarali o‘tishi  ko‘p jihatdan amalga oshirilgan tayyorgarlik jarayonining puxtaligiga bog‘liq. Bu xususida tadqiqotchi R.I.Mokshanov quyidagi 

tadbirlarni amalga oshirish dasturini taklif etadi: 

1.Muzokara maqsadini aniq ifodalay bilish. 

2.Ushbu  maqsadga  erishishga  yordam  beruvchi  vazifalarni  aniqlash  (ya‘ni maqsadga erishish yo‘lida qanday qadamlarni bosib o‘tish lozim).  

3.Muzokaralarning tashkiliy qismini aniqlashtirish: 

 o‘tkazish muddati 

 o‘tkazish joyi 

 joyni tayyorlash 

 muzokara jarayoni uchun xavflarni bartaraf etish 

 delegasiya tarkibi 

 muzokaralarni moliyalashtirish manbaalari 

 muzokara  ishtirokchilariga  sarf-rajatlar  (kanselyariya  anjomlari,  video  va audio moslamalar mavjudligi, tarnsport, aloqa, oziq-ovqat ta‘minoti, tanaffus va 

kofe-breyklar) 

 o‘zga tomon delegasiyasini kutib olish va joylashtirish 

 madaniy dam olish dasturini ishlab chiqish 

 sovg‘a-salom va yodgorliklar 

 yakuniy ziyofat  

 delegasiyalarni kuzatish. 

4. Muzokara asosidagi manfaatning turli darajalarini bilish.  

5. O‘zga tomonning manfaatlarini iloji boricha batafsil tasavvur etish. 

6. Muzokaraning quyidagi jihatlari bo‘yicha ma‘lumot to‘plashga erishish:  

 muhokama masalasining tarixi, xozirgi holati va ko‘rsatkichlari; 

 muzokarada ishtirok etuvchi delegasiya vakillari haqida ma‘lumot (yoshi, 

kasbi,  shu  sohadagi  tajribasi,  qiziqishlari,  xarakter  xislatlari,  ularning  sheriklari 

kimlaru, raqiblari kimlar, ular orasida ikkilanuvchilar bormi va x.k.). 

7.Iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, psixologik sohalarda  maslahatchilarga bo‘lgan 

ehtiyojni aniqlash. 

8.Muzokara jarayonining umumiy strategiyasini aniqlash. 

9.Vaziyatga qarab qanday harakatni amalga oshirish taktikasini belgilash.  

10.Muhokama etilajak muammoning mavjud yechimlarini aniqlab qo‘yish. 11.Agar muzokara uzilsa, qay tarzda maqsadga erishish yo‘lini belgilash. 

12.Muzokaralar  o‘tayotgani  va  natija  haqidagi  ma‘lumotlarni  qay  tarzda yoritish masalasini o‘ylab qo‘yish (masalan, ommaviy axborot vositalarida). 

Ko‘rinib  turganidek,  muzokaraga  tayyorlanish  bu  jarayonni  boshidan 

oxirigacha  puxta  rejalashtirish  demakdir.  Muzokarani  tadqiq  etish  sohasidagi  ko‘pgina olimlar  fikricha,  uchrashuv  natijasi, maqsadga erishishning  asosiy sharti muzokara olib boruvchi shaxsning psixologik jihatlariga kelib taqaladi.  

Bu  jihatlar  qatorida  quyidagilarni  sanab  o‘tish  mumkin:  muzokara  oli 

boruvchining maqsadni aniq bilishi va unga intilishi, ko‘p sohalarda parallel tarzda  fikrlashiga  qaramay  maqsadni  ko‘zdan  yo‘qotmaslik,  qay  vaziyatda  va  vaqtda 

qancha  ma‘lumot  berishni  bilish,  o‘z  nufuzi  va  mavqyeiga  oid  hissiyotning  ijobiyligi, muzokara vaziyatida diqqatni jamlash va bir nechta yo‘nalishga diqqatni 

jalb  etish  kabi  qator  psixologik  omillar  muzokara  olib  boruvchi  shaxsning  o‘ta  qiyin vaziyatda to‘g‘ri yo‘l topa olishi uchun asosiy shartlardir.  

Samarali  muzokarani  amalga  oshiruvchi  asosiy  omillardan  biri  –muzokara  guruhidir. Oqilona tashkil etilgan muzokarada kamida uch kishi qatnashishi o‘rinli. 

Muzokaradagi  birinchi  shaxs  rahbar  bo‘lib,  suhbat  davomida  asosiy  faoliyatni  o‘z  qo‘liga oladi. Ikkinchi ishtirokchi esa o‘zga tomon vakillarining psixologik holatini 

talqin  qiladi,  ularning  manfaatlarini  o‘rganadi,  ular  nimani  ta‘kidlashyapti-yu,  nimada o‘z so‘zlariga qarshi chiqishayotganini aniqlaydi va x.k. 

Umuman  olganda,  kuzatuvchilik  vazifasini  o‘tayotgan  xodimning  vazifasi  o‘zga  tomon  vakillarining  qanchalik  samimiyligi  darajasini  aniqlashdan  iborat. 

Kuzatuvchi bergan ma‘lumotlar nafaqat o‘zga tomon, balki rahbarning aniq-noaniq  harakatlari  borasida  ham  bo‘lishi  maqsadga  muvofiq,  ya‘ni  rahbar  kuzatuvchidan o‘z  xatti-harakati  o‘rinliligi  yoki  asosiy  maqsadga  zid  borayotgani  haqida 

ma‘lumot olib turadi. Guruh rahbari oradagi tanaffusdan foydalanib kuzatuvchidan ma‘lumot  oladi  va  muzokara  jarayonini  o‘zgartirish  yoki  takomillashtirish  uchun  asos yaratadi.  

Guruhning uchinchi  a‘zosi esa  muzokara jarayonidagi  ahamiyatli qismlarni  yozma qayd etadi,  protokol  olib boradi. Ikki  yordamchi  bergan  ma‘lumot  asosida rahbar eng maqbul qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

Ma‘lumki, har qanday muzokara tanishish, kontakt o‘rnatishdan boshlanadi. 

Muzokara  jarayonining  boshlanishidayoq  o‘rnatilgan  hissiy  muhit  ko‘p  jihatdan  uning  keyingi  bosqichlarida  o‘z  aksini  topadi  va  har  bir  tomon  ushbu  muhitni 

ijobiylashtirishga  alohida  e‘tibor  berishi  lozim.  Axir,  muzokaraning  buzilishi  ko‘rsatkichlaridan biri ayni shu muhitning sovuqlashuvi bilan ifodalanadi.  

Muzokara  qiyin  o‘tayotgan  vaziyatdagi  asosiy  shartlardan  biri  –  keyingi  uchrashuv uchun ham «oq yo‘l» qoldirishdir. hatto o‘ylangan natijaga erishilmagan 

taqdirda  ham,  bizdan  keyingi  delegasiya  muzokara  olib  borishi  uchun  imkoniyat  qoldirishimiz  zarur.  Muzokarlarni  ta‘minlovchi  muhit  haqida  o‘ylar  ekanmiz, 

o‘zga  tomon  vakillariga  xos  bo‘lgan  xususiyatlar  haqida  iloji  boricha  to‘la  ma‘lumotga ega bo‘lish lozim. 

Ma‘lumki, turli  millat  yoki jins,  yoki  yosh  vakillari  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega  bo‘lib,  bu  xususiyatlarni  muzokara  oldidan  bir  bor  qayd  etish  suhbatni 

ko‘zlangan  maromda  olib  borish  imkonini  beradi.  hozirga  kelib,  xalqaro  munosabatlar  mavzusiga  tegishli  adabiyotlarda  turli  xalqlarga  xos  bo‘lgan  milliy  psixologik  xususiyatlar  haqida  ko‘plab  ma‘lumotlar  yozilgan.  Bunday  manbaalar bilan  tanishish,  yoki  o‘zga  guruhga  oid  yosh,  jins,  kasb  mavzusidagi  psixologik  bilimlarni qayd etish muzokara boshlanishi chog‘idayok ijobiy muhitni yaratishga katta ko‘mak bo‘ladi.  

Uchrashuv  natijalari  ko‘pincha  suhbat  olib  borish  uslubiga  va  muzokaralar qurishning  metodologik  asosiga  bog‘liq.  Psixologik  nuqtai  nazardan,  anchagina  malakali  tartibda  o‘tadigan  muzokara  turi  «maqsadga  yo‘nalgan  muzokara»  deb, ataladi. Bunday muzokaraning asosiy mohiyati –ob‘yektiv me‘yorlarga asoslangan  qaror  topish  maqsadida  suhbat  uchun  maqbul  sosial-psixologik  sharoitlarni yaratishdan iboratdir.  

Bunda,  ob‘yektiv  me‘yorlar  sifatida  yo‘riqnomalar,  huquqiy  qonunlar  va imzolangan  shartnomalar  ishtirok  etadi.  Muzokara  olib  borishning  bu  turi  ish  mohiyatiga  qat‘iy  yondoshish  va  uchrashuv  ishtirokchilariga  nisbatan  esa  iltifotli 

munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi. Maqsadga yo‘nalgan muzokaralar  qo‘yilgan  maqsadlarga  erishish  va  shu  bilan  birga  insoniy  munosabatlarni  saqlab  qolish 

imkonini beradi.  

Maqsadga yo‘nalgan muzokaradagi asosiy tamoyillardan biri –tomonlarning 

muammoga qarashi, masalaga bo‘lgan munosabati yuzasidan baxs olib borilmaydi, 

balki  tomonlarning  muammoda  ifodalangan  manfaatini  aniqlash  va  uni  qondirish 

yo‘l-yo‘rig‘ini  izlashdan  iboratdir.  Muzokara  jarayonida  asosiy  diqqat-e‘tibor 

nizodagi  tomonlar  pozisiyasiga  emas,  balki  bahs  predmetiga  qaratiladi.  Bahs 

predmeti,  uni  hal  etish  asosiy  va  yagona  masaladir.  Muzokara  uch  natijaga 

erishilganda muvaffaqiyatli deb hisoblanishi mumkin:  

1) oqilona kelishuv; 

2) vaqtni tejash; 

3)  tomonlar  o‘rtasidagi  munosabatning  yaxshilanishi  (hyech  bo‘lmaganda 

yomonlashmasligi).  



  
Download 22.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling